125
Xautorndagi eksperimentlar muhim xulosalar chiqarish, ko‘p yillik
mustaqil tadqiqotlar yakunlarini chiqarish va natijalarini tekshirish
imkonini berdi, bu tadqiqotlar inson resurslarini boshqarish usullarini
takomillashtirish muammolari yuzasidan ishlab chiqarishda o‘tkazildi. Bu,
masalan, Chester P. Bernardning nazariy va amaliy ishlanmalariga
taalluqlidir. U ilmiy izlanishlar olib borish bilan bir qatorda 20 yildan ortiq
(1927–1948- yillar) davr mobaynida «Nyu-Jersi Bell Telefon»
kompaniyasining prezidenti
lavozimini egallab turdi, bu esa unga o‘z
g‘oyalarini amalda sinab ko‘rish imkonini berdi.
U tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ishlab chiqarishda muayyan
sharoitlarda samarali bo‘lgan kichik guruhlarning ommalashuvi isti
qbollariga, uning ijtimoiy tuzilishini mustahkamlash vositalariga va ish
jarayonida personalning o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlaridan
foydalanish asosida mehnat unumdorligini oshirish, ya’ni jipslik
imkoniyatlarini oshirish istiqbollariga bahs berdi. Uning rahbarlik
to‘g‘risidagi tasavvurlari boshqaruvning bir qator etakchi zamonaviy
usullarida rivojlantirildi va tasdiqlandi, hozir
esa ular klassik usullar
hisoblanadi. Bernard, chamasi, ishlab chiqarishning ijtimoiy tuzilishidagi
rasmiy va norasmiy tashkilotlarni birinchi bo‘lib ajratib ko‘rsatdi, ishlab
chiqarishning
ijtimoiy
tuzilishi
deganda,
ongli
ravishda
muvofiqlashtirilmaydigan, umumiy maqsadga ega bo‘lmagan ijtimoiy
o‘zaro munosabatlarni tushundi. Shu bilan birga, u alohida ta’kidlab
o‘tganidek, jamoada norasmiy tashkilotlar, o‘zaro munosabatlar,
aloqalarning mavjudligi rasmiy tuzilmalarning normal ishlashi uchun,
boshqaruv va ishlab chiqarish personalining samarali hamkorligi va
o‘zaro yordam ko‘rsatishi uchun zarur shart hisoblanadi. Bundan tashqari,
Xautorn
eksperimentlarining
natijalari
Meri
Parker
Folletning
tadqiqotlarini amaliy ravishda tasdiqladi, u o‘z asarlarida (1918–1920-
yillar) qulay ijtimoiy
iqlimning ishlab chiqarishga, undagi ish
samaradorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatishi masalasini qo‘ydi. Follet
o‘zining «yangi davlat» asarida insoniy munosabatlar sohasini
o‘rganishning muhim ahamiyatini ta’kidladi. «Follet mehnat va
kapitalning uyg‘unligi g‘oyasini ilgari surdi, bu uyg‘unlikka barcha
manfaatdor tomonlarning manfaatlarini to‘g‘ri asoslaganda va hisobga
olganda erishish mumkin edi».
Xautorn eksperimentlari inson resurslarini boshqarishni yanada
rivojlantirishning boshlan g‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi, qattiq tartibga
solish va ko‘proq moddiy rag‘batlantirishga asoslangan klassik
yondashuvdan boshqacha asosiy tavsiflarga ega bo‘lgan «insoniy
126
munosabatlar» doktrinasiga o‘tishni bildirar edi.
Bu eksperimentlar
personalning mehnatdan qoniqish hosil qilish darajasi bilan uning ish
samaradorligini oshirish o‘rtasida barqaror sabab bo g‘lanishi borligini k
o‘rsatdi. Shu munosabat bilan yakka tartibda ra g‘batlantirishni guruh
tarzida ra g‘batlantirish bilan almashtirish taklif etildi, ma’muriy va
iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish usullarini esa ijtimoiy-psixologik ta’sir ko‘rsatish
bilan almashtirish tavsiya etildi, u mehnatdan qoniqish hosil qilishni
oshirish, rahbarlikning demokratik usulini ommalashtirish imkonini beradi.
Mazkur maktab nazariyotchilari xodimlarning mehnat unumdorligini
oshirishdagi faolligini, korxonalarda ijtimoiy vaziyatni yaxshilashdagi,
oddiy personal bilan ma’muriyat o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni
yumshatishdan iborat psixologik usullarni asoslab berdilar.
Xodimga
«ishlab chiqarish liniyasining bir qismi» sifatida qarash barham topdi.
Uning, avvalo, shaxs ekanligi e’tiborga olina boshladi. Bu narsa shunga
olib keldiki, moddiy rag‘batlantirish bilan bir qatorda ma’naviy
rag‘batlantirish usullari ham etarli darajada keng foydalanila boshlandi. K
o‘p kuch-g‘ayrat va mablag‘lar xodimlar mehnati va turmushining optimal
shart-sharoitlarini yaratishga qaratildi (ergonomika rivojlantirildi; amaliy
fanlar: industrial psixologiya va sotsiologiya keng ommalashdi), «ishtirok
etish menejmenti» rivoj topdi, jamoada norasmiy munosabatlarning roli
ortdi, rasmiy va norasmiy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini
o‘rganish vositalari va usullari rivojlantirila boshlandi. Boshqacha so‘zlar
bilan aytganda, menejment yangi y o‘nalishga – ijtimoiy-psixologik
yo‘nalishga ega bo‘ldi.
Umuman, 20-30-yillarda AQShda ishlab chiqarishdagi shaxssiz
byurokratik munosabatlardan ishchilar va tadbirkorlar
bilan hamkorlik
qilish kontseptsiyalariga o‘tildi. «Insoniy munosabatlar» maktabining
qarashlari menejmentning yangicha intilishini, ya’ni har bir sanoat
tashkilotini faqat iqtisodiy qonunlarga emas, shu bilan birga, ijtimoiy
qonunlarga ham bo‘ysunadigan muayyan «ijtimoiy tizim» sifatida,
odamlarni esa faqat ishlab chiqarish omili emas, shu bilan birga, ijtimoiy
tizim a’zolari sifatida qarashdan iborat intilishini ro‘yobga chiqarishni aks
ettirar edi. Shu munosabat bilan, rahbarning funksiyalari iqtisodiy
funksiyalarga (foydani eng ko‘p darajaga yetkazishga) va ijtimoiy
funksiyalarga (samarali ishlovchi jamoalar va guruhlar tashkil etish, ularni
barqarorlashtirishga) bo‘lindi.
Personalni boshqarish maqsadlariga kelganda xulq-atvor va ijtimoiy
fanlar: psixologiya, sotsiologiya, mehnatni tashkil etish va uning
iqtisodiyoti fanlari tizimi tobora o‘zaro bog‘liq ravishda rivojlana boshladi.
127
Personal muammolarini hal qilishga yondashuvni bu fanlar iqtisodiy
maqsadlarga atrof-muhitning ahvolini
va shaxsiy omilkorlikning
rivojlanishiga, guruhlarni tashkiliy maqsadlarga erishishga jalb qilishda
foydalanishga qaratilgan yondashuv sifatida tasvirlanadi. Tashkiliy xulq-
atvor nuqtai nazaridan yondashuv paydo bo‘ladi, u insonning tashkilotdagi
roli va xulq-atvorini ichki aloqalar nuqtai nazaridan tahlil qiladi, ular
shaxslar, guruhlar va ularning tashkilotdagi muhitini, shuningdek,
ishlovchilar xulq-atvoriga ta’sirini tahlil qiladi. Mehnat kooperatsiyasini
rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan tashkiliy muhitni yaratishga intilish
Do'stlaringiz bilan baham: