5-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
|
|
Subyektlar
|
|
Tadbirlar
|
|
Bajarish muddatlari
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich
|
|
Suv xo‘jaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari
|
|
Suv resurslarining prognozlariga asosan xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarning (suv iste’molchilari uyushmalarining) suv olish limitlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va joylarga yetkazish.
|
|
Har yili 1-oktabrga qadar
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich
|
|
Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari)
|
|
Agroklastyerlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini, shuningdek, tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
|
|
Har yili 20-oktabrga qadar
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich
|
|
Meliorativ ekspeditsiyalar
|
|
Hududlar bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv ko‘rsatkichlarini o‘rganish hamda tahlil qilish. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi va minerallashuv xaritalarini hamda meliorativ kadastr hujjatlarini ishlab chiqish.
|
|
Har yili 1-noyabrga qadar
|
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich
|
|
Meliorativ ekspeditsiyalar
|
|
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda agroklastyerlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.
|
|
Har yili 10-noyabrga qadar
|
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich
|
|
Suv iste’molchil�ri
|
|
Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari) bilan birgalikda ularga berilgan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni (keyingi o‘rinlarda — Tavsiyalar) va suv iste’moli rejalariga asosan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari rejalarini ishlab chiqish.
|
|
Har yili 20-noyabrga qadar
|
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich
|
|
Suv iste’molchilari
|
|
Yerlarning sho‘r yuvish ishlarini sho‘r yuvish rejalari bo‘yicha berilgan Tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida sho‘r yuvish normalariga muvofiq amalga oshirish.
|
|
Tavsiyada ko‘rsatiladigan maqbul muddatlarda
|
|
|
|
|
|
|
|
7-bosqich
|
|
Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari)
|
|
Suv iste’molchilari bilan belgilangan tartibda sho‘r yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritish.
|
|
Sho‘r yuvish davrida
|
|
|
|
|
|
|
|
8-bosqich
|
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
|
|
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish.
Suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sirchan choralar ko‘rish.
|
|
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish davrida
|
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
_______________ tumani _______________ klasterga (fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga)
Sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha
TAVSIYALAR
1. Jami ekin maydoni ______ gektar, shundan ______ gektari har xil darajada sho‘rlangan, jumladan:
____ kontur — kuchli sho‘rlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
____ kontur — o‘rtacha sho‘rlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi;
____ kontur — kuchsiz sho‘rlangan, yer osti suv sathi ____ metr chuqurlikda joylashgan, yer osti suvining minerallashuvi ____ gr/litrni tashkil etadi.
2. Tuproq mexanik tarkibiga ko‘ra:
____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq, ____ kontur –_________ tuproq sirasiga kiradi.
3. Sho‘r yuvishga yerlarni 20__ yil “__” oyining ______ gacha tayyorlash tavsiya etiladi.
4. Sho‘r yuvish ishlari dastlab ___ -chi konturda, keyin ___ -chi konturda, undan keyin ___ -chi konturda amalga oshiriladi.
5. Sho‘r yuvish ishlarini sifatli bajarish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
sho‘ri yuviladigan maydonlarni dastlab g‘o‘zapoya yoki boshqa o‘simliklar qoldiqlaridan tozalash;
yerlarni maqbul muddatlarda 35 — 40 sm chuqurlikda sifatli qilib shudgorlash, gips yoki qattiq qatlamlar mavjud bo‘lganda plantajli plug bilan shudgorlash yoki chuqur yumshatish;
kuchli sho‘rlangan maydonlarga shudgordan oldin turoqning ball-bonitetiga qarab har gektariga 10 — 20 tonnadan mahalliy go‘ng solish;
yerlarni lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar yordamida uch yilda kamida bir marta tekislash;
sho‘r yuviladigan maydonni uning nishabligiga qarab quyidagi o‘lchamlarda pollarga bo‘lish:
___-chi konturda polning eni ___ metr, bo‘yi ___ metr, maydoni ___ gektar;
___-chi konturda polning eni ___ metr, bo‘yi ___ metr, maydoni ___ gektar;
___-chi konturda polning eni ___ metr, bo‘yi ___ metr, maydoni ___ gektar.
6. Sho‘r yuviladigan maydonlarda sxemaga muvofiq o‘qariqlar va pollarni olish.
Sho‘r yuviladigan maydonlarda dastlab marzalar olinadi. Marzalar eniga ___ metrdan, bo‘yiga esa har ___ metrdan olinadi. O‘qariqlar esa ikki pol o‘rtasida bo‘ylamasiga olinadi.
Agar ekin maydoni ichida yopiq-gorizontal drenaj mavjud bo‘lsa, o‘qariqlar ikki drenaj o‘rtasidan olinadi.
Marzalar va o‘qariqlarning balandligi bir marta suv bostirishda beriladigan suv ustunining (sathining) chuqurligini e’tiborga olib, yerning tekislangan joyiga nisbatan 0,35 — 0,45 metr baland bo‘lishi kerak. Nishabligi katta bo‘lgan dalalarda pollarni ajratuvchi marzalar balandligi 0,5-0,6 metrgacha bo‘lishi mumkin.
7. Sho‘r yuvishga pol olish ishlari noyabr oyidan boshlab, dekabr oyining iliq kunlarida tugallanishi lozim.
Sho‘r yuvish normasi tuproqning sho‘rlanganlik darajasiga va mexanik tarkibiga qarab belgilanadi.
Bir gektar maydonning sho‘rini yuvish uchun _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga, _____ -chi konturga _______ kub m/ga miqdorda suv berish tavsiya etiladi
Sho‘r yuvish ishlari navbat bilan dastlab kuchli sho‘rlangan maydonlarda, undan keyin o‘rtacha sho‘rlangan maydonlarda boshlanib, oxirida kuchsiz sho‘rlangan maydonlarda amalga oshiriladi.
Pollarni suv bilan to‘ldirish yuqoridan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmog‘i tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
Sho‘r yuvish ishlari qo‘yidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kuchsiz sho‘rlangan, shuningdek, yengil tuproqli o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar bir marta yuviladi. O‘rtacha sho‘rlangan qolgan maydonlar esa ikki marta, kuchli sho‘rlangan maydonlar esa uch marta yuviladi. Bunda pollarni suv bilan bostirishda suv miqdori kamaytirib boriladi.
Sho‘r yuvish ishlariga _______ oyidan boshlab kirishilishi lozim.
Birinchi sho‘r yuvish ishlarini _______ ga qadar, ikkinchi va uchinchi sho‘r yuvish ishlarini _______ ga qadar to‘liq yakunlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |