Ko’rsatkichlar, xom ashyo tavsifi
|
Gudron
|
Kreking qoldiq
|
Zichlik
Kokslilik darajasi Oltingugurt miqdori, %
|
0,990
16
2,8
|
1,024
23
3,3
|
Mahsulotlar chiqishi
Koks
C4 gacha bo’lgan gazlar Benzin
Yengil va og’ir gazoyl Sirkulyatsiyalanish koeffetsenti
|
24
11
16
49
0,3
|
35
11
7
47
0,3
|
Uzluksiz kokslash jarayonlarida asosan reaktorda hosil qilingan koksni to’xtovsiz chiqarib turish imkoniyatga asoslangan. Bunda koks kichik donador holida chiqariladi.
Qizdirilmaydigan kameralarda sekinlik bilan boruvchi kokslash qurilmasi texnologik sxemasi:
1, 6, 12-15 –nasoslar; 2,3-quvurli pechlar; 4-yig’gich; 5, 5’-sekinlik bilan koks hosil qiluvchi kameralar; 7- to`rt yo`lli jo`mrak(kran); 8, 19, 21-havoli sovitish jihozlari; 9-rektifikatsion kolonna; 10, 11-bug’latuchi kolonna; 16-sovitkich; 17- ajratkich; 18, 20-issiqlik almashtirgichlar.
Neftni qayta ishlashda termik kreking
Termik krekinglash texnologik sxemasining tuzilishi bu jarayon qaysi maqsadda amalga oshirilayotganligi va jarayonda qo’llanilayotgan xom ashyoga mos holda turli xilda bo’lishi mumkin. Biz ko’rib chiqadigan texnologik tizim og’ir, qoldiq xom ashyo uchun qo’llaniladi.
T-1 isitgichda qizdirilgan xom ashyo ikki qismga bo’linib, bir qismi K-3 rektifikastion kolonnaning pastki qismiga, ikkinchi qism K-4 past bosimli bug’latish kolonnasining yuqori qismiga be riladi. K-4 kolonnaga berilgan xom ashyo og’ir g’azoyl fraksiyalari bilan tuyinib K-3 kolonnaga uzatiladi. K-3 kolonna tagligidan qoldiq P-1 pechga uzatiladi. K-3 kolonna ajratuvchi tarelka yordamida ikki qismga ajratilgan bo’lib, bu tarelkada yig’ilgan mahsulot P-2 pechga uzatiladi.
P-1 va P-2 pechlarda termik kreking jarayoni borib, krekinglash mahsuloti bu pechlardan K-1 reakstion kolonnaga, undan yuqori bosimli bug’latish kolonnasi K-2 ga uzatiladi. K-2 kolonnada suyuqlik bug’ sistemasidan kreking- qoldiq ajratiladi va K-4 kolonnaning pastki qismiga beriladi. K-4 da kreking qoldiqdan kerosin-gazoyl fraksiyasi bug’lari ajralib, kolonna yuqorisidan chiqariladi. K-2 kolonna yuqorisidan chiqarilayotgan bug’lar K-3 rektifikastion pastki qismiga uzatiladi. K-3 kolonna yuqorisidan benzin bug’lari va gaz chiqarilib, XK-1 sovitgich va E-1 gaz separatori vositasida nostabil benzin va gazga ajratiladi. Nostabil benzin T-3 isitgich orqali K-5 stabilizastion kolonnaga berilib, undan engil uglevodorodlar bug’latiladi va E-1 da ajralgan gaz bilan birga gazni fraksiyalash qurilmasiga uzatiladi. Stabil benzin K-5 kolonna pastidan chiqariladi. K-6 kolonna tagligiga yig’ilgan og’ir fraksiya P-1 pechga uzatilib, unda termik krekinglash jarayoni amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |