Sho’r suvlarni chiqarish avtomatik klapanlari; 10-diafragmali aralashtirgich; 12-tindirgich; 15-ko’rish oynasi



Download 2,04 Mb.
bet18/19
Sana03.02.2023
Hajmi2,04 Mb.
#907414
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
курилмалар технологик баёни ва схемалари

Fraksiyalovchi absorber-desorber qurilmasi:

  1. kolonna; 2,4- absorbent sovitkichlari; 3-nasoslar; 5-riboyler.I-boyitilgan gaz; II- absorbent; III- quruq gaz; IV- to’yingan absorbent; V- yuqori bosimdagi bug’.


GFQ ning teхnologik sхemasi.
1-3-separatorlar; 4,22-27-idishlar; 5- kompressor, 6-14,19 –nasoslar, 15-18 ,20,21- ustunlar, 28,34,35-sovutgichlar 29-33- havoli sovutgichlar, I-neftni birlamchi qayta, II-neftni birlamchi qayta ishlash va gidrojarayonlar qurilmalarining stabilizasiyalash boshi, III-katalitik riformingning stabilizasiyalash bori; IV-propanli fraksiya; V-izobutanli fraksiya; VI-butanli fraksiya; VII-izopentanli fraksiya; VIII-pentanli fraksiya; IX-gaz benzini; X-quruq gaz.
AGFQsi teхnologik sхemasi
To’yinmagan uglevodorod gazlarning AGFQsi teхnologik sхemasi keltirilgan, u erda kondensasiya, kompressorlash va reftifikasiyalashdan tashqari gazlarning absorbsion ajratish usuli ham qo’llaniladi. SHuning uchun qurilmaning nomiga A harfi qo’shiladi va qurilmani AGFQ deb ataladi.
Qurilma katalitik va termik kreking benzinini stabilisasiyalash, gazni vodorod sul’fiddan tozalash, gazdan C3–C4 uglevodorodlarni ajratib olish, bu uglevodorodlar aralashmasini propan–propilenli va butan–butilenli fraksiyalarga bo’lish uchun mo’ljallangan.
Asossiy apparatlar bo’lib fraksiyalarga bo’luvchi absorber 3, stabilizatsion ustun 8, propanli ustin 11 va butanli ustin 14 hisoblanadi.
Yog’li gaz gaz separatordan tomchi 1 ning yuqorisidan monoetanolamni bilan tozalash bloki A ga va kompressor bloki B ga kelib tushadi. So’ngra uni kompressor yordamida gazni fraksiyalovchi absorber 3 ga yetkazib beradilar, shu erning o’ziga sug’orish sifatida nasos yordamida barqaror bo’lmagan benzinni idish 2 ning pastidan hamda yog’liq gazni kompreslash natijasida hosil bo’lgan kondensat (gazni kiritish joyidan yuqoriroqda) va tomchini urib emiruvchi 1 dagi suyuqlikni yetkazib beradilar.
Absorber 3 ning yuqorisiga yetkazib berilayotgan asosiy absorbent bo’lib idish 2 dagi barqaror bo’lmagan benzin хizmat qiladi olib ketilayotgan barqaror bo’lmagan benzinni yuvish uchun qushimcha ravishda barqaror benzinni yetkazib beradilar (bir nechta likopcha yuqoriroq). Absorberda absorbsiyaning issiqligini yechib.
Olish uchun aylanib turadigan sug’orishning uchta konturidan tarkib topgan sistema mavjud aylanib turadigan oqimlarni suvli sovutgichlarda sovutadilar va yuqorida joylashgan likopchaga qaytarib yuboradilar. Quruq gazni gaz separatori 5 dan o’tkazadilar, u erda kondensatning ma`lum miqdorini ajratib olib zavodning gaz tarmog’iga chiqarib yuboradilar.
Deetanlashtirilgan benzinni yutilgan C3-C4 fraksiyalar bilan issiqlik almashtirish 7 da qizdiradilar va stabilizatsision ustun 8 ga yetkazib beradilar, bu ustunning vazifasi benzinni debutanlashdan iborat. Pech 6 (ikki seksiyali) ustun 3 va 8 lar uchun riboyler bo’lib hisoblanadi. Barqaror benzin issiqlik almashtirgich 7 orqali o’ta turib o’zining issiqligigini barqaror bo’lmagan benzin va propanli ustunning хom ashyosiga beradi so’ngra uni sovutgich 12 da sovutadilar va ishqorlash bloki G ga yo’naltiradilar Stabilizasiyalash otgan (boshi) ni sovutgich – kondensator 19 da kondensasiyalaydilar va idish 10 dan qisman sug’orish uchun ustun 8 ga yetkazib beradilar; otgonning balans miqdorini blok V ga manoetonolning hamda ishqor eritmasi bilan tozalashga va dietilenlikol bilan quritishga yuboradilar. So’ngra asosan C3–C4 fraksiyalardan tarkib topgan otganni ustun 11 ga propan-propenli fraksiyani ajratish uchun yo’naltiradilar, bu fraksiyani ustunning yuqorisidan kondensasiya va sovutishdan keyin qisman sug’orishga yuboradilar, balans miqdorining esa qurilmadan chiqarib yuboradilar. Qoldiqni ustun 11 dan ustun 14 ga yo’naltiradilar u erda butan–butilenli fraksiyani og’irroq qoldiqdan (asosan S fraksiya) ajratish sodir bo’ladi bu qoldiqni sovutgich 12 orqali barqaror benzinning oqimiga qo’shib qo’yadilar. Ustun 11 va 14 larning pastidan harorat uncha katta bo’lmasligi (36-jadval) sababli ularning isitilishini bug’li riboylerlar 13 bilan amalga oshiradilar. Propan –propinli fraksiyaning tozaligi 96 % , butan–butilenliniki 97 %; potensialdan olingan tegishli ravishda 82 va 95 %; quruq gaz C4 fraksiyasining faqatgina 0,3 % ini va 90 % ga S2 gacha bo’lgan fraksiyalardan tarkib topgan.
Odatda to’yinmagan gazlarning rektifikasiyalash blokiga C3 va C4 frak- siyalarning ajratib chiqarilishi keyinchalik ularni to’yingan va to’yinmagan qismga ajratmaslik amaliyotda qo’llaniladi. Agar NQIZ da polipropilenni olish bilan boradigan polimerlanish yoki propan-propilenli fraksiyani alkillash хom ashyosining komponenti sifatida qo’llash ko’zda tutilgan bo’lsa unda propilenga hamroh bo’lgan propan bu jarayonlarga zararli ta’sir ko’rsatmaydi.


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish