Shturum-Liuvill masalasi xos son va xos funksiyalar


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi



Download 1,51 Mb.
bet3/16
Sana26.02.2022
Hajmi1,51 Mb.
#465929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SHTURM-LIUVILL MASALASI. XOS SON VA XOS FUNKSIYALAR .doc.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Matematik fizikaning bir qator masalalari Shturm-Liuvill operatorining xos qiymatlari va ortonormallangan xos funksiyalarini topishga keltiriladi. Shu sababdan bu masalaning qo‘yilishi dolzarb hisoblanadi.
Tadbiqot obyekti va predmeti. Shturm-Liuvill tenglamasi, chegaraviy masala, xos son, xos funksiya.
Ishning maqsadi va vazifalari. Shturm-Liuvill masalasi xos son va xos funksiyalarni topishni, ularning xossalarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot usuli va uslubiyoti. Ikkinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar va ularga qo‘yilgan chegaraviy masalalarni yechish.
Olingan asosiy natijalar. Shturm-Liuvill masalasi, xos son, xos funksiyalar xossalari o‘rganildi. Ba’zi bir matematik fizika tenglamalarini yechish uchun Shturm-Liuvill chegaraviy masalalari qurildi, Shturm-Liuvill masalasi uchun Grin funksiyasini qurish o‘rganildi.
Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi referativ xarakterga ega, matematik fizika tenglamalariga qo‘yilgan masalalarni yechishga tadbig‘i ishning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Tadbiq etish darajasi. Kvant fizikasi, elektronika, chiziqli va nochiziqli xususiy hosilali tenglamalar nazariyasi, mexanika, kristallografiya,geologo-razvedka masalalarida muhim tadbiqlari topilganligi bois bu mavzu dolzarbligi yanada ortdi.
Bitiruv malakaviy ishidan maqsad. Shturm-Liuvill chegaraviy masalasi-ning xos qiymatlari va normallovchi o‘zgarmaslariga yoki spektral funksiyasiga uning spektral xarakteristikasi deyiladi.
Spektral xarakteristikalarni topish va ularning xossalarini o‘rganish masalasiga spektral analizning to‘g‘ri masalasi deyiladi. Ishdan maqsad shu to‘g‘ri masalani o‘rganishdir.
Ishning hajmi va tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob, xotima va adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining hajmi 52 bet.

I BOB. CHEGARAVIY MASALALAR

1.1. Chegaraviy masalalarning qo`yilishi


Biz birinchi va yuqori tartibli oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalasi qo‘yilishini o‘rganganmiz. Endi xuddi shu tenglamalar uchun chegaraviy masalalarning qo‘yilishini o‘rganamiz. Koshi masalasining geometrik ma’nosi berilgan nuqtadan o‘tadigan integral chiziqni izlashdan iborat. Shu interal chiziq yana boshqa shartlarni qanoatlantiradimi yoki yo‘qmi, bu bizni qiziqtiradi.
Agar intervalda aniqlangan funksiya differensial tenglamaning ushbu
, , ..., , (1.1.1)
shartni qanoatlantiradigan yechimi bo‘lsa, tenglamaning shu yechimi yana
, , ..., , , (1.1.2)
shartni qanoatlantiradimi?, degan savol tug‘iladi. Bunda funksiyaning aniqlanish sohasi ochiq to‘plamdan iborat bo‘lib, , shartlar albatta bajariladi.Aks holda qo‘yilgan savolning ma’nosi bo‘lmaydi.
Savolga javob berish uchun (1.1.1) shart bilan to‘la aniqlangan ma’lum funksiya va uning hosilalarini nuqtada hisoblab, (1.1.2) shartni tekshirish lozim. Savol doim yuqoridagi kabi qo‘yilmasligi ham mumkin. Noma’lum funksiya va hosilalarining va nuqtalardagi qiymatlaridan tuzilgan ta munosabat bajarilishini talab etish ham mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi masalani qo‘yamiz.
Chegaraviy masalaning qo‘yilishi: agar ushbu
(1.1.3)
tenglama va
(1.1.4)
munosabatlar berilgan bo‘lsa, (1.1.3) tenglamaning shu (1.1.4) munosabatlarni qanoatlantiradigan yechimini izlash chegaraviy masala deyiladi. Bu masala Koshi masalasiga qaraganda umumiy bo‘lib, undan bo‘lganda Koshi masalasi kelib chiqadi. Agar bo‘lib,
(1.1.5)
bo‘lsa, ikkinchi tartibli tenglamaning integral chizig‘i boshlang‘ich va tugal shartni qanoatlantirishi lozim bo‘ladi. Yana agar bo‘lib
(1.1.6)
bo‘lsa, bu ham tez-tez uchraydigan chegaraviy shartidan iborat. Ba’zi hollarda yechim davriyligining chegaraviy sharti deb yuritiladi. Va ( )
(1.1.7)
ko‘rinishdagi shart ham uchraydi.
1.1.1-misol. Absissa o‘qi bo‘ylab uning musbat yo‘nalishida harakat qilayotgan ob’yekt (nuqta) I chorakda harakat qilishi mumkin bo‘lgan nuqta tomonidan quvlanishi kerak. Quvlovchining tezligi , qochuvchiniki esa . Agar bo‘lsa, chekli vaqtda quvlovchi qochuvchini quvib yetishi kerak. Quvlovchining differensial tenglamasi esa
(1.1.8)
ko‘rinishda. Agar , , desak, chegaraviy masalaga (quvlovchi uchun) kelamiz. (1.1.8) tenglamaning umuniy yechimi

bo‘lgani uchun chegaraviy shartlardan , kelib chiqadi. Demak,

yechim chegaraviy masala shartlarini qanoatlantiradi.
Bir jinsli chegaraviy masala. Chegaraviy masala yechimining mavjudligi va yagonaligi muhim rol o‘ynaydi. Bu mavzuga tegishli ba’zi ma’lumotlarni bayon etish uchun (1.1.4) munosabatlarda funksiyalar o‘z argumentlariga nisbatan chiziqli shakldan iborat bo‘lgan holni qaraymiz. Aniqrog‘i funksiyalar quyidagi
(1.1.9)
(bunda - o‘zgarmas) ko‘rinishda bo‘lsin. Agar ( ) bo‘lsa, qo‘yilgan masala bir jinsli chegaraviy masala deyiladi. Agar bo’lsa, u bir jinsli bo‘lmagan masala bo‘ladi.
tartibli chiziqli bir jinsli
(*)
tenglama (1.1.9) chegaraviy shartlardan berilgan bo‘lsin, (*) va (1.1.9) munosabatlarni bo‘lganda qanoatlantiradigan funksiyani topish masalasi (*) tenglama uchun bir jinsli chegaraviy masala deyiladi.
Ravshanki, har bir bir jinsli chegaraviy masala kamida bitta trivial yechimga, ya’ni , yechimga ega. Ammo bir jinsli chegaraviy masala trivial bo‘lmagan yechimlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi teoremani keltiramiz.
1.1.1-teorema. Agar , funksiyalar (*) tenglamaning chiziqli erkli yechimlari bo‘lsa, u holda , masala trivialmas yechimga ega bo‘lishi uchun
(1.1.10)
determinantning nolga teng bo‘lishi zarur va yetarli.
Isbot. Teoremaning shartiga ko‘ra funksiyalar oraliqda chiziqli erkli yechimlar. Shuning uchun bo‘lganda (*) tenglamaning barcha yechimlari

formula bilan beriladi. Jumladan, , shartni qanoatlantiruvchi yechimi han shu formula bilan beriladi. Shu sababli
, (1.1.11)
munosabatlarga egamiz, ya’ni

yoki
(1.1.12)
Endi bir jinsli tenglama bir jinsli chegaraviy shartni qanoatlantiradigan trivialmas yechimga ega deylik. Unda bo‘ladi. Shuning uchun (1.1.12) dan , o‘zgarmaslar topiladi. Demak, ushbu funksiya trivialmas bo‘lib, bir jinsli chegaraviy masala shartlarini qanoatlantiradi. Teorema isbotlandi.
1.1.1-eslatma. Agar chegaraviy shartdan , bo‘lsa, u holda bir jinsli chegaraviy masala trivialmas yechimga ega; agar ( ) matrisa rangi ( ) ( ) bo‘lsa, u holda bir jinsli chegaraviy masala larga nisbatan qat’iy ( ) ta chiziqli erkli yechimga ega bo‘ladi. Bu tasdiqlarning isboti ravshan.
1.1.2-eslatma. ( ) matrisaning rangi fundamental sistema ni tenglashga bog‘liq emas. Haqiqatan, bir fundamental sistemadan ikkinchi fundamental sistemaga o‘tish chiziqli almashtirish yordamida, ya’ni ushbu
,
formula bilan amalga oshiriladi, bunda lardan tuzilgan determinant noldan farqli. Almashtirish natijasida ( ) matrisa ( ) matrisaga ko‘paytiriladi. Shuning uchun ( ) matrisaning rangi o‘zgarmaydi. ( ) matrisa rangi chegaraviy masala rangi deyiladi.
Bir jinsli chegaraviy masala uchun Grin funksiyasi. Differensial ifoda quyidagi ko‘rinishda bo‘lsin:
(1.1.13)



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish