Shonazarova mahliyo umirzoq qizi tomonidan tayyorlangan


BOB. O’ZBEKISTON VA BMTNING IXTISOSLASHGAN MUASSASALARI, UNESCO TASHKILOTINING MAMLAKATIMIZ HAYOTIDA TUTGAN O’RNI



Download 189,36 Kb.
bet9/86
Sana30.12.2021
Hajmi189,36 Kb.
#87000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
Bog'liq
REFERAT

BOB. O’ZBEKISTON VA BMTNING IXTISOSLASHGAN MUASSASALARI, UNESCO TASHKILOTINING MAMLAKATIMIZ HAYOTIDA TUTGAN O’RNI


  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLARGA A’ZO BO’LISHI

O’zbekiston Respublikasi 100 dan ziyod xalqaro tashkilot a'zosidir.

O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) a'zosi bo'ldi. BMT bilan hamkorlikdagi asosiy ustuvor yo'nalishlar bu – xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, Afg’onistonni qayta tiklash, ekologik muammolarni yechish, shu jumladan, Orol fojeasi oqibatlarini yengillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish masalalaridir.

O’zbekiston Respublikasi BMTning terrorizmga qarshi kurash bo'yicha barcha


  • 13 konvensiyasi ishtirokchisi bo'lib, jahon hamjamiyatining ushbu xavfga qarshi kurash borasidagi harakatlarini birlashtirish yuzasidan ko'plab amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

O’zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish bo'yicha erishilgan yutuqlarni qo'llab-quvvatlaydi. Biroq terrorizmga qarshi kurash borasida amaliy natijalarga faqat BMT doirasida hamkorlik bo'yicha global tizimni yaratish yo'li bilangina erishish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, “hozir hammaga bitta haqiqat ravshan bo'lishi shart: hech bir inson, hech bir davlat butun insoniyatga tahdid solayotgan yovuzlikni bartaraf etish yo'lidagi kurashdan chetda qololmaydi”1.




1 Kаrimоv I. А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining BMT 48-sеssiyasidа so’zlаgаn nutqi. – T.: “O’zbеkistоn”, 1995 y. – B. 15.

Shundan kelib chiqib, O’zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashining Kontrterroristik qo'mitasi faoliyatini ma'qullaydi va uning BMTga a'zo davlatlarning yovuzlikka qarshi turish imkoniyatlarini kuchaytirish borasidagi harakatlarini to'la qo'llab-quvvatlaydi. Alohida ta'kidlash joizki, mazkur qo'mitaning tashkil etilishi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil Istambul shahrida bo'lib o'tgan YeXHT sammitida Terrorizmga qarshi kurash markazi tuzish tashabbusining natijasi ham hisoblanadi.

O’zbekiston doimiy ravishda qo'mitaga 1373 (2001) rezolyutsiya talablarini bajarish bo'yicha ma'ruza taqdim etib keladi1.

Jahonning ko'pgina mintaqalarida ekstremizm barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda. Diniy ekstremizm targ’iboti o'zida to'g’ridan-to'g’ri terroristik tashkilotlarga jalb qiluvchi g’oyaviy tayyorlanganlikda namoyon bo'lmoqda. Bu kabi tashkilotlarga misol bo'luvchi “hizb-ut-Tahrir” faoliyati avvalo o'sib kelayotgan yosh avlodga qaratilgan.

O’zbekiston BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan giyohvandlikka qarshi kurashda yaqin hamkorlik qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2002 yil oktyabrda BMT Bosh kotibining O’zbekistonga tashrifi chog’ida ilgari surilgan tashabbusning amaliy natijasi sifatida Giyohvand, psixotrop moddalar va prekursorlarga qarshi kurash bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot- muvofiqlashtirish markazining ta'sis etilishi O’zbekistonning BMT bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan katta hissasi bo'ldi.

O’zbekiston qurollarni tarqatmaslik va qurolsizlanish sohasidagi barcha muhim xalqaro kelishuv va shartnomalarga, shu jumladan, Yadro qurollarini tarqatmaslik to'g’risidagi shartnoma (DNYAO), Yadroviy sinovlarni yalpi ta'qiqlash to'g’risidagi shartnoma (DVZYAI), kimyoviy va biologik qurollar bo'yicha konvensiyaga qo'shilgan2.



1 Kasimov A., Vaskin I. "Osnovnie napravleniya vneshney politiki Respubliki O’zbekistan". – T., 1994 y. – B. 32.

2 Hаkimоv R. O’zbеkistоn vа Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti. – T.: G’.G’ulоm nоmidаgi Аdаbiyot vа sаn’аt nаshriyoti, 2001 y. – B. 41.

O’zbekiston va MAGATE o'rtasida DNYAO doirasida kafolatlarni qo'llash bo'yicha kelishuv imzolanib, 1998 yilda O’zbekiston Respublikasi shu kelishuvning qo'shimcha protokoliga qo'shilgan.

O’zbekiston MAGATEga a'zo bo'lgach, yadro usullarini fanda, sog’liqni saqlash, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda qo'llash bo'yicha xalqaro tajriba va ilg’or texnologiyalarga hamda yadroviy materiallarni xavfsiz qo'llash usullariga ega bo'ldi.

MAGATEning konsultativ va texnik yordami bilan O’zbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik to'g’risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va mazkur qonun 2000 yil 31 avgustda ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining uchinchi sessiyasida qabul qilindi. 2008 yilning 9 aprelida “O’zbekiston Respublikasining yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash bo'yicha xalqaro konvensiyaga qo'shilishi to'g’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu O’zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida sobitqadamligini yana bir bor namoyon etadi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston va MAGATE hamkorligida 14 ta mintaqaviy va mintaqalararo hamda 5 ta milliy loyiha amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etishning tashabbuskoridir. 2006 yilning sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida Markaziy Osiyo davlatlari MOYAQXH to'g’risidagi xalqaro shartnomani imzoladilar. BMT Bosh Assambleyasining 61-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari nomidan taqdim qilingan “MOYAQXH” haqidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi BMTning inson huquqlari sohasiga oid 70 ortiq xalqaro hujjatlari, shu jumladan, 6 ta asosiy kelishuv a'zosidir. O’zbekiston bu yo'nalishda o'zining xalqaro majburiyatlarini bajarmoqda va mazkur yo'nalishda o'z siyosatini ishlab chiqmoqda1.



1 www.un.org.

Ekologiya sohasida O’zbekiston uchun Orol muammosi eng muhim masalalardan hisoblanadi. O’zbekiston BMT tizimidagi agentliklar Orol dengizi inqirozini bartaraf etishda Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetarli darajada yordam bermayapti, deb hisoblaydi. Ushbu gumanitar halokat yanada ko'proq e'tibor, avvalambor, intellektual-texnologik sa'y-harakatlarni talab etadi. Bu masala BMT uchun ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim.

O’zbеkistоn Prеzidеnti BMT Bоsh Аssаmblеyasining 48- sеssiyasidаgi ishtirоkidаyoq хаlqаrо tаshkilоtgа “Оrоl dеngizining hаlоkаti butun dunyo uchun оldini оlib bo’lmаydigаn оqibаtlаr kеltirib chiqаrmоqdа. Biz jаhоn hаmjаmiyatigа murоjааt qilib, Оrоlni vа Оrоlbo’yini qutqаrishdа yordаm bеrishgа chаqirаmiz. Fаlоkаtni hаqiqаtаn hаm jаhоn miqyosidа ekаnligini e’tibоrgа оlib, O’zbеkistоn BMTning Оrоl muаmmоsi bo’yichа mахsus kоmissiyasi tаshkil qilinishini yoqlаb chiqqаn bo’lur edi. Bu kоmissiya mintаqаdаgi хukumаtlаr bilаn kеlishgаn hоldа vа BMT ning imkоniyatlаri оrqаli хаlqаrо kuchlаr vа mаblаg’lаrni mаnа shu ekоlоgik fоjеаni bаrtаrаf etishgа jаlb qilgаn bo’lur edi. Dаstlаbki qаdаm sifаtidа mаzkur kоmissiya ushbu muаmmо bo’yichа Nukus shаhridа BMT hоmiyligidа хаlqаrо kоnfеrеntsiyani tаyyorlаsh mumkin bo’lur edi.” dеb tаvsiya bеrdi”1.

1993 yildan boshlab mamlakatda BMTning eng yirik – Rivojlanish dasturi o'z faoliyatini boshladi. PROON 1999 yildan o'z loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda Tomonlararo hamkorlik dasturi (THD) doirasida ish yuritadi.

THDning asosiy vazifasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida qisqa va uzoq muddatli ustuvor vazifalarni hal etishda texnik va konsultativ yordam ko'rsatish hisoblanadi2.

O’zbekiston 1992 yil 26 fevralda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) ga a'zo bo'ldi.





1 Kаrimоv I. А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining BMT 48-sеssiyasidа so’zlаgаn nutqi. – T.: “O’zbеkistоn”, 1995 y. – B. 16.

2 Kоfi Аnnan. “Mi nаrоdi Оb’еdinеnniх nаtsiy”.ООN i prаvа chеlоvеkа v XXI vеkе. “Prаvdа Vоstоkа”. 1999 g. 28 dеkаbrya.

2006 yil iyun oyida YeXHTning Doimiy kengashi tomonidan Toshkent shahrida shu vaqtgacha faoliyat yuritgan YeXHT Markazi o'rniga YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi idorasi ta'sis etildi. 2006 yil iyul oyida O’zbekiston Respublikasi hukumati va YeXHT o'rtasida YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi lavozimini ta'sis etish to'g’risida Memorandum imzolandi.

Imzolangan Memorandum doirasida respublika vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda 2007 yil 18 ta, 2008 yil 15 ta loyiha amalga oshirildi. 2009 yilda 14 ta loyiha hayotga tatbiq etilgan.

1992 yil sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Jahon bankining teng huquqli a'zosi hisoblanadi. 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assosiasiasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha ko'p tomonlama agentlikda O’zbekiston Respublikasining a'zoligi to'g’risida”gi qonuni kuchga kirdi. Hozir Toshkentda Jahon bankning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.

Jahon bankining XRTB yo'nalishi bo'yicha mamlakatga 2008-2011 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy yordam strategiyasi amalga oshirildi. Ushbu strategiya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil avgust oyida tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining aholining turmush tarzini yaxshilash bo'yicha 2007-2010 yillarga mo'ljallangan Dasturi asosida ishlab chiqilgan.

Jahon bankining mamlakatga ko'mak berish bo'yicha 2008-2011 yillarga mo'ljallangan Strategiyasi doirasida davlatning ustuvor yo'nalishlarini qo'llab- quvvatlash uchun amalga oshirilgan dasturlar to'plami asosiy 4 yo'nalishga qaratilgan:



  1. iqtisodiy o'sish uchun sharoitni yaxshilash;

  2. qishloqlarda iqtisodiy o'sish imkoniyatlarini oshirish;

  3. aholiga xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish;

  4. atrof-muhitni boshqarish hamda global ommaviy ehtiyojlarning taqdim etilishi.

O’zbekiston 1992 yil iyul oyida Jahon Bankiga a'zo bo'lgandan buyon, 16 loyihani moliyalashtirish uchun XRTB va XRA dan 717 million AQSh dollari hajmida mablag’ jalb qildi.

2008-2010 yillarda 300 mln AQSh dollari miqdorida kredit resurslari berildi1.

O’zbekiston Respublikasi 1995 yil avgust oyidan buyon Osiyo taraqqiyot banki (OTB) a'zosi sanaladi. 1997 yildan buyon Toshkentda OTB vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.

O’zbekiston OTBga a'zo bo'lgandan buyon, Bankdan 26 turdagi qarzlar bo'yicha 1,1 mlrd AQSh dollari hamda texnik hamkorlik doirasida 35,5 mln AQSh dollari olgan. Respublika OTBning mintaqaviy a'zolari orasida 15– yirik aksioner va 14 – yirik kreditor hisoblanadi.

O’zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo'naltirilgan. Bular:

-qishloq xo'jaligi;

-xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;


  • transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy hamkorlik;

  • bolalikni himoya qilish va boshlang’ich ta'limni egallashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish.

OTB rahbariyati bilan kelishilgan holda 2009-2011 yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturi qabul qilingan. Dasturda umumiy hisobda 990 mln AQSh dollari miqdoridagi 14 ta loyihani amalga oshirilgan. Shundan 470 mln AQSh dollari uzoq muddatli imtiyozli kreditlar hisoblanadi.

2009 yilning 2-5 may kunlari Bali (Indoneziya) shahrida o'tkazilgan OTB Boshqaruvchilari Kengashining 42-yig’ilishida, Kengashning 43-yig’ilishini 2010 yil 1-4 may kunlari Toshkent shahrida o'tkazishga qaror qilingan. Bu OTBning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi dastlabki Yillik yig’ilishi bo'lgan edi.





1 www.worldbank.org

Download 189,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish