73
ifoda usuliga ko’ra:
mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya; ifoda
materialiga ko’ra: leksik gradatsiya va sintaktik gradatsiya.
1
Said Ahmad asarlari tahlili jarayonida quyidagi o’rinlarda
gradatsiyalarni aniqladik:
Mirvali, “hozir kartinka ko’rasanlar” deb, simni yechib, uchini
jiydaning ayrisiga tashlab tortdi. It oyog’idan osilgancha ko’tarila boshladi.
Oxiri u odam bo’yi ko’tarilgandan keyin Mirvali sim uchini jiyda tanasiga
mahkam qilib bog’ladi. It tipirchilar, vangillardi. Mirvali qo’ynidan gugurt
chiqazib, bir parcha qog’ozni yondirdi-da, itning bo’yniga tutdi. Xuddi fonar
yog’I sepilgandek itning junlari lop etib yonib ketdi. Olov ichida qolgan it
dahshatli ulidi. Endi u kattakon mash’aladek lovullab yonardi. Saldan keyin
itning ovozi o’chdi, qimirlamay qoldi. (Jimjitlik, 23 b) Keltirilgan misolda
dastlab voqealar hikoya tarzida bayon qilingan. So’ngra itning holatini
ifodalash uchun adib ko’tariluvchi gradatsiyadan foydalangan. Tipirchilash,
vangillash, ulish leksemalari orqali itning ruhiy holat kechinmalarini ochib
bergan. Badiiy nutq so’nggida esa o’chmoq leksemasi orqali adib
pasayuvchi gradatsiyadan foydalangan. Bir o’rinda mohiyatiga ko’ra
gradatsiya turlaridan unumli foydalanish adib mahoratining bir ko’rinishidir.
Biz adib asarlari tahlili jarayonida badiiy nutqning ta’sirchanligini
oshirishga xizmat qiluvchi sintaktik figuralardan biri takrorga ham yuzlandik.
O’zbek tilshunosligida badiiy takror hodisasi uchta yo’nalishda muayyan
darajada tadqiq qilingan:
1. Sof
lingvistik nuqtayi nazardan
2. Lingvostilistik va lingvopoetik nuqtayi nazardan
3. Badiiy san’atlarning o’ziga xos turi sifatida.
Birinchi turdagi ishlarga Z.O’rinboyev, M.Bo’ronova hamda
grammatikalarda uchraydigan takrorlarga oid fikrlarni kiritish mumkin.Ikkinchi
guruh tahlillari badiiy til stilistikasi, lingvostilistika va lingvopoetikaga
bag’ishlangan ishlardagi badiiy takrorga oid aytilgan fikrlardan iborat.
1
Yo’ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. T. : “Fan”, 2006, 60b
74
Chunonchi, R.Qo’ng’urov, S.Karimov, X.Doniyorov, B.Yo’ldoshev,
M.Yo’ldoshev, N.Afoqova, G.Muhammadjonova, D.Shodiyeva, N.To’lanova,
S.Boboyeva, S.Boymirzayeva, R.Shukurov ishlari. Uchinchi guruh
kuzatishlariga I.Sultonov, T.Boboyevlarning adabiyot nazariyasiga oid
ishlarini, shuningdek, badiiy san’atlar va ularning
turlarini maxsus yoritishga
bag’ishlangan Y.Is’hoqov, A.Hojiahmedovlarning tadqiqotlarini hamda
adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug’atlaridagi mulohazalarni kiritish
mumkin.
1
Takror – ayni so’zning sintaktik birlik sifatida ikki va undan ortiq
holda qo’llanishi
2
bo’lib, yozuvchi o’z asarlarida badiiy nutqning
ta’sirchanligini oshirish, qahramonning ruhiy holat kechinmalarini ifodalash
uchun foydalanadi: -
Pulni-ku, to’laysan. Senga pul cho’t emas. Qurbonlar
umrini nima bilan to’laysan? Azob – uqubatda yo’qolgan navqiron umrimni
nima bilan to’laysan? Sarson- sargardon bo’lib, o’lib ketgan xotinimning
umrini nima bilan to’laysan? Yo’q bo’lib, to’zib, patarat topib ketgan
oilamga qancha haq to’laysan? Kiyimlarni yoq. Bo’lmasa tepkini bosaman.
(
Jimjitlik, 45 b) Keltirilgan misolda adib to’lamoq leksemasini takror qo’llash
orqali ritorik so’roq gaplarni yuzaga keltirgan. Ushbu badiiy nutqda
qahramonning junbushga kelgan g’azab va nafratini ifodalashda ritorik
so’roq usuli juda qo’l kelgan va asarning badiiy-
estetik qimmatini oshirib,
yozuvchining maqsadini ochib berishga xizmat qilgan.
Asarni tahlil qilish jarayonida yana bir necha o’rinlarda badiiy
takrorlarga asoslangan matnlarni aniqladik:
1.
Men seni qidirmadim,-dedi bosiq, bo’g’iq ovoz bilan Nurmat
tog’a.- Jazoingni xudo bersin, degandim. Yo’q, sen xudoga ham chap
berding.Ajal tortib, o’z oyog’ing bilan oldimga kelding. Imon
Do'stlaringiz bilan baham: