3-bob. Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish 10. Tumanlar irrigatsiya bo‘limlari yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini sifatli amalga oshirishga ko‘maklashish uchun suv iste’molchilariga malakali mutaxassislarni biriktiradi.
11. Suv iste’molchilari:
sho‘ri yuviladigan maydonlarni g‘o‘zapoya yoki boshqa o‘simliklar qoldiqlaridan tozalaydi hamda sifatli shudgorlaydi, zarur hollarda Tavsiyalarga asosan chuqur yumshatish ishlarini amalga oshiradi;
yerlarni har uch yilda kamida bir marta lazer uskunali yoki uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislash ishlarini amalga oshiradi;
shudgorlangan va tekislangan maydonlarni Tavsiyalar asosida pollarga bo‘ladi, nishablik katta bo‘lgan maydonlarda chuqur egatlar oladi, o‘qariq va shoxariqlar oladi;
sho‘r yuvish ishlarini sifatli amalga oshirish va suvdan oqilona foydalanish uchun yer maydonining katta-kichikligiga qarab kamida to‘rt nafar tajribali suvchini (mutaxassisni) jalb qiladi, ularga dalada zarur sharoitlarni yaratadi.
12. Yerlarning sho‘r yuvish ishlari sho‘r yuvish rejalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar asosida maqbul muddatlarda va ajratilgan suv olish limitlari doirasida sho‘r yuvish normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Sho‘r yuvishda pollarni suv bilan to‘ldirish maydonning yuqori qismidan pastga qarab, kollektor-drenaj tarmog‘i tomon navbat bilan amalga oshiriladi.
13. Sho‘r yuvish ishlari uchun ajratilgan suvni kollektor-drenaj tarmog‘iga tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-bob. Sho‘r yuvishda suvdan foydalanish va sho‘r yuvish monitoringi 14. Sho‘r yuvish uchun suv resurslarini olish xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari) bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv olish joylarida amalga oshiriladi.
15. Suv iste’molchilari:
suv olish uchun xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (suv iste’mochilari uyushmalariga) suv iste’moli rejasi asosida va suv olish limiti doirasida yozma buyurtmanoma beradi;
buyurtmanomani xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlarga (suv iste’molchilari uyushmalariga) yoki ularning vakolatli shaxslariga suv olish boshlanishidan o‘n kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek, olinadigan suv miqdorini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
16. Ajratilgan suv olish limitidan ortiqcha olingan suv miqdoriga belgilangan tartibda suvdan foydalanganlik uchun soliq undiriladi.
17. Xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilotlar (suv iste’molchilari uyushmalari) suv iste’molchilari bilan birgalikda belgilangan tartibda sho‘r yuvish ishlari uchun olingan suvning hisobi va hisobotini yuritadi.
18. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlari, shuningdek, suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatadi;
suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sirchan choralar ko‘rib boradi.