Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi
Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko‘pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujay-
ralilar orasida ancha yirik hayvonlardir. Tanasining kattaligi 30—40 mkm.dan 1 mm gacha va
undan ham yirikroq bo‘ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi.
Sitoplazmasi ikki qatlamga - tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi.
Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan (20-rasm). Pellikula ikki qavatli,
har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil toptan. Ikkala qavat oralig‘i ochiq bo‘ladi. Pellikula
sirti bir-biri bilan tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo‘g‘on tolalar yordamida juda ko‘p
katakchalarga bo‘lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga o‘xshab o‘rab turadi.
Katakchalarning shakli har xil, tufelkada ular olti burchakli asalari inlariga o‘xshaydi (21-rasm).
Pellikuladagi tolalar tayanch skelet funktsiyasini o‘taydi; infuzoriya tanasi muayyan
shaklini belgilab beradi. Infuzoriyalar ektoplazmasida kalta tayoqchaga o‘xshash tanachalar -
trixotsistlar bo‘ladi. Trixotsistlar tana sirtiga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo‘lib,
pellikulaning sirtki qavatiga maxsus o‘simta orqali tegib turadi. Trixotsistlar himoya vazifasini
bajaradi. Biron qo‘zg‘alish ta‘sirida, masalan, suvning kimyoviy tarkibi o‘zgarganda yoki
yirtqich hayvonlar hujum qilganida trixotsistlar tashqariga otilib chiqib, uzun ipchalarni hosil
qiladi. Ipchalar dushman tanasiga botib kirib, uni cho‘chitadi. Yirtqich infuzoriyalarda
trixotsistlar ishlab chikargan modda o‘ljani falajlash xususiyatiga ega. ovqat hazm qilish
organoidlari faoliyati bilan bog‘liq. Sodda tuzilgan infuzoriyalarning (Prorodon, Holophrya
avlodi) og‘iz teshigi (sitostom) tanasi oldingi uchida joylashgan. Og‘iz atrofidagi kipriklar
boshqa kipriklarga o‘xshash bo‘ladi. Boshqa infuzoriyalarda og‘iz teshigi tanasi qorin tomonida
peristom deb ataluvchi og‘izoldi chuqurchasi tubida joylashgan. Og‘iz teshigi halqum -
sitofarinks orqali endoplazma bilan bog‘langan. Og‘iz atrofidagi kipriklar ko‘pincha o‘zaro
yopishib, maxsus membranalarni xosil qiladi. Tufelkaning og‘iz teshigi atrofida uch qator
membranellalar joylashgan. Ular tebranib, oziqni og‘iz teshigiga suradi. Og‘iz apparati ancha
murakkab va xilma-xil tuzilgan. Infuzoriyalarning ko‘pchi chiriyotgan bo‘laklari, mayda suv
o‘tlari bilan oziqlanadi. Ularning og‘iz teshigi doimo ochiq bo‘lganidan oziq halqumga
to‘xtovsiz kelib turadi. Tufelka halqumiga suv oqimi bilan zarralar oziq uchun yaroqli bo‘lmasa
ham kelaveradi.
Suv oqimi bilan kelgan zarrachalar halqumning tubiga cho‘kib qoladi. Bu cho‘kmaga
endoplazmadan biroz suyuqlik ajralishi bilan hazm vakuoli hosil bo‘ladi. Oziqqa to‘lgan vakuola
halqumdan ajralib, endoplazmaga o‘tadi va sitoplazma oqimi bilan tana ichida aylanib yuradi.
Endoplazmada bir qancha vakuollar bo‘lishi mumkin. Vakuollar harakati davomida
endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta‘sirida oziq hazm bo‘ lib, sitoplazmaga so‘riladi. Hazm
bo‘lmaydigan oziq qoldiqlari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chiqarish teshikchasi
— poroshitsa orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi.
Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuolalari 1,5—2 daqiqada hosil bo‘lib turadi Dastlab
hazm vakuolasi ichidagi muhit kislotali, hazm bo‘lish jarayonining keyingi davrlarida ishqoriy
bo‘ladi. Bu ko‘p hujayrali hayvonlar ichidagi oziq moddalarning hazm bo‘lish jarayoniga
o‘xshab ketadi. Tufelka hayoti davomida to‘xtovsiz oziqlanadi.
Aksariyat ko‘ pchilik infuzoriyalar ektoplazma va endoplazmasi chegarasida qisqaruvchi
vakuolalari bo‘ladi. Ayrim sodda tuzilgan vakillarida vakuola xuddi amyoba xivchinlilarga
o‘xshash oddiy pufakchadan iborat. Lekin ko‘pchilik infuzoriyalarning qisqaruvchi vakuolalari
ancha murakkab tuzilgan sistemani hosil qiladi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolalari
tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan. Har qaysi vakuola markaziy rezervuardan va
rezervuar atrofida joylashgan 5—7 ta yig‘uvchi naylardan iborat. Rezervuar juda ingichka
naycha orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Sitoplazmadan ajralayotgan suyuqlik dastlab
yig‘uvchi naylarda to‘planadi. Ular qisqarganda suyuqlik rezervuarga o‘tib, uni to‘ldiradi.
So‘ngra rezervuar qisqarib, suyuqlik naycha orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yig‘uvchi
naylar va rezervuar faqat suyuqlikka to‘lgan davrdagina aniq ko‘rinadigan bo‘ladi. Odatda
oldingi va keyingi vakuolalar galma-galdan qisqarib turadi. Tufelka vakuolasining pulsatsiya
sikli uy haroratida 10— 15 soniya davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit infuzoriyalarning
qisqarish vakuola pulsatsiyasi ancha past bo‘ladi. Qisqaruvchi vakuolalar osmoregulyatsiya
vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik infuzoriyalar kislorod miqdori har xil bo‘lgan muhitda hayot
kechira olishi mumkin. Masalan, odatda kislorodga boy muxitda hayot kechiradigan tufelka, bu
gaz juda kamayib ketgan muhitda ham bemalol yashay oladi. Lekin bu jarayonda aerob
moddalar almashinuvi anaerob almashinuv (glikoliz)ga o‘tadi. Ayrim infuzoriyalar (masalan,
kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay
oladi. Kislorod ular uchun zaharli hisoblanadi.
Yadro infuzoriyalarda 2 xil bo‘lib, bitta katta yadro - makronukleus va bitta yoki bir
necha kichik yadrolar esa mikronukleuslar deyiladi. Tufelkaning bitta katta va bitta kichik
yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining o‘rtasida joylashgan. Infuzoriyalar makronukleusi har
xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelka), taqasimon (suvoyka), zanjirsimon (karnaycha)
bo‘ladi. Ko‘pchilik infuzoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidli bo‘ladi.
Makronukleus xromosomalari replikatsiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega.
Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi boyicha informatsion va boshqa RNKlar
sintez qilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlanadi. Mikronukleus
yumaloq yoki tuxumga o‘xshash bo‘ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez
bo‘lmaydi, lekin mikronukleuslar xromosomalari replikatsiya xususiyatiga ega. Mikronukleus
xromosomalari irsiy belgilarni tashuvchi substrat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |