O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi”
ta’lim yo‘nalishi IV bosqich 218-guruh talabasi
SULTONOVA NILUFARNING
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan
" SHAXSNING OILA MUHITIDA VA JAMIYATDA SHAKLLANISHI "
mavzusida yozgan
KURS ISHI
Termiz 2022
MUNDARIJA:
KIRISH.........................................................................................................................3
I. BOB.TARBIYA TEXNALOGIYASI ASOSLARI VA MAZMUN MOHIYATI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR...........................................................................5
1.1. Shaxs shakllanishida oilaning ma’naviy asoslari mazmuni ....................................5
1.2. Shaxsni shakllantirishda oila va maktab hamkorlik ishlarining o’ziga xos xususiyatlari.................................................................................................................1
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 31
Asosiy adabiyotlar. 31
Elektron resurslar 31
II.BOB.TARBIYA TEXNALOGIYASI TIZIMI VA JARAYONINI TEXNALOGIYALASHTIRISH...............................................................................18
2.1. Oila va maktab shaxsni shakllantirishning muhim omili.......................................18
2.2. Ijtimoiy muxitning shaxsni rivojlanishiga ta’siri................................................21
XULOSA.....................................................................................................................29
ADABIYOTLAR RO'YXATI...................................................................................30
KIRISH
O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy milliy madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslanib, zamonaviy shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalarning oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli vazifalardan sanaladi.
Milliy mafkuramiz va qadriyatlarimiz xalqimizning maqsad muddaolarini ifodalaydi. Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma’naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo‘mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi milliy istiqlol g‘oyasini barcha yoshlarimiz ma’naviy boyligiga aylanishiga, ularning dunyoqarashiga singdirishda ko‘maklashish, mazmun-mohiyatini har tomonlama tushuntirishdan iborat.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa`y-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma`naviy bar kamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma`lum dasturilamal bo`ldi.
Jumladan 2020-yil 25-dekabrda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston yoshlar forumi- 2020” da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig so‘zlagan nutqidagi yoshlar e’tiborini alohida ta’kidlashimiz joizdir.
“Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz”1 - deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev yoshlarga katta ishonch bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |