Shkilotlarida psixologik xizmat


Psixologik xizmatning tamoyillari



Download 1,95 Mb.
bet25/51
Sana08.03.2022
Hajmi1,95 Mb.
#486272
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Bog'liq
psixologik xizmat UMK 2021-yil uchun

Psixologik xizmatning tamoyillari.
Albatta, xar qanday fan soxasi uziga xos ob’ektga va predmetga va ularga mos keladigan tadqiqot yoki amaliy o’rganish metodlariga, o’z tamoyillariga egadir. Psixologik korrektsiyada qo’llaniladigan metodlar va tamoyillar xozirgi zamon psixologiya fani va pedagogika fanida orttirilgan ilmiy, amaliy tajribalar, shakllangan tamoyillar asosida shakllanmoqda. Shu bilan birga uz xususiyatlariga ega xamdir. Buning sababi Korrektsion psixologiyada qo’llaniladigan metodlar va tamoyillar fanda biror yangilik ochishdan ko’ra ko’proq mavjud bilimlar, metodlar, tamoyillarning amalda samarali qo’llanilishiga xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chikkan xolda, Korrektsion psixologiyaning quyidagi tamoyillarini ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Korrektsiya va diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asoslanganligi. Korrektsiya va diagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli taxlil qilish, ularni modellashtirish, qo’llaniladigan metodikalar, ko’rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi, olingan natijalar va ularning interpretatsiyasining ishonchliligi, aniqligini, vaxlitligini puxta ishlab chiqilgan metodologik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tamoyili qo’llanilayotgan metodikalarning etnik, ijtimoiy muxitga, shu jumladan Korrektsiya va diagnostika o’tkazilayotgan o’quv yurti va o’quv guruxiga mosligini talab qiladi. Bu tamoyilga amal qilish psixologlarni turli xil yengil, “ko’ziga yaxshi ko’ringan” yoki “qo’liga tushib qolgan” metodikalarni bilib-bilmay qo’llashdan saqlaydi.
2. Korrektsiya va diagnostikaning izchilliligi va aniq yo’nalganligi. Korrektsion psixologiya boshqa psixodiagnostikdan farqli ravishda aniq yo’nalishga, aniq ob’ektga va maqsadga qaratilgan. Shu sababli korrektsiya va diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt muloxazalardan emas, balki aniq shaxsga (masalan, bolaga), aniq guruxga tegishli bo’lishi, korrektsiya va diagnostika natijasida aniq xulosa chiqarib, kamchiliklarni bartaraf qilish, yordam berishning aniq yo’llarini ko’rsatib berishi lozim.
3. Korrektsiya va diagnostika shakl va metodlarining optimalliligi. Qo’llanilayotgan metodikalar, bolaga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki pedagogdiagnostga kam kuch va vaqt sarflab, bola haqida muxim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig’ishga imkon berishi. Korrektsiya va diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligini ta’minlash uchun pedagogikada va psixologiyada ko’p yillar davomida qo’llanilib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga samarali metodlarini tanlash va qo’llash zarur.
4. O’rganish ob’ekti haqidagi faktlarni yig’ish, bayon qilish va to’g’ri yo’lga solishning birligi. O’rganilayotgan ob’ekt haqida ma’lumotlar yig’ish, ularni pedagoglarga ko’rsatish, korrektsiya va diagnostika jarayonida o’rganilayotgan bolaga yoki ta’lim-tarbiya jarayonini takommillashtirishda, kamchiliklari bartaraf qilishda, ta’lim tashkilotlari raxbarlariga, pedagoglarga ma’lum psixologik, pedagogik yordamlar berish, to’g’ri yo’lga solish, qo’llab-quvvatlash funktsiyalarning birgalikda olib borilishi.
5. Korrektsiya va diagnostikaning ketma-ketliligi va uzluksizligi - Korrektsiya va diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borib, o’quv jarayoniga, tarbiyalnuvchining o’zlashtirishiga xalaqit berayotgan sabablarni ochish, olingan natijalardan keyingi bosqichlarda, o’quv-tarbiya jarayonida uzluksiz foydalanishda yuzaga chiqadi.
6.Korrektsiya va diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommobopligi. Korrektsiya va diagnostika metodlarining oddiyligi, pedagoglar, amaliy psixologlar, ta’lim tashkilotlari raxbarlari, tekshiriluvchi uchun qulayligi, ularda Korrektsiya va diagnostikaga nisbatan qiziqish, intilish uyg’otishga xizmat qilishini ta’minlovchi tamoyil.
7. Korrektsiya va diagnostikaning xar tomonligiga (kompleksliligi). Bu tamoyil o’quvchi shaxsini, uning individual-psixologik xususiyatlarini, ruxiy jarayonlarning rivojlanganlik darajasini, o’quv faoliyatining boshka xususiyatlarini urganish uchun tanlangan metodlar va metodikalar o’quvchini bir butun xolda, xar tomonlama urganish, ta’riflash, yondoshish imkonini berishda yuzaga chikadi. Diagnostik metodikalar bir-biri bilan boglik bulishi, bir-birini tuldirish bu tamoyilning asosiy talablaridan biridir.
8. Korrektsiya va diagnostikaning bola rivojlanishining kelajagini, oqibatlarini oldindan ko’ra olish (prognoz qilish) imkoniyati bera olishi. Har qanday psixologik- korrektsion psixologiya bolaning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o’quv jarayonining tashkil qilinganlik darajasini ko’rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonda o’rganilayotgan ob’ektning “kelajagi”, ertangi kuni ham, taraqqiyot tendentsiyalari, xam ma’lum omillar ta’sirining okibatlari ochib berilishi kerak. Shu xoldagina, prognoz moxiyatidan kelib chiqqan xolda ta’lim-tarbiya jarayonida yo’l qo’yilayotgan xatolar, bola taraqqiyotidagi ko’zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to’g’ri yo’lga solish imkoniga ega bo’lamiz. Shu sababli korrektsion psixologiya metodlarining prognostik bo’lishi eng muxim talablardan biridir. Psixologiya tadqiqot metodlari psixik xodisalarni o’rganishga ob’ektiv qarashni ta’minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari nima uchun va qanday yuzaga keladi, qanday rivojlanadi va qanday o’zgarib boradi degan savollarga xam javob bermog’i kerak. Psixologiya metodlari amaliyot bilan bog’lanmog’i , ya’ni amaliy jixatdan juda muxim masalalarni xal etish uchun yaroqli bo’lmog’i zarur. Masalan: korrektsiyada bolaning psixik taraqqiyoti o’rganilar ekan, uning psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini va asosiy xissiyotlarini aniqlash va tuzatish bolaning xuddi shu tarzda psixik taraqqiy etish sabablarini bilib olish xamda sinchiklab o’rganish asosida MTT va oilada bola tarbiyasi va ta’limi protsesslarini tobora takomillashtirish uchun muayyan bir usullarni belgilash kerak. Umuman psixologiyaning asosiy metodlari - kuzatish va eksperiment metodlaridir. Xususiy metodlar suxbat metodi, anketa, faoliyat maxsuli va protsessini taxlil kilish, test va ularni kullash metodologiyasi va boshka metodlar xam kiradi.
Psixologiya fani nimadan baxs yuritadi - degan savol mavjuddir, biroq xozirgi zamonda korrektsion psixologiya fani nimani o’rgatadi, qanaqa predmet degan savol tug’ilmoqda. Ma’lumki psixologiya fani shaxsni o’rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jixatlarini filasofiya, pedagogika, logika, sotsiologiya, xatto kibernetika tadkik kilmokda. Psixologik korreksiya esa inson shaxsi va individualligini targ’ib toptirish jarayoniga faol ta’sir ko’rsatishni taqozo qiladi. Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishida aloxida axamiyat kasb etadigan narsa bu -bolalar, o’quvchilar, talabalarning buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni urganadi. Psixolog bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotidagi xulki va muomalasidagi nuqson va kamchiliklarni asta sekin tuzatish korrektsiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi va ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korrektsion ishlarda guruxning qadriyatlarga yo’nalganligi etnopsixologik va etnomadaniyati xususiyatlari, elat tarixi , millat odati usuli, rasm-rusmlari va boshqa etnos o’z aksini topishi lozim. Yuqoridagi muloxazalardan ko’rinib turibdiki ta’lim o’z mazmuni va maqsadi bilan turmush, vokelik, fan va madaniyatning aktual extiyojlari bilan uzviy bog’liq bo’lsa u tanlagan kasbini o’zlashtiradi va insonning ijtimoiy xayotida o’z o’rnini topishi katta axamiyatga egadir. Korrektsiyada xar bir shaxsning xar tomonlama va garmonik kamolga yetkazish fanning zarur talabi bo’lib, xar bir mashug’lotlarda amalga oshirildi. His-hayajon bilan o’tilgan mashg’ulot va treninglar tinglovchilar qalbida iz qoldiradi, fikr yuritish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, fantaziyani uyg’otadi , tafakkuri, qobiliyati, diqqati rivojlanadi. Korrektsion ishlar ma’lum tartibda ilmiy tanlov asosida maxsus mashg’ulotlar va treninglar bo’yicha o’tkaziladi. Bu bilan birga emotsional zo’riqishga uchragan shaxsning millati, yoshi , jinsi, individuall tipologik xususiyati, ta’sirlanish darajasi xisobga olinadi va tuzatish ishlari kasb xususiyatiga mos mutanosib bo’lishi ta’sir utkazish samaradorligini oshiradi.Shuni xam ta’kidlab utish joizki,korrektsiyada psixolog bolalar, o’quvchilar va talabalarning yosh xususiyatlarini xamda jadal rivojlanishini xisobga oluvchi, ularning psixikasining barcha jabxalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ijtimoiy o’sish talabiga javob beruvchi umuminsoniy va etnopsixologik qonuniyatlar muxitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb xisoblaydi. Shu bilan birga Korrektsion psixologiyada bolalarni MTTgacha tayyorgarligini aniklash va boshlangich sinf o’quvchilari muammolari va xokazolarni urganadi. Korrektsion psixologiyaning asosiy yo’nalishlari pedagogik amaliyotning talab darajasidan kelib chikkan xolda shakllanmoqda. Shu sababli xam uning yo’nalishlarini, bu yo’nalishlarning moxiyatini psixologik korrektsiyada pedagogik amaliyotning soxalarida qo’llanilishini kursatmasdan turib tulik ochib berib bo’lmaydi. Biz quyida Korrektsion psixologiya qo’llanilishi juda katta amaliy axamiyatga ega bo’lgan soxalardan biri nechtasini shartli ravishda (xayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas qismlaridir) ajratib oldik. Ular quyidagilar:
1. Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi.
2. Boshqarish va amaliyot.
3. Psixologik metodikalar.
4. Ijtimoiy psixologiya.
5. Pedagogik psixologiya.
6. Pedagogik sotsiologiya.
Bu soxalarning asosiy vazifalari, pedagogik va psixologik adabiyotlarda, o’quv qo’llanmalarida juda keng yoritilganligini xisobga olib ularga batafsil to’xtalib utmaymiz. Yuqorida keltirilgan xar bir soxada psixolog yoki shu soxalarga kizikuvchi mutaxassislar ma’lum diagnostik ishlarni amalga oshiradilar. Mana shu ishlar majmuasi Korrektsion psixologiyaning yo’nalishlarini tashkil qiladi. Xar bir soxada uziga xos diagnostik ishlar olib boriladi va bu ishlarning mazmuni Korrektsion psixologiyaning yo’nalishlarini tashkil qiladi. Bu yo’nalishlarga kuyidagilar kiradi (Mixaylichev Ye.A.,1997)
1. Tarbiyalanganlik darajasini korrektsiya va diagnostika qilish.
2. Tashkiliy-metodik korrektsiya va diagnostika.
3. Psixologik Korrektsiya va diagnostika.
4. Ijtimoiy-Korrektsion psixologiya.
5. Ijtimoiy Korrektsion psixologiya va psixodiagnostika
6. Pedagogik Korrektsion psixologiya va diagnostika.


  1. Download 1,95 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish