4. Maqsad ( nima maqsadda) -gani, (-kani, -qani, -gali). Lola tergani adirga chiqdik
Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, -guncha,
-gancha, -gani qo‘shimchalari qo‘shiladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga bu
qo‘shimchalar qo‘shilganda, -kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani tarzida yoziladi. Bu qo‘shimchalar faqat k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -kach, -kuncha, -kanсha, -kani holida; q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -qach, -quncha, -qancha, -qani shaklida talaffuz qilinadi
va shunday yoziladi.
Berilgan gaplardagi fe’llarning vazifa shaklini aniqlang.
1. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi. (Oybek)2. Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (Abdulla Qahhor) 3. Suv kelguncha, podani tepaga
haydab chiqdi. Misoli suvga kalla qilganday o‘zini soyga otdi. (Tog‘ay Murod) 4. Tursunboy tizzasini ushlab zo‘rg‘a qadam bosardi. (Abdulla Qahhor) 5. Siddiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi.
Berilgan gaplardagi ravishdoshlarning ma’no turlarini aniqlang.
1. Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak. (Omon Muxtor)
2. Tog‘ga yetgach, qo‘ylarni o‘z holiga tashlab qo‘ydi. (Tog‘ay Murod)
2. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. (U. Hamdamov)
2. Yodgor kelib-kelmay hasharni adog‘iga yetkazdi. (G‘afur G‘ulom)
3. Doirani olgach, chalgani odam izlab ketdi. (N. Aminov)
4. Tog‘ga chiqqach, osmonning pastligini his qildi. (Tog‘ay Murod)
5. Kechga yaqinlashgach, havo aynib, shamol turdi. (Oybek)
KO‘MAKCHI FE’LLAR
Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotgan,
asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko‘makchi fe’llar hisoblanadi. O‘qimoq — o‘qiy boshlamoq, o‘qiy olmoq, o‘qib chiqmoq, o‘qib tugatmoq, o‘qib yurmoq, o‘qib turmoq, o‘qib yubormoq, o‘qib tashlamoq. Hayday boshlamoq, haydab yubormoq, haydab bo‘lmoq, Yozib bormoq, aytib bormoq, kuchayib bormoq, ortib
bormoq, o‘tib bormoq.
ESDA SAQLANG. Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko‘makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo‘llanadi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qo‘llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o‘qishni tugatmoq), turmoq (o‘rnidan turmoq), tashlamoq (qog‘oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |