Shodmon Sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari reja: Kirish I bob. Shodmon Sulaymon – iste’dodli shoir


II.2. SHOIR SHE’RLARINING JANRIY TARKIBI



Download 124,48 Kb.
bet6/11
Sana18.02.2022
Hajmi124,48 Kb.
#455979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shodmon sulaymon she’riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

II.2. SHOIR SHE’RLARINING JANRIY TARKIBI
Taniqli olim, professor O.Safarov Sh.Sulaymonning birinchi she’riy to’plamiga yozgan so’zboshisida shunday yozadi: “Fahmimcha, Shodmon she’rlarida iztirob turfa mavjlarda jilolanganday: ishq iztirobi (“Muhabbat”, “Dil yonar”), sog`inch iztirobi (“Qo’msash”, “Sog`indim” ), ayriliq iztirobi (“Men sizni alishganim yo’q”), o’zni va o’zlikni anglash iztirobi (“Izlayverib”, “Tush”), umidsizlik va tag`oful iztirobi (“Xayrlashuv”, “Umidsizlik haqida qo’shiq”), burch va mas’uliyat iztirobi (“O’kinch”, “Otamga”), eh he ko’ngil ko’chasida neki kechilguday bo’lsa barchasiga xos iztiroblar ifodasi bor, ha ular bisyor qay biri hazin pur ifodasii bor, qay biri umidga yo’g`rilgan va yana qay biri bamisoli “besamar tun, besamar tuyg`u”. Ammo hammasi Shodmon qalbining, aniqrog`i, lirik qahramonining entikishlari bo’lib, uning o’z ovozi va uslubini izlayotganidan shahodat bera oladi”5. Mazkur fikr she’riyat ostonasiga qadam tashlagan qalamkash berilgan katta bahodir. Haqiqatan ham, Shodmon dastlabki she’riy bitiklaridanoq o’z shoirlik iste’dodini namoyon eta oldi va yikrik adabiyotshunoslar O.Safarov va I.Haqqulovlar nazariga tushdi. Uning she’rlarida iztirobning turfa manzaralari go’zal ifoda va badiiy obrazlarda namoyon bo’ladi.
Shodmon Sulaymon she’riyati janrlari ko’zdan kechirilsa, barmoq vaznidagi she’rlardan tashqari, mansuralar, baxshiyona, g`azal, masnaviy, doston singari janrlarda ijod qilgani ayonlashadi.
Uning barmoq vaznidagi she’rlari ravonligi, shakliy va badiiy jihatdan pishiqligi bilan ajralib turadi.
G`azal adabiyotimizning an’anaviy janrlaridan biri. Qo’liga qalam olgan shoirlikka iqtidori bo’lgan har qanday shoir bu janrda yozishga harakat qviladi. Shu ma’noda Shodmon Sulaymonning g`azal janridagi she’rlari she’rxonni befarq qoldirmaydi.
Istiqlol davri g`azaliyotining bir qator muhim fazilatlari va xususiyatlari mavjudki, ular davr g`azallarining o`ziga xosliklarini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi, millatning o`z-o`zini anglashi, o`zlikni qadrlashi va ulug`lashi, milliy iftixor tuyg`ularining shakllanishida alohida ahamiyatga ega bo`lgan g`azallar mustaqillik davri g`azaliyotining asosiy qismini tashkil etadi. Yana bir yetakchi xususiyat - bu Vatanga bo`lgan muhabbatning deyarli barcha g`azallar mazmuniga singdirilganidir. Shoirlarimiz xoh tarixiy voqelikka, xoh bugungi kunga murojaat etishsa, yoxud oshiqona ruhdagi g`azal bitishsa ham barchasida Vatanga muhabbat va istiqlolga shukrona hissi sezilib turadi.
Mustaqillik davri adabiyotidagi eng katta yutuq shuki, bu davrda o`zbek shoirlari o`tmish va hozirgi hayotni aks ettirishda avvalgi cheklanish-chegaralanish iskanjalaridan butunlay qutildilar. O`tmish hayotni ham, hozirgi hayotni ham butun borlig`i va murakkabligi bilan tasvirlash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Chin hayot, xalq hayoti bilan aloqani yanada mustahkamlab, haq so`zni dangal yoza boshladilar. Mustaqillik davri she’riyati butun o`zbek poeziyasi tarixida alohida o`rin tutadi. Chunki aynan mustaqillik davriga kelibgina she’riyat xalqqa yaqinlashdi. Bu degani shuki, u avvalgi madhiyabozlik-u mafkurabozlikdan, rasmiyatchilik, buyruqbozlikdan, ritorikadan, nasihatbozlik, quruqlikdan, tantanadan va o`rinsiz g`ururdan xalos bo`la boshladi. Shoirlar ko`p g`oyalar orasidan nihoyat o`z menini qidirib topdi va unga bir insonga qaragandek qaray oldi. Yuqoridagi fikrimizni Q.Yo’ldoshevning ta’kidlari orqali isbotlashga harakat qilamiz: “Sho`ro shoirlarining qulog`i zamon yuragiga, ko`zi partiya og`zida bo`lishi lozim edi. She’riyat olam hodisalarini ifodalash vositasi, chaqiriq da’vat sanalardi. Abdulla Oripov esa odamning o`zini, uning shaxsi, tuyg`ular olamini asosiy qadriyat deb bildi. Shu bois insonning qalbini tadqiq etish ehtiyojini tuydi”. Demakki, qaysidir ma’noda A. Oripov bugungi she’riyatimizga tamal toshini qo`ydi qoydi desak xato bo`lmaydi. Shunday ekan, bugungi she’riyat faqat shoirninggina dardini emas, balki umuman, xoh u siyosiy-iqtisodiy, xoh u ma’naviy- mafkuraviy mohiyatda, xoh u butun boshli mamlakat, xoh u bitta inson misolida bo`lsin, bulardan qat’iy nazar, har qanday qaramlikka, qullikka qarshi isyon – murojaatning mujassami o`laroq ko`ramiz. Bu narsa shuni ko`rsatadiki, mustaqillik davri boshqa davrdan o`zining siyosiy, ijtimoiy, psixologik kayfiyati bilan farq qiladi.
Mustaqillik yillari shoirlarimiz uchun astoydil izlanish va qizg`in ijod qilish davri bo`ldi. Albatta, bugungi kunda buning natijalari yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Zotan, o‘tgan qisqa davrda so`z san’atining hamma janrlarida muayyan yutuqlar qo`lga kiritildi. She’riyat yangi mavzular, yangi g`oya va obrazlar, yangicha talqin va tasvirlar bilan boyidi. Bu yangi davrda, ayniqsa, she’riyatimizda haqqoniylik va hozirjavoblik kuchaydi. Turg`unlik yillarida inson hayoti ko`pincha bir tomonlama, hech qanday kam-ko`stsiz, dabdabali qilib, bo`yab-bezab aks ettirilardi. Inson mehnati, uning ruhiyati yuzaki, bayramona qilib ifodalanardi. Mustaqillik davriga kelib xalq va mamlakat hayotini yaxshilashga qaratilgan muammolar, oddiy inson qadr-qimmatini tiklash va ko`tarish, ona Vatan va mustaqillik mavzulari tasviri birinchi o`ringa chiqdi. Albatta, sheriyatda san’atning boshqa har qanday turida bo`lgani kabi mazmun-mohiyati o`sha-o`shadir, ming yillikdir, azaliydir. Lekin tan olishimiz kerak, har bir davr o`z tabiatiga, fe’l-atvoriga va maqsadiga ko`ra o`sha ming yillik mohiyatni tasniflab chiqadi.
Istiqlol adabiyoti rivojining yana bir yetakchi xususiyati, bu – inson ruhiyatining falsafiy-psixologik tahlili orqali shaxsni kamolga yetkazishda, komillik alomatlarini ulug`lashda ko`zga tashlanadi. Odamdagi odamiylikni kashf etish ustuvor tendensiyaga aylanib bormoqda. Milliylik, tarixiylik, go`zallik, ezgulik, adolat singari bashariy qadriyatlar estetik mezon sifatida badiiy tafakkurdagi o`zgarisharni aniqlovchi va belgilovchi omil bo`lib bormoqda.
Istiqlol davri o`zbek g`azaliyoti o`zining mazmun-mundarijasi, kompozitsion qurilmasi, badiiy-tasviriy vositalari bilan g`azalchiligimiz tarixida alohida bosqichni tashkil qilib kelmoqda. Bu davr g`azallarida, asosan, ramal va hazaj bahrlaridan keng foydalanilmoqda.

Shoirning mansura shaklida yozilgan Vatan haqidagi go’zal manzumasi yurtga sadoqat, mehr tuyg`ulari bilan yo’g`rilgan: “Men Vatan deb yo’lga tushdim, men Vatan deb yo’lga tushdim, yurtim, seni jondan ortiq ko’raman, deb yo’lga tushdim. Sen otamsan, sen volidam, o’g`lim yayrab o’sgan dalam, sen qay tomon yo’llar bo’lsang, boraman, deb yo’lga tushdim”6. E’tibor berilsa, ushbu badiiy parcha xalq dostonlari uslubida bitilgan. Unda ichki ohangdorlik (otam, volidam, dalam) saj’ mavjud. Yurtga sadoqatli farzandning samimiy hislariga yo’g`rilgan. “Men Vatan deb yo’lga tushdim, shul chaman deb yo’lga tushdim, yo’lim to’ssa qay bir nokas yanchaman deb yo’lga tushdim. Ona bo’lib ko’zyoshimni artgan jondan aziz yurtim, tikaningni sanchaman, deb yo’lga tushdim” deb yozadi shoir. Uning lirik qahramoni chin vatanparvar inson. U Vatani uchun har nega tayyor fidoiy kishi. Ichki ohangdorlik satrdan satrga o’tgani sayin yanada sayqal topib, badiiy mazmun boyib borgan. Undagi “chaman”, “yanchaman”, “sanchaman” so’zlari shunchaki ohangdoshlik bo’lmay, matnda o’ziga xos kalit vazifasini o’tab kelgan. Ya’ni lirik qahramon Vatan yo’lidagi fidoiyligini yorqin ifodalovchi vositaga aylangan. “Men Vatan deb yo’lga tushdim, jon Vatan deb yo’lga tushdim, qon silqigan yillar bag`rin titaman, deb yo’lga tushdim. Momo dedim, bobo dedim, To’marisu mard Shiroqni, yov yo’liga tutaman deb yo’lga tushdim” (4). “Qon silqigan yillar” Vatannning tarixi sahifalarini ifoda etadi. Qolaversa, Momo (Momo Havo), Shiroq, To’maris singari tarixiy nomlarga ishora qilish orqali talmeh yaratib, Vatanning ko’hna tarixi boyligini ifoda etadi. “Men Vatan deb yo’lga tushdim, men Vatan deb yo’lga tushdim, Cho’lpon menga bitgan xatni topaman, deb yo’lga tushdim. Ko’zga suray, deya chopdim Qodiriyning so’ngaklarin, ko’ksi giryon Usmon xokin o’paman, deb yo’lga tushdim”. Vatan deb yo’lga tushga lirik qahramon yaqin tarixning qora dog`lariga duch keladi. Talmeh orqali ifodalangan ushbu satrlarda shoir Cho’lpon, A.Qodiriy, U.Nosir kabi qalbi yoniq ijodkorlarga ishora qilar ekan, Vatanning yaqin tarixdagi sahifalariga qatag`on yillarini yodga oladi. “Men Vatan deb yo’lga tushdim, hur chaman deb yo’lga tushdim, sen istasang, osmonlarga uchaman, deb yo’lga tushdim. Asli mening volidamdir – qo’li qadoq onalaring, oq sochlarin silab, mahkam quchaman, deb yo’lga tushdim”. Fidoiy vatanparvarning yurtga sadoqati nihoyatda cheksiz. “Vatan”, “chaman”, “uchaman”, “quchaman” singari so’zlar ichki ohangdorlikdan tashqari poetik fikrni ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Zero, shoir Vatanni onaga qiyos etar ekan, vatangan fido bo’lish onaga fido bo’lish bilan barobar ekanligini alohida ta’kid etadi. “Men Vatan deb yo’lga tushdim, bol Vatan deb yo’lga tushdim, sahrosi gul, g`unchalari ol Vatan, deb yo’lga tushdim. Bir lahzalik mehmon derlar bu dunyoda odamzodni, men sendaman, sen ham menda qol, Vatan, deb yo’lga tushdim!” Bu satrlardagi tashbehlar ham an’anaviy bo’lsa-da, ohorli mazmuni bilan she’rxonni o’ziga tortadi. Binobarin, Vatanning har qarichi aziz, degan tushunchani shoir sahrosi gul, g`unchalari ol deb ta’riflaydi. Xalqimizda inson tuproqda tug`iladi, tuproqda yashaydi va yana shu tuproq bag`riga singib ketadi. Shoir ana shu hayotiy fikrni “Bir lahzalik mehmon derlar bu dunyoda odamzodni, men sendaman, sen ham menda qol, Vatan, deb yo’lga tushdim!” tarzida ifoda etadi. Bu she’rning xulosaviy fikri sifatida jaranglaydi.
“Iftixor” she’r Vatan haqidagi yana bir go’zal manzumadir. She’r an’anaviy barmoq vazni 5+5=10 turoqda bitilgan.
Yurtim, desam, jo’shadi qalbim.
Tomirimda gupuradi qon.
Axir baxt va iqbol kuyiga
To’liq erur yana qay makon (6).
Binobarin, yurt ishqida yongan lirik qahramon shunchaki “Vatanni sevaman” deb balandparvoz so’zlamaydi. Balki tomirida gupurayotgan qonda, yurt yangrayotgan baxt va iqbol kuyida unga bo’lgan qaynoq va beadoq mehrni tuyadi.
Olis moziy bag`rida yangrar
Bobolarning mag`rur na’rasi.
Har sahfasi ulug` bir dovon –
Imonga yor har bir zarrasi.
Lirik qahramonning qulog`iga olis moziy bag`ridan bobolarning mag`rur na’rasi eshitiladi. Vatan tarixining har sahifasi ulug` bir dovonga qiyoslanadi.
Quchay deya tole manzilin,
Ma’rifatni bayroq qilgan u –
Dil to’rida abadiy to’lqin,
Dil to’rida pokiza tuyg`u (6).
Lirik qahramon tole manzillarini shu Vatan baxtida ko’radi. “Ma’rifatni bayroq qilgan” Vatanning dil to’rida abadiy to’lqin yashaydi.
She’rning ikkinchi qismida ham yurtga muhabbat ruhi alangalanib boradi.
Bu yurt – baxtga manzil,
Mag`rur ko’ksida
Chinorlar ulg`aygan muqaddas gulshan.
Qadr-qimmat yanglig` o’lmas qasida,
Tayanch qo’rg`on misol yuksalgan maskan (7).
Istiqlol nuridan yog`dulangan Vatan, shoir nazdida baxtga manzildir. Mag`rur ko’ksida chinorlar ulg`aygan, satrida ham zohiriy. Ham botiniy ma’no mujassam. Zero, o’z ma’nosida yurt chinorlari uning tabiatining mujassam timsoli bo’lgan daraxtlar nazarda tutiladi. Ko’chma ma’noda esa chinorlar bu yurtning bebaho, asl insonlari – shoiru yozuvchilari, olim u fuzalolari timsolini o’zida ifoda etadi.
Bu el uyg`onadi –
Tinch va osuda
Zamonlar sha’niga shukrona ayta.
Ko’rkam imoratlar – qutlug` obida
Yanglig` yurt chiroyin ochganda qayta (7).
Bu el har tongda tinch va osuda uyg`onadi. Zero, bu osudalik va tinchlikni xalqimizga istiqlol tuhfa etdi. Shu bois xalq qalbida mustaqillikka shukronalik ruhi barq urib turadi.
Mustaqillik millat tarixida ham, adabiyot tarixida ham muhim davr bo’ldi. Bu davrda so’z va fikr erkinligi sari keng yo’l ochildi. Tarixiy, diniy-axloqiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi. O’zbek xalqining ongi, dunyoqarashida tub o’zgarishlar yuz berdi, qalbida esa istiqlolga shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg`ulari qaror topdi. Binobarin, shoir she’rlarida mana shunday yangilanishlarni ifodalash, millatning milliy mustaqillikka kirib kelish tarixini badiiy yoritish bosh xususiyatga aylandi. Ana shu xususiyatlar shoirning hayot materialini tanlashda, unga yondashishda, badiiy-estetik talqin qilishda, o’z individual mahoratlarini namoyon etishida yorqin kuzatiladi. Iqtidorlii shoir mustaqillikning ma’naviy-ijtimoiy asoslarini ochishga, milliy g`urur tuyg`ulari psixologiyasini yoritishga e’tibor qaratgan. Shu bilan birga diniy-axloqiy qadriyatlarning talqini, olis o’tmishimizda yorqin iz qoldirgan mashhur shaxslar hayoti, taqdiri ham shoirni befarq qoldirmaydi.

Download 124,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish