Shaydullaev shapulat bazarovich


DISSERTATSIYANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI



Download 0,54 Mb.
bet3/43
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#284350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
ozbekiston hududida davlatchili (Lotincha)

DISSERTATSIYANING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganishni eng dolzarb masala sifatida e’tirof etib, bu masalani davlat siѐsati darajasiga ko‘tardi: «O‘zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo‘ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi? Mutaxassislar, balki, tushuntirib berarlar, balki aniq javoblari bordir? Targ‘ibot, tashviqot ishlarini olib boraѐtgan olimlar, balki, allaqachon bir fikrga kelishgandir? Lekin hozircha na matbuotdan, na darsliklardan men mana shu savollarga javob topolmadim»1. Prezidentimiz tomonidan qo‘yilaѐtgan bu masala biz tarixchilar oldiga katta vazifa va mas’uliyat yuklaydi. Darhaqiqat, mustaqilligimizgacha tarixchilar o‘zbek davlatchiligi tarixini, ayniqsa uning paydo bo‘lish va shakllanish davrlarini o‘rganishga etarlicha e’tibor berishmagan.
“O‘zbek davlatchiligi tarixi” mavzusining ijodkori Prezident I.A. Karimovdir. Mustaqillikkacha bu ibora tarixchilar tomonidan qo‘llanilgan emas. Bu bilan tarixchilar O‘zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi mavzusi bilan shug‘ullanmagan,- deyishdan yiroqmiz. “O‘rta Osiѐda ilk sinfiy munosabatlarning shakllanishi”, “Ahamoniylar imperiyasiga qadar O‘rta Osiѐda kechgan davlatchilik munosabatlari” kabi mavzular tarixchilar tomonidan qizg‘in muhokama etilgan bo‘lsa-da, davlatchilik mahalliy xalqlarning milliy davlatchiligi tarixi sifatida talqin qilinmadi.
Prezident I.A. Karimov Termiz davlat universiteti Tarix fakulьteti yangi o‘quv binosining ochilishi marosimida Baqtriya arxeologiyasiga juda katta e’tibor qaratdi. Qadimgi Baqtriyaning O‘rta Osiѐ xalqlari madaniy haѐti va etnik shakllanishidagi o‘rni haqida gapirdi. Qadimgi Baqtriyaning davlatchiligimiz tarixidagi o‘rnini yanada ѐrqinroq, boy arxeologik manbalar asosida o‘rganishga ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar haqidagi asosiy manbalar – “Avesta” kitobi, ahamoniylarning mixxat ѐzuvlari, yunon-rim tarixchilarining ma’lumotlari hisoblanadi. So‘nggi yillarda Baqtriya, Xorazm va So‘g‘d hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu ma’lumotlarni tasdiqlash bilan birga yangi ma’lumotlar bilan boyitmoqda.
Sopolli, Kuchuktepa, Qadimgi Baqtriya, qadimgi So‘g‘d madaniyatlarining ochilishi O‘zbekiston hududida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar bermoqda2.


  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q / Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. – T.: - 1999.

– B. 138.




  1. Askarov A.A. Drevnezemledelьcheskaya kulьtura epoxi bronzы YUga Uzbekistana. – T.: Fan, 1977; Askarov A.A., Alьbaum L.I. Poselenie Kuchuktepa. – T.: Fan, 1979; Askarov A.A, SHirinov T.SH. Rannyaya gorodskaya kulьtura epoxi bronzы yuga Sredney Azii. – Samarkand: - 1993; Suleymanov R.X. Drevnosti Naxshaba. - T.:

Fan, 2000.

www.arxeologiya.uz 3




O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)

Jahon tarixshunosligida ilk davlatlarning shakllanishi borasida ko‘plab nazariyalar mavjud:




  • davlatlar mulkiy tabaqalanish mahsuli bo‘lib, uning kurtaklari qadimgi jamoalar davrida paydo bo‘lgan (Qadimgi SHarq);




  • rivojlangan jamoalarda sinfiy differensiya va davlatchilik bo‘lgan ѐki harbiylashgan jamoalar bosqinidan o‘zlarini himoya qilish yo‘lida himoya vositalari va davlat boshqaruv tizimini rivojlantirib borgan, aks holda varvarlar hujumining qurboniga aylangan. Bu holatda rivojlangan jamoa uchun davlatchilik ikkilamchi, urug‘ jamoa tuzumi darajasida bo‘lgan xalqlar uchun davlatchilik birlamchi hisoblanadi (V-VI asrlarda Rim imperiyasining Varvarlar tomonidan bosib olinishi);




  • sinfiy differensiyasiz jamiyatda davlatlarning paydo bo‘lishi (SHan-Inь, Maya, Inklar, Atsteklar - Kolumbgacha bo‘lgan Amerika xalqlari). Bu xalqlarda erga egalik qilish, jamoa mulki ѐki sinfiy stratifikatsiya sezilmaydi. Avval primitiv davlatlarning shakllanishi va keyin esa sinflarning shakllanishi yuz bergan;




  • to‘rtinchi holatda sinfiy differensiya va davlatchilik bir vaqtda shakllanadi. Albatta, bu jamoada davlatchilik qo‘shni xalqlarning - davlatlarning ta’sirida (Attika) paydo bo‘ladi1.

Ushbu xulosalardan ko‘rinadiki, davlatchilikning shakllanishini bir qolipga solib bo‘lmaydi. O‘rta Osiѐda ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi qaysi yo‘ldan borgan? Fanda yaratilgan nazariyalarga mos keladimi? YOki o‘zining ilk davlatchilik shakli mavjudmi? So‘nggi yillarda Qadimgi Baqtriyada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida shu savolga javob topishga harakat qilindi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish