Shohjahon normurodov



Download 280,49 Kb.
bet122/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

Bilib oling. Hech bir o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o‘zganing gapi ko‘chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan o‘zganing gapi esa o‘zlashtirma gap hisoblanadi.
TOPSHIRIQ-6.Avval ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni, so‘ng o‘zlashtirma gaplarni ko‘chiring.
1. O. Hojiyeva xalqni og‘ir sinovlar, mashaqqatlar, ulug‘ o‘zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. 2. Amakim bizga uqtirdi: «Bir-biringiz bilan ahil bo‘linglar!». 3. G‘afur G‘ulom Erkin Vohidovning mudragan aruzni uyg‘otib yuborganini, uni arab, fors so‘zlaridan tozalab, sof o‘zbek g‘azalini yaratayotganini gapirdi. 4. Abdulla Qahhor jilmayib: «Odamzod hasad qilmasligi kerak. Havas qilishi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi», — dedi.
KO‘CHIRMA GAPLARNI
O‘ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH
Ko‘chirma gap quyidagi shakliy o‘zgarishlar yo‘li bilan o‘zlashtirma gapga aylantiriladi:
a) darak gap shaklidagi ko‘chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga, egasi qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so‘zi aytdi so‘zi bilan almashtiriladi. Muallif gapining egasi o‘zlashtirma gap egasi bo‘lib gap boshida keladi. Masalan, «Yoshlarimiz istiqboli porloq»,— dedi o‘qituvchimiz. // O‘qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
b) so‘roq, buyruq shaklidagi ko‘chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi. Masalan, «Salima qanday o‘qiyapti?» — deb so‘radi onasi. // Onasi Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
d) ko‘chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi.
TOPSHIRIQ-7.Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni ayting.
1. Qadimgilar demishki: «O‘z uyim — o‘lan to‘shagim». 2. «Kamgaplik, — deydi H. Olimjon, — donolik yo‘lining boshlanishi». 3. Behbudiy: «Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir», — deb yozadi. 4. «So‘z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g‘isht», — deb yozadi A. Qodiriy. 5. «Ornomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi», — deydi Tog‘ay Murod. 6. Donolar deydiki: «Vaqting ketdi — baxting ketdi». 7. Balli, Ra’no, — dedi Solih mahdum. (Abdulla Qodiriy) 8. Seni ilgari ko‘rmagan edim-ku,
qayerliksan, — deb so‘radi u. (Mirkarim Osim) 9. Keldik, — dedi Ochil kulib. (S. Barnoyev) 10.Olcha juda serob, avval tatib yenglar, keyin terasizlar, — dedi bir mo‘ysafid. (Oybek)

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish