Shkilotlarida psixologik xizmat


Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar



Download 1,95 Mb.
bet34/51
Sana08.03.2022
Hajmi1,95 Mb.
#486272
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Bog'liq
psixologik xizmat UMK 2021-yil uchun

Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar.
Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:

  • Psixolog o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.

  • Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan metodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kerak.

  • Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chegarasidan aslo chetga chiqmaslik ma'qul.

  • Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.

  • Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.

  • Diagnostik va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kerak.

  • Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.

  • Bog`chada, MTTda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pedagogik kengash, ilmiy kengash, ma'muriyat (rahbariyat, direktor, rektor)ga ma'lumot berish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.

  • Ma'muriyatga, pedagogik kengashga, ilmiy kengashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.

  • Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko`mak berishi darkor.

  • Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar berish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.

  • Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa tashkilotlarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pedagogik odob bilan tushuntirishi, berilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart.

  • Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va belgilashi lozim.

  • O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot berib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hech og`ishmasdan rioya qilishi kerak.

  • Bog`cha, MTT, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus talablarga javob beruvchi, jihozlangan psixologik kabinetni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.

  • Amaliy psixologlarning seminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kerak.

  • O`zbekistan Respublikasining mafko’rasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tekshirishlar o`tkazmasligi kerak. - Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi MTTlarga, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda, chet elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.

  • Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga yordam berish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo`lishi darkor. Psixologning amaliy psixologik xizmat vakili sifatidagi kasbiy shakllanishi muammosi.

  • Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur.

  • Diagnostik va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kerak.

  • Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.

  • Bog`chada, MTTda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pedagogik kengash, ilmiy kengash, ma'muriyat (rahbariyat, direktor, rektor)ga ma'lumot berish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.

  • Ma'muriyatga, pedagogik kengashga, ilmiy kengashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.

Tuzilgan ikki ro`yxatni o`z oldingizga qo`ying. MTTni qiziqtiradigan va siz hal qila oladigan muammoni toping. Bu muammo ikki talabga javob berishi lozim: uning hal qilinishi MTT uchun zarur, hamda siz psixolog sifatida muvaffaqiyatli hal qilinishiga imkon hosil qilishingiz lozim. Siz boshqa psixologlar kabi yanglishganingizda ham, sizning ijtimoiy boyligingiz MTT tomonidan tanqid qilishingizdan asrab turadi. Ushbu qoidaning qat'iyligi psixologning MTTdagi faoliyatida boshlang`ich davr ma'suliyati hisoblanadi. Dastlab ish boshlaganda siz xato qilishga yoki qurbingiz yetmaydigan katta muammoni hal qilishga kirishganligingiz uchun muvaffaqiyatga erisha olmaganligingizni sabab qilishga haqqingiz yo`q. Sizga berilgan dastlabki baho uzoq vaqt esda qoladi. Vaqt o`tishi bilan sizning o`zingizga ishonmasligingiz, xatoga yo`l qo`yishingiz yo`qoladi, tajriba to`playsiz, muvaffaqiyatga erishasiz, lekin MTTga kelganingizdagi baho, soyangizdek orqangizdan anchagacha ergashib yuradi.
MTT kutilmalarini ijtimoiy psixologik tadqiq qilish jarayonida psixolog odamlarning psixologiya haqida nimalarni o`ylashi, psixologning MTTdagi ishi haqida barcha ma'lumotni oladi. Respondentlaringizni ikki guruhga bo`ling. Birinchi guruhga psixologga ijobiy yondashadigan, uning MTTdagi rolini to`g`ri tushunadigan o`qituvchilar, otaonalarni kiriting. Bu guruh psixologik bilimlar olishga, psixologik mashg`ulotlarda ishtirok etishga ichdan tayyorlar. Ikkinchi guruhga psixologiyaga tanqidiy yondashadigan o`qituvchilar, o`quvchilar va ota-onalar kiradi. Bu guruhga psixologiyaga befarq qaraydigan yoki Qoida: MTTda ishni ob'ektiv qiyin hal qilishga yillar kerak bo'ladigan, bir psixologning kuchi yetmaydigan, balki mutaxassislar guruhi hal qiladigan muammolardan boshlamang. O'zingiz hal qilishingizga ishonmaydigan muammolardan boshlamang. MTT uchun zarur bo'ladigan, o'z mahoratingizni, o'zingizga ishonchni hamda muvaffaqiyatlaringizni namoyon qila oladigan muammolardan boshlang. Bu hislatlar sizning ijtimoiy boyligingiz bo'lib qoladi va u doim sizni himoya qiladi. psixologiyani boshqa kasblar (vrach, narkolog, ruhoniy, va boshqa kasb) bilan almashtiradigan respondentlar kiradi. Bu qoidaning muhimligi quyidagicha tushuntiriladi: Birinchidan, MTTda dastlab ish boshlashingizda, psixolog sifatida o`z kuchingizga to`liq ishonmaganingizda boshqa odamlarning qarshiligini yengish bilan bog`liq ortiqcha stressli hissiyot bilan to`ldirishning hojati yo`q. Ikkinchidan, psixologni ijobiy qabul qiladigan birinchi guruh sizni psixologik jihatdan qo`llab-quvatlaydilar. Siz o`zingizning foydangizni his qilasiz, o`z kuchingizga ishonch hosil qilasiz. Uchinchidan, ishingiz haqidagi birinchi guruh ishtirokchilari tarqatadigan ijobiy taqrizlar psixologning ijobiy imidjini shakllantiradi, bu esa albatta ikkinchi guruhdagi insonlarning fikriga ta'sir qiladi, ularning psixologiyaga qarashlarini salbiydan ijobiyga o`zgarishiga olib keladi.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish