8-MAVZU: PSIXOLOGIK XIZMAT XODIMINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI .
REJA:
1.Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari
2.Amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati.
Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari.
Psixologik xizmat haqida Nizom amaliyotchi psixolog o`z faoliyatida amal qiladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Psixologik xizmat haqida Nizom Sobiq Ittifoqda 1989 yilda qabul qilingan. Ushbu Nizomga ko`ra psixologlar haftasiga 41 soat ishlashar edi. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng barcha sohalarda bo`lgani kabi psixologik xizmat sohasida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Ulardan biri 1994 yilda tuzilgan "O`zbekiston Respublikasi xalq ta'limida psixologik xizmat, xalq ta'limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom"ning Xalq ta'limi vaziri J.G`.Yo`ldoshev tomonidan tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprel) bo`ldi. 2001 yilda bu Nizomga o`zgartirish kiritildi. Nizomga yettinchi bo`lim, kasb hunarga yo`naltirish bo`limi 34 ham qo`shildi. MTTlarga maxsus kasb-hunarga yo`naltirish darslari kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o`ta boshlashdi. 2002 yilda Nizomga qayta o`zgartirish kiritildi. Bu o`zgarishning salbiy va ijobiy tomoni bo`ldi. Ijobiy tomoni shundaki, psixolog xonasini jihozlash MTT, litsey, kollej ma'muriyati zimmasiga yuklatildi. Salbiy tomoni esa, o`quvchilar kontingentining ortishida namoyon bo`ldi. MTTda o`quvchilar soni 1000 nafar va undan ortiq bo`lsa, bir shtat birligi psixolog ajratiladigan bo`ldi. Kollejlarda 750 va undan ortiq o`quvchilarga 1 shtat birligi psixolog ajratilishi belgilandi.2010 yilda Nizomga qayta o`zgartirish kiritildi. Psixologik xizmat haqida Nizom(1996 y) 6 bo`limdan iborat.
Ular: Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o`z ichiga olgan.
1. Psixologik xizmat xalq ta'limi va oliy o`rta maxsus ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi
shaxsning “pedagog, o`quvchi, talaba, ota-ona” manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.
3. Psixologik xizmat mutaxassislari o`z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog`atga 35 yetmagan o`smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo`mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. Amaliyotchi psixologlar o`qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta'tili muddati barcha o`qituvchilar bilan barobardir. 1996 yildagi Nizomga ko`ra o`quvchilar soni 500gacha bo`lgan MTTlarda 1 ta psixolog lavozimi belgilanadi. O`quvchilari 500 kishidan ortiq kontingentdagi MTTlarda har 500 o`quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. MTTgacha tarbiya tashkilotlaridagi har bir bolalar tashkilotida 1shtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250 o`quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. O`quvchilar soni 250 kishidan yuqori kontingentli hollarda har 250ta o`quvchi uchun qo`shimcha psixolog shtati belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |