9. Elektr tokidan shikastlanish
Ishlab chiqarishda, avariyalarda yoki tabiiy ofat sodir bo‘lganda ko‘pincha odamlarni tok urib
shikastlanishi mumkin. Bunday hol shikastlangan kishilar va qutqaruv ishlarini olib borayotganlar Bilan
ham yuz berishi mumkin.
Elektr tokidan shikastlangan kishi organizmida tananing ayrim joylarida umumiy yoki maxalliy
o‘zgarishlar yuz beradi: teri kuyishi, yumshoq to‘qimalarning kuyishi, asab tizimini ishan chiqishi, nafas
olishning to‘xtab qolishi vash u kabilar.
Elektr toki urgan kishini zudlik bilan tok ta’siridan qutqariladi. Buning chun tok manbaadan
o‘chiriladi, yoki shikastlangan kishini tok o‘tayotgan simdan ajiratib olinadi.
Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan elektr toki ta’siridan qutqarishda quruq taxta, arqon, yog‘och
kaltak, rezina, dielektrik qo‘lqop, yoki tok o‘tkazmaydigan boshqa materiallardan foydalanish mumkin.
Agar kuchlanish 1000 V dan ortiq bo‘lsa maxsus shtanga va ombirdan foydalanish zarur.
Qutqarayotgan kishi ham albatta dielektrik qo‘lqop va rezina poyafzal kiyib olish kerak.
Tok ta’siridan qutqarilgan kishi xushida bo‘lsa tekis joyga yotqizilib toza havo bilan ta’minlash
kerak. Agar tok urgan kishi bexush bo‘lsa zudlik bilan sun’iy nafas oldiriladi va yuragi massaj qilinadi.
Su’niy nafas oldirilayotganda shikastlangan kishini zax yerga, beton polga yotqizib bo‘lmaydi. Birinchi
yordam ko‘rsatayotgan kishi tez va puxta harakat qilishi kerak.
10. Sinishlar, lat yeyish, chiqish va bo‘g‘inlarning cho‘zilishi.
Inson organizmida suyaklarning sinishi yoki chiqishini shu joyning ishib ketishi,
odatiy bo‘lmagan qiyshayish va og‘riq tufayli aniqlash mumkin. Bunday paytda birinchi
vazifa shikastlangan bo‘g‘inlarni qo‘zg‘almaydigan tinch holatini saqlash kerak. Lat yegan
joyni yaxlatish zarurdir.
2-rasm. Umurtqa jaroxatlanganda shinalarni qo’yish va bog’lash usullari
Bu tadbir og‘riqni qoldirish bilan birgalikda zarar yetmagan joylarga ham putur
yetkazmaslikni ta’minlaydi vash u o‘rinda bemorni kasalxonaga olib borishda yordam
beradi. Bunday holatni saqlash singan yoki chiqqan joyga faner, karton shinalar qo‘yish
yordamida ta’minlash mumkin. Shinalarni qo‘yish va uni bog‘lash vaqtida imkon qadar lat
yegan joyni avvalgi holatini o‘zgartirmaslikka harakat qilish kerak.
Qovurg‘alar singan holatda yo‘talish, nafas olish va harakat natijasida qattiq
og‘riqlar seziladi. Og‘riqlarni oldini olish uchun bemorning ko‘krak qismini bint yoki sosiq
yordamida nafas chiqargan paytda bog‘lab qo‘yish kerak. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki,
jarohatlangan joyga yod surtish yoki issiq kompress qo‘yish qat’ian mann etiladi. Chunki bu
holat og‘riqni yanada kuchayishiga olib keladi. Qo‘l suyaklari singan hollarda boshqa hollar
kabi shinadan foydalaniladi. Agar shina bo‘lmay qolsa qo‘l bo‘yinga osib qo‘yiladi va bint
yoki mato bilan gavdaga mahkam bog‘lab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |