BMTning bosh shiori tinchlikdir. Tashkilot mojarolarni hal qilishda murosasozlik, vositachilik vazifasini o‘tab kelmoqda, kezi kelganda tinchlik o‘rnatish operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ko‘plab mojarolar keng ko‘lamli urushga aylanib ketmaganida ham BMTning xizmati katta. Har qancha qimmatga tushmasin, hech bir tinchlik o‘rnatish operatsiyasining zarari, hatto eng kichik ko‘lamli urush keltiradigan zarar bilan tenglasha olmaydi. BMT o‘z tarixi davomida 77 tinchlik o‘rnatish operatsiyasini amalga oshirdi. Tinchlikning qadri mana shunda ham namoyon bo‘ladi.
1996 yilda Bosh Assambleya Yadro quroli sinovlarini yalpi ta’qiqlash to‘g‘risidagi shartnomani qabul qildi. Yadro qurolidan xoli hududlar ham bevosita BMT shafe’ligida barpo etiladi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning shunday hududga aylanishida BMT bilan hamkorlik muhim o‘rin tutdi. Dunyoda xavfsizlikka faqat harbiy mojarolar tahdid solmaydi. Terrorizmga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida BMT shafe’ligida 13 xalqaro konvensiya ishlab chiqildi. 2006 yilda Bosh Assambleya Global kontrterroristik strategiyani qabul qildi. Unda milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan harakat dasturi belgilangan.
Shuningdek, xavfsizlik ekologiya va epidemiyalar tarqalishi muammolari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. BMT o‘z tarkibidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Atrof muhit dasturi, UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi, Aholishunoslik jamg‘armasi kabi tuzilmalari orqali bu yo‘nalishlarda dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni muvofiqlashtirib bormoqda1.
2009 yilning aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif asnosida BMT Bosh kotibi ilk bor Orolbo‘yida bo‘ldi va u yerdagi butun dunyoga ta’sir ko‘rsatayotgan ekologik foje’a bilan
1 Kоfi Аnnаn Kоntsеptsiya mеjdunаrоdnоgо sооbshеstvа. “Nаrоdnое slоvо”. 1999 g. 28 dеkаbrya.
bevosita tanishdi. Bu Markaziy Osiyodagi global ekologik muammoga jahon hamjamiyati e’tiborini yanada kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etadigan voqea bo‘ldi1.
Bosh kotib Pan Gi Munning tashrifi asnosida BMT va SHHT kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlarini faollashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda mazkur ikki tashkilotning ishtirokini kengaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning yadro qurolidan holi hudud maqomini olishida ham BMT bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etdi. Butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT bu xayrli g‘oyani keng qo‘llab-quvvatladi.
BMT O‘zbekiston Respublikasining terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tashabbuslari va bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini ham yuksak baholaydi va qo‘llab- quvvatlaydi. BMT minbari Markaziy Osiyodagi jahonshumul muammolarga dunyo mamlakatlari e’tiborini qaratish uchun eng muhim vositadir. BMT Bosh Assambleyasining 2009 yil 21-22 sentabr kunlari Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga birinchilar qatorida so‘z berilgani ushbu tashkilotning mamlakatimizga yuksak e’tibori, davlatimiz rahbarining xalqaro tashabbus va takliflariga nechog‘li hurmat bilan yondashuvidan yana bir dalolatdir. Islom Karimov mazkur sammitda so‘zlagan nutqida Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatimizning BMT bilan hamkorligi, Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlar, mintaqaviy
1 BMTning Iqlim o’zgаrishlаri to’g’risidаgi hаdli kоnvеntsiyasi (1997 yil). O’zbеkistоn Kоnvеntsiyagа 1993 yil 30 iyundа qo’shilgаn.
xavfsizlik va ekologiya muammolari, Afg‘oniston mojarosini bartaraf etish yo‘llariga alohida to‘xtaldi1.
Mamlakatimiz rahbari bugungi kunning eng dolzarb xalqaro muammolarini hal etishda urush va mojarolar to‘siq bo‘layotganini, Afg‘oniston misolida buning yaqqol tasdig‘ini ko‘rish mumkinligini alohida ta’kidladi. “Mazkur mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish uchun unga iqtisodiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy- gumanitar va infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga, Afg‘oniston xalqining ko‘p asrlik an’analari va qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarur”2.
Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida BMT shafe’ligida «6+3» muloqot guruhini tuzish taklifini yana bir karra bayon etdi. Prezident Islom Karimov Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishda atrof-muhit muhofazasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. “So‘nggi qirq yilda Orol dengizining akvatoriyasi 7 barobar, suvining hajmi 13 marta kamaydi. Orolbo‘yi mintaqasi Amudaryo va Sirdaryo hisobiga suv bilan ta’minlanishi hisobga olinsa, ulardagi oqimning kamaytirilishi shusiz ham murakkab ahvoldagi ekologik barqarorlikka putur yetkazadi”3.
O‘zbekiston rahbarining nutqi sammit qatnashchilari tomonidan qizg‘in qabul qilindi. Jahon matbuotida yirik siyosatchilar, siyosatshunoslar Islom Karimov puxta o‘ylangan, amalda yuksak samaralar beradigan takliflarni ilgari surganini alohida ta’kidladi. Mamlakatimiz rahbarining nutqi sammitni yoritgan ommaviy axborot vositalari xodimlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Prezident Islom Karimovning BMT sammitidagi ishtiroki, sammit doirasida Bosh kotib Pan Gi Mun bilan uchrashuvi mamlakatimiz bilan ushbu tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Shubha yo‘qki, tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot homiysi bo‘lgan BMT bundan buyon O‘zbekiston bilan munosabatlarga yanada keng e’tibor qaratadi. Zero, O‘zbekiston rahbarining
1 Hаkimоv R. O’zbеkistоn vа Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti. – T.: G’.G’ulоm nоmidаgi Аdаbiyot vа sаn’аt nаshriyoti, 2001 y. – B. 50.
2 Kаrimоv I. А. Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk. 10-jild, – T.: “O’zbеkistоn”, 2002 y. – B. 45.
3 Kаrimоv I. А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining BMT 48-sеssiyasidа so’zlаgаn nutqi. – T.: “O’zbеkistоn”, 1995 y. – B. 21.
barcha taklif va tashabbuslari BMTning bosh maqsadlariga, shu jumladan, Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘la mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |