O'zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a'zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.
O'zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda mustahkamlash doirasida so'nggi yillardagi hamkorligi va tashriflar almashinuvi ikki tomonlama va mintaqalararo doirada faollashib bormoqda.
O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muloqoti faol xarakterga ega bo'lib, u 5 asosiy qo'shma organ doirasida amalga oshirilmoqda: Hamkorlik kengashi, Hamkorlik qo'mitasi, Parlament hamkorligi qo'mitasi, Savdo va investitsiyalar bo'yicha quyi qo'mita hamda Adliya, ichki ishlar va boshqa masalalar bo'yicha quyi qo'mita.
Do'stlaringiz bilan baham: |