Shkilotlarida psixologik xizmat


Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar



Download 1,95 Mb.
bet32/51
Sana08.03.2022
Hajmi1,95 Mb.
#486272
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
psixologik xizmat UMK 2021-yil uchun

Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar. Amaliyotchi psixologning bolalar, pedagoglar, ota-onalar hayoti bo`yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo`lmay turib, maslahat berishga haqqi bormi? Bu muammo birinchi navbatda oilaviy hayot va oilada bolalarni tarbiyalash masalalariga tegishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixologlar anchadan beri bahslashadilar va hali umumiy qarorga kelinmagan. Ba'zilar bu savol xirurg haqidagi: «biror marta operatsiya stoliga yotmasdan, operatsiya qilishga haqqi bormi?» - degan savolga o`xshaydi, deyishadi. Ma'lumki, tibbiyotda bunday savol tug`ilmaydi. Shuning uchun, psixologlarning birinchi guruhi, mutaxassis, amaliyotchi sifatida har xil yoshdagi insonlar bilan turli muammolar bo`yicha ishlashni bilishi kerak, deb hisoblaydilar. Psixologning xususiy hayoti va shaxsiy tajribaning mavjudligi yoki yo`qligi katta ahamiyatga ega emas: muhimi bu kasbiy mahorat (professionalizm). Boshqa psixologlarning fikricha, amaliyotchi psixologning shaxsiy hayotiy tajribasi muhim ahamiyatga ega, hech qanday eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham almashtirish mumkin emas. Ularning fikricha, nizolar va ularni boshqarish usullari haqida o`n soatlik ma'ruzani eshitish mumkin, lekin agar siz yaqin kishingiz bilan bo`lgan nizoni boshdan kechirmagan bo`lsangiz, munosabatlarni buzmasdan amaliy hal qila olmagan bo`lsangiz, ish joyingizda nizolarni boshqarishga kirishmang. Bunda sizda faqat texnika va faqat kasbiy mahorat namoyon bo`ladi, sizning ichki dunyoingiz, ruhingiz, sizning boshdan kechirganlaringiz, sizning dardingiz bo`lmaydi. Shunday qilib, kasbiy ishda texnika yoki shaxsiy tajriba bilan boshdan kechirayotgan ichki dunyo, ruh - ikkisidan biri bo`lishi kerak. Nima uchun «va» so`zini emas, yoki so`zini ishlatish kerak. Bizningcha, amaliyotchi psixologning kasbiy ishi – bu kasbiy bilimlar va hayotiy tajribasidir. Birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Psixologik kasbda kasbiy bilimlar va shaxsiy tajribasiz ish olib borish qiyin. -Pianinochini kuzatsak. U soatlab texnik vosita hisoblanmish qo`l va barmoqlarni mashq qiladi. Lekin u chalayotganda «texnik barmoqlari» tagida asar «musiqaviy hayot» sifatida yashay boshlaydi, o`zining musiqiy ruhiyatiga ega bo`ladi. Siz doim texnik ijrochi bilan mumtoz ijroni ajrata olasiz. Texnika faqat asos, haqiqiy ijod yetishib chiqadigan yer, negizdir. Psixolog sizning hayotingizda hammasi joyidami? MTT psixologlari, umuman amaliy sohadagi ishlaydigan psixologlarga atrofdagilar boshqacha munosabatda bo`ladilar. Men oramizda nima bo`layotganiga tushunmayman? «Siz psixologsiz-ku, hammasini tushunishingiz va tushuntirishingiz kerak»,- deyishadi. Yuqori sinfda o`qiydigan qizi onasiga: «Oyi, siz nimadir qiling, psixologsizku», deydi. Maslahatga kelgan mijoz: «Siz psixologsiz, biz birga yashashimiz yoki yashamasligimizni, o`zingiz hal qiling», deydi. Psixologlar ko`pincha boshqalarga oilaviy nizolar bo`yicha maslahat berishadi-yu, lekin ba'zan o`zlarining oilalarida hammasi joyida bo`lmasligi ham mumkin. Bunga ko`pincha ularning oila psixologiyasi bo`yicha hamma narsani bilganliklari tufayli oilada haddan tashqari yumshoq bo`lishlari ham sabab bo`lishi mumkin. Ishda professional psixolog bo`lib, uyda bo`lsa professional rolni chetga qo`yib, xuddi ish kiyimingizni yechib, uy xalati kiyganday, o`zimizni erkin tabiiy his qilishimiz zarur.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish