Psixologik korrektsiyaning asosiy yo‘nalishlar mazmuni.
Yo’nalishlarning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
*Tarbiyalanganlik darajasini korrektsiya va diagnostika qilish - bu yo’nalish o’quvchilarning tarbiyalanganligini, ularning xulq-atvorini, odob axloqini, tarbiyalanuvchanligini (tarbiyaviy ta’sirlarga berilishi)ni o’rganishdan iboratdir. Tashkiliy-metodik korrektsiya va diagnostika- pedagoglarning kvalifikatsiyasini, o’quv jarayonining uslubiy ta’minlanganlik darajasini baxolashdir.
*Psixologik korrektsiya va diagnostika - pedagogik jarayonini takomillashtirish uchun xizmat kilishdir (o’quv jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashkari). O’quvchilarning og’zaki va yozma javoblarini, javoblardagi tipik xatolarni, ularning sabablarini, o’quv faoliyatidagi salbiy uzgarishlarni, o’quvchilarda o’quv, mexnat malaka va kunikmalarining rivojlanganlik darajasini, ta’lim olishga nisbatan moyilliklari korrektsiya va diagnostika qilinadi.
*Ijtimoiy-korrektsion psixologiya – o’quvchilarning pedagogik qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og’ir bolalarni korrektsiya va diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni xisobga oluvchi yo’nalishdir. Korrektsiya va diagnostika pedagoglar tomonidan MTTdan, o’quv yurtidan tashqarida olib boriladi. Shu sababli korrektsiya va diagnostika jarayonida oila sotsiologiyasi va iqtisodiy, xuquq sotsiologiyasi, dam olish sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya kabi soxalarda qo’llaniladigan metodikalar va ko’rsatkichlardan foydalanishni takozo qiladi.
*Ijtimoiy korrektsion psixologiya va psixodiagnostika - sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, o’quvchilar, pedagoglar, ota-onalar guruxlarini, o’quvchilarga ommaviy kommunikatsiya vositalarining (radio, televidenie, gazetalar va xokazo) ta’sirini, o’quvchilarning burch va xuquqlari, ular orasidagi munosabatlarni o’rganishga yo’naltirilgandir.
*Pedagogik korrektsiya va diagnostika - korrektsion psixologiyaning eng yaxshi rivojlangan va muxim yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlash, o’z-o’zini baxolashi, psixologik “ximoya usullari”ni, o’quvchi o’zining psixik xolatlarini, ularning xarakterining asosiy sifatlarini va boshqa individual-psixologik xususiyatlarini o’rganishga qaratilgandir.
Korrektsion psixologiyaning asosiy tamoyillari. Albatta, har qanday fan soxasi o’ziga xos ob’ektga va predmetga va ularga mos keladigan tadqiqot yoki amaliy o’rganish metodlariga, o’z tamoyillariga egadir. Psixologik korrektsiyada qo’llaniladigan metodlar va tamoyillar xozirgi zamon psixologiya fani va pedagogika fanida orttirilgan ilmiy, amaliy tajribalar, shakllangan tamoyillar asosida shakllanmoqda. Shu bilan birga o’z xususiyatlariga ega xamdir. Buning sababi korrektsion psixologiyada qo’llaniladigan metodlar va tamoyillar fanda biror yangilik ochishdan ko’ra ko’proq mavjud bilimlar, metodlar, tamoyillarning amalda samarali qo’llanilishiga xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqan xolda, korrektsion psixologiyaning quyidagi tamoyillarini ko’rsatib o’tish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |