BMTning sanoat taraqqiyoti tashkiloti (UNIDO) Bosh Assambleyaning organi sifatida 1966 yil Bosh Assambleyaning 17 noyabrdagi rezolyutsiyasi asosida tashkil etilgan. 1985 yilda UNIDO BMTning ixtisoslashgan muassasasiga aylantirildi. Uning qarorgoxi Vena shaxrida. UNIDOning asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlar sanoatining o‘sishiga va ularning tezroq industrializatsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Xalqaro taraqqiyot va qayta tiklash banki, Xalqaro valuta Fondi Bretton- Vudsda bo‘lib o’tgan konferensiyada BMTning moliyaviy xarakterdagi ixtisoslashgan muassasalari sifatida tashkil etilgan. Ularning qarorgoxlari Vashington shaxrida.
Do'stlaringiz bilan baham: |