150
amalga oshiradi. Korxonalarga tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda keng
huquqlar berilgan bo‗lib, bu butun ijtimoiy iqtisodiy xayotni demokratiyalash
jarayonining ko‗rinishlaridan biridir. Hukumatimiz tomonidan shu narsa belgilab
qo‗yildiki, mamlakat eksport bazasini rivojlantirish,
tashqi bozorda raqobatga
muqobil bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‗paytirish, xalqaro iqtisodiy
integratsiyani rivojlantirish, shu jumladan ilg‗or mamlakatlarning texnologiya
taraqqiyoti natijalarini o‗rganish va tadbiq etish hamda sherikchilik korxonalarining
faoliyatini ta‘minlash borasida masalalarini hal etish yuzasidan tadbirlar izchil hamda
o‗z vaqtida olib borilmog‗i shart .
Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi korxonalar o‗z
maxsulotlari bilan tashqi bozorga chiqish faoliyatlari bo‗yicha
qator muammolarga
duch kеlyaptilar.
Taxlillar va o‗tkazilgan so‗rovlardan ma'lum bo‗ldiki - kichik va xususiy
korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar asosan – ichki bozorga mo‗ljallangan.
Tashqi bozorga bop, raqobatbardosh mahsulotlar turi va hajmi juda kam miqdorda
ishlab chiqiladi. Mahsulotini eksportga chiqarayotgan kichik biznеs sub'еktlari –
eksport protsеduralarini o‗tkazish murakkabligi, bojxona
talablariga javob bеrish
qiyinchiliklari, tashqi bozorlar b‗yicha ahborotlar va ma'lumotlar kamligi va turli xil
ma'muriy to‗siqlar mavjudligini ta'kidlashgan.
Shuni ta'kidlash lozimki
tashqi savdo faoliyatini tartibga solish
bo‗yicha bir
qancha yangi qonunlar va mе'yoriy xujjatlar qabul qilindi. Jahon moliya-iqtisodiy
krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy o‗sishning makroiqtisodiy
mutanosibligi va barqaror sur‘atlarini, iqtisodiyot tarmoqlarining
barqaror ishlashini
ta‘minlash, aholi bandligiga ko‗maklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi
tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq manzilli qo‗llab-quvvatlash
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi
―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‗llab-quvvatlash, ularning barqaror
ishlashini ta‘minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi
to‗g‗risida‖gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi.Shu bilan birga,
chora-tadbirlar
Dasturida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini yanada
151
rivojlantirish hamda rag‗batlantirishga katta e‘tibor qaratilgan. Buning uchun kichik
va xususiy biznesga tijorat banklarining, shu jumladan,
Imtiyozli kreditlash
jamg‗armasidan kreditlar berishni kengaytirish, zamonaviy import uskunalar va
minitexnologiyalar xarid qilish uchun kredit liniyalari ochish, shuningdek,
bir qator
qo‗shimcha soliq imtiyozlari berish nazarda tutilgan. Korxonalarni modernizatsiya
qilishda, eksport qiluvchi korxonalar va kichik biznes sub‘ektlarini qo‗llab-
quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda tijorat banklarining muhim rolini
inobatga olgan holda, Farmonda banklarning real sektor korxonalarini o‗z vaqtida
moliyaviy qo‗llab-quvvatlashdagi javobgarligini oshirishga alohida e‘tibor qaratilgan
Eksport kontraktlarni amalga oshirishning bosqichlari bu xujjatlarda aniq bеlgilab
olingan edi. Davlat organlari tarafidan qo‗llab
quvvatlanayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: