Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi.
Hozirgi vaqtda ta’lim tashkilotlarida ikki yo`l bilan amaliy psixologiyaga kelgan psixologlar ishlashadi.
Birinchilari–universitetlarning psixologiya fakul'tetini bitirgan
Ikkinchilari–Ta’lim tashkilotida ma'lum vaqt pedagog bo`lib ishlab, keyin amaliyotchi psixologlar fakultetini bitirib, so`ng o`z ta’lim tashkilotiga psixolog sifatida qaytib kelganlar. Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq, degan savol tug`iladi. Asosiy ma'lumotli psixologlar yaxshi kasbiy bilimga egalar, psixologik metodlarni yaxshi biladilar. Lekin ular MTT hayotidagi ishning barcha xususiyatlaridan xabardor emaslar. Ikkinchi mutaxassislikni egallagan o`qituvchi psixologlar, aksincha, MTT va pedagogik amaliyot bilan yaxshi tanishlar, lekin psixologik bilimlar va psixologik ish ko`nikmalari yetishmasligini his qiladilar. Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi. Psixolog bitiruvchilar dastlab MTTga borganda, o`zlarini himoyasiz sezadilar, birinchi navbatda nima qilish kerakligini, o`zini qanday tutishni, kim bilan qanday gaplashishni bilmaydilar. Ular MTTda muammolarga ko`milib ketadilar, hammasini birdan bajarib, MTTga foydali ekanligini ko`rsatishga urinadilar, MTTda har kuni, dam olish kunlari, hatto kechalari ham qolib ketadilar. Natijada zo`riqish, charchash, ish qobiliyatining pasayishi ko`zga tashlanadi. Shu o`rinda psixologlar psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilgan psixologlarning huquqlari va javobgarligi bilan tanishishlari maqsadga muvofiq.
Nizomda keltirilishicha, psixolog quyidagi huquqlarga ega:
bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdek, MTTgacha ta'lim, umumta'lim tashkiloti, mehribonlik uyi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yo`nalishlarini mustaqil shakllantirish;
psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlarning ketma-ketligini, MTTgacha ta'lim, umumta'lim tashkiloti, mehribonlik uyi pedagogik jarayonining o`ziga xos tomonlari, muayyan shart-sharoitlari va kontingentini hisobga olgan holda o`z faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini belgilash;
tashkilot rahbariyatiga o`zi uchun xona, mebel jihozlari, kompyuter va boshqa texnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to`g`risidagi talablar bilan murojaat qilish; MTTgacha ta'lim, umumta'lim tashkiloti, mehribonlik uyi hujjatlari bilan tanishish;
psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar, psixoprofilaktika va korreksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan o`tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
ma'muriyat bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg`ulotlar, shuningdek, boshqa tadbirlarda o`quvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning o`qishga, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan muomala munosabatini o`rganish maqsadida ishtirok etish;
psixologik tadqiqot va tajribalar o`tkazish, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e'lon qilish; tashkilot ma'muriyati ko`rsatmalari psixologning mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlari, funksiyalari va faoliyat yo`nalishlariga zid bo`lsa, ularni bajarmaslik;
bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiyalar ishida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirmagan holatlarda yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;
joylardagi davlat hokimiyati idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish masalalari bo`yicha iltimosnomalar bilan murojaat qilish;
barcha darajadagi tashxis markazlariga MTTgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi kasbiy o`zligini belgilashi hamda kasb - hunarga yo`naltirish masalalalari bo`yicha murojaat etish;
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida xalq ta'limi tizimi tashkilotlari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag`batlantirish va imtiyozlardan foydalanish.
Shuningdek, psixologik xizmat haqidagi Nizomda keltirilishicha, psixologlar mehnatini rag`batlantirish quyidagi holatlarni o`z ichiga oladi:
Psixologlar mehnatini moddiy va ma'naviy rag`batlantirish amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ko`p yillik mehnatlari natijalari bo`yicha yuqori natijalarga erishgan psixologlar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Hukumatining mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Psixologlar shartnoma asosida haq to`lanadigan ta'lim va psixologik xizmatlar ko`rsatishda, shuningdek, xalq ta'limi tashkilotlarining manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tuzadigan tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni bajarishda qatnashadilar.
Psixologlarga malaka toifalari attestatsiya natijalariga ko`ra belgilanadi hamda ularning mehnatiga haq to`lash differensial tarzda malaka toifasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |