O'zbekiston fan, madaniyat, maorif sohasi bo'yicha bmt ning tashkiloti bilan hamkorligi (yunesko)
R e j a:
YUNESKO ning tashkil topishi, tuzulishi, maqsad va vazifalari.
YUNESKO ning dastarlari. YUNESKO ning byudjeti, rahbar organlari va qarorgohi.
O'zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi.
1. YUNESKO ning tashkil topishi, tuzulishi, maqsad va vazifalari
YUNESKO 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, uning mAqsadi insoniyatning aql zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo qilishdir. Uning faoliyat doirasi maorif, tabiiy, ijtimoiy va insonparvarlik fanlarini, madaniyat va kommunikasiya sohalarini qamrab olgan.
YUNESKO dasturlari dune madaniyatiga ko'maklashishi, barqaror taraqqiyot va insoniyat taraqqiyoti uchun yo'naltirilgan. Ular barcha insonlar uchun maorif yutuqlarini to'playdi; ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga kumaklashadi; milliy madaniyatni ruyobga chiqishini qo'llab quvvatlaydi; dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash va kengaytirishga axborotlar oqimi va matbuot erkinligiga yordam beradi, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarning kommunikasiya imkoniyatlarini oshirishga ko'maklashadi.
YUNESKO milliy komessiyalar, assosiasiyalar, markaz va klublar kumagidan foydalanadilar. U395 dan ortiq noxukumat tashkilotlari va jamg'armalar, shuningdek xalqaro hamda xududiy birlashmalar bilan hamkorlik qiladi.
YUNESKOning rahbar organi barcha a'zo davlatlarni jamlagan Bosh Konferensiyalar hisoblanadi, u ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyada qabul qilingan dasturlar bajarilishini Bosh Konferensiyada saylangan 58 a'zodan iborat Ijroya kengash kuzatib boradi.
Bosh direktor : Federiko Mayor. Saragosa(Ispaniya)
Bosh qarorgox : Parij.
2.YUNESKO ning dastarlari. YUNESKO ning byudjeti, rahbar organlari va qarorgohi
O'zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi.
O'zbekiston jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, uning BMT homiyligida ta'lim, fan va madaniyat bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobaro mustaxkamlanib bormoqda. 183 davlat a'zo bo'lgan YUNESKO ning bosh maqsadi – barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqarish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o'rganishga ko'maklashishdan iborat. YUNESKO har yili o'z faoliyati doirasida jahonda 150-200 yirik tadbir o'tkazadi. YUNESKO har bir davlatdagi ilg'or tajribalarni o'rganuvchi va boshqalarga tarqatuvchi “g'oyalar laboratoriyasi” rolini bajarmoqda.
1993 yil 29 oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O'zbekistonni YUNESKO ga a'zolikka qabul qilish marosimi bo'ldi. O'sha kuni Ulug'bek tavalludining 600 milligini nishonlash YUNESKO dasturiga kirildi. 1994 yil oktabrda Parijda Ulug'bek haftaligi tantana bilan o'tdi. Xiva va Buxoro YUNESKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro'yxatiga kiritildi. Bu ro'yxatda 411 ta ob'yekt bor. Samarqand, Buxoro, Xivaning me'moriy majmualarini qayta tiklash ishlariga YUNESKO eksperti qayta tiklovchi me'mor jovonni Bokkardi O'zbekistonda ishlab yordamlashmoqda.
1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo'lib, tarkibiga ta'lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a'zo bo'ldi.
YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o'rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda.
“Ipak yo'li – muloqot yo'li” deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. Olti jildlik Markaziy Osiyo ma'rifati tarixi tayyorlanmoqda va nashr etilmoqda. 1992 yil va 1994 yillarda uning ikki jildi nashr etildi. Mintaqa mamlakatlari mutaxassislari unda qatnashmoqda. YUNESKO bosh direktorii Federiko Mayorning O'zbekistondagi rasmiy tashrifi chog'ida institut tantanali ravishda ochildi.
YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag'ishlangan xalqaro haftalik anjuman bo'lib o'tdi.
1997 yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko'rgazmalar o'tkazildi. Bu O'zbekiston Bilan BMT ning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o'rtasidagi hamkorlikning Yana bir yorqin irodasi bo'ldi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI.
Karimov I. A O'zbekiston buyuk kelajak sari. T. O'zbekiston.1997 y.
Karimov.I.A O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T.O'Uzbekiston.1992 y.
O'zbekistonning yangi tarixi. Uch jildlik. T. Sharq. 2000 y.
Saidov .A Xalqaro huquq. (o'quv qo'llanma) T. 2001 y.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Asosiy omillar. (ruschadan tarjima). T. 2000 y.
Karimov A. “Amir Temur – faxrimiz g'ururimiz”. T. O'zbekiston. 1998 y.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |