- O’tkir nafas yetishmovchiligi sindromi bir qancha patologik holatlarda:
- Rivojlanish nuqsonlari bor mahallarda
- Tug’ma kasalliklar vaqtida
- Qog’anoq suvlari,yot jismlar,qusuq massalari nafas yo’lida tiqilganda
- O’tkir pnevmoniyalar,o’tkir hiqildoq shishuvi,dekompensatsiyalangan yurak poroklari,markaziy nerv sistemasi kasalliklari va boshqalar paytida boshlanishi mumkin.
Nafas yetishmovchiligining uchta darajasi tafovut qilinadi: - I darajasida bola jismonan zo’riqqan va ruhan hayajonlangandagina hansirash va taxikardiya paydo bo’ladi.
- II darajali nafas yetishmovchiligida bola tinch turgan mahalda ham hansirayveradi,puls bilan nafas harakatlari sonining nisbati 2,5:1 yoki 3:1ga teng bo’ladi,bola rangi oqarib,bezovtalanadi,ba’zan sianoz paydo bo’ladi,nafas aktida yordamchi muskullar ishtirok etadi (burun qanotlari kerilib, past tushib turadi,qovurg’a oralari ichga tortiladi,bosh orqaga tashlanadi).
- III darajali nafas yetishmovchiligida nafas kalta-kalta,tez-tez,yuza bo’lib qoladi,Cheyn-Stoks,Komissural yoki Biot tipidagi nafas ko’rinishida patologik harakterni kasb etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |