Shaxsni kamol toptirishda tarbiya


O’smirning aqliy kamoloti



Download 93,07 Kb.
bet18/18
Sana20.07.2022
Hajmi93,07 Kb.
#828605
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi fanidan savolarga javoblar

O’smirning aqliy kamolotiO’smirlarning jismoniy o’sishi va jinsiy yetilishi ularning psixikasida keskin o’zgarishlarni vujudga keltiradi. O’quv fanlarining ko’payishi, axborotlar tarmog’ining kengayishi ularning fikr yuritishini jadallashtiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga ko’tarilgan intellekt o’smirlik davrida yanada takomillashadi. Ta’lim ja­rayonida ularda materiallarni tahlil va sintez qilish, muammoning mohiyatiga tushunish jadal sur’atlar bilan o’sadi. Tafakkurning rivojlanishi intellektni qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.Ma’lumki arifmetikadan algebraga o’tish umumlashtirishnint yuqori bosqichiga ko’tarilganini bildiradi. Binobarin, mazkur holatda mavhumlashgan sonlar qaytadan mavhumlashtiriladi, oldin umumlashtirilgan narsa va hodisalar qaytadan umumlashtiriladi va natijada “mavhumni mavhumlashtirish”, “umumlashmani umumlashtirish” degan ilmiy tushunchalar vujudga keladi. O’smir o’quvchilar o’rganayotgan fan asoslari, avvalo ularning mavhum tafakkurini o’stirishga qaratiladi. Uning aqliy faoliyati xususiyatlaridan biri – mavhum tafakkurning rivojlanishidir.Maktab ta’limi va mustaqil bilim olish faoliya­ti ta’siri ostida, o’smirda analitik-sintetik faoliyat jadal sur’at bilan rivojlana boshlaydi. Shuning uchun unda sabab va natijani izohlash uquvi mustahkamlanib boradi. O’quvchi materiallarning muhim belgilarini ajratishga, keng ma’noli umumlashtirishni amalga oshirishga harakat qiladi. Ta’lim jarayonida anchagina mavhum tushunchalar, masalan, matematikada – nuqta, chiziq, tenglik..., fizikada – kuch, solishtirma og’irlik, tezlik, amper, volt..., geografiyada – ekvator, qutb, kenglik, uzunlik, zona, plato..., tarixda – qul, davr, shaxsiy mulk, boylik, ekspluatasiya va hokazolar vujudga keladi.O’smirlik davrida o’quvchilarda analitik-sintetik faoliyat yetarlicha rivojlanmagani, fikr yuritish usullari to’liq emasligi uchrab turadi. Shuning uchun geometrik masalani yechish usulini yoki isbotlash yo’lini ko’rsatib berilmasa, qiyinchiliklar tug’iladi, o’quvchilar masalani eng oddiy usulda “tavakkal”iga yecha boshlaydilar. O’smirlar fikr yuritish faoliyatining xususiyatlaridan biri – yaqqol-obrazli, ko’rsatmali tafakkur tarkibining muhim rol o’ynashidir. Ularda mavhum tafakkur o’sishi bilan yaqqol-obrazli tafakkurning tarkibiy qismi mutlaqo yo’qolib ketmaydi, balki saqlanib qoladi va rivojlanadi hamda tafakkurning umumiy strukturasida muhim rol o’ynaydi.O’smirning eng muhim xususiyatlaridan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning tanqidiyligi tez rivojlanishidir. By esa kichik maktab yoshidagi o’quvchidan farqli o’laroq, o’smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Maktab ta’limining bevosita ta’siri bilan o’smirda o’zinianglash jarayoni rivojlana boshlaydi. U o’zining fikriga, mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o’z mulohazasiga ega bo’lishi uchun harakat qiladi. Shuning uchun o’qituvchi yoki ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai nazardan qaraydi. Ko’pincha o’qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni topishga intilib, o’z gapida turib, ayrim fikrlarga qat’iy e’tiroz bildirishga, tortishishga va bahslashishga moyil bo’ladi.Aqlning tanqidiyligi ayrim hollarda o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasida “anglashilmovchilik g’ovi”ni vujudga keltiradi. Aqlning “tanqidiyligi” o’smirning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, u o’zgalar fikrini turli bahonalar, sabablar bilan yo’qqa chiqarishga qaratilgan bo’ladi. Tafakkurning mustaqilligi inson uchun juda katta ahamiyatga ega. O’qituvchi dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda, har qanday og’ir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo’llab-quvvatlashi, uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, dastlabki davrda o’smirning nuqtai nazarini, mulohazalaridagi xatolarini, muvaffaqiyatsizliklarni yomonlash, uni izza qilish, izzat-nafsiga tegish, masxaralash mutlaqo mumkin emas. Aks holda o’smir aqlining ajoyib sifati barbod bo’ladi va uning o’zi jamiyat hamda tabiat qonunlariga, holatlariga befarq qaraydigan shaxsga aylanib qoladi. O’qituvchi o’quvchinilg aql-zakovatini to’g’ri, rivojlantirish uchun har bir imkoniyatni to’la, ishga solishi: 1) o’smirlarga to’g’ri ta’riflashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, materiallarni mavhumlashtirish va umumlashtirishni o’rgatishi; 2) ularga o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishi lozim. Mustaqil ravishda hukm va xulosa chiqarish, mulohaza yuritish kabi aqlning tur­li shakllaridan foydalanish o’smirlarda aqliy, faoliyat ko’nikma va malakalarini o’stiradi, natijada jadal rivojlanish pallasi amalga oshadi.Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun avvalo o’smirlar oldiga turli obyektlarni mustaqil holda taqqoslash, ulardagi o’xshash va tafovutli jihatlarni topishni yuklash kerak. Buning uchun ularning diqqatini quyidagi savollarga javob berishga qaratish maqsadga muvofiqdir: “Bu holatda qanday umumiylik mavjud?”, “Ushbu narsalar qaysi belgi va jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi?” “Mazkur narsalar va hodisalar o’rtasida qanday o’xshashlik belgisi bor?” va hokazolar. Botanika darslarida o’quvchilarga mox (yo’sin) bilan suv o’tini, zamburug’ning poyasi bilan ildizini taqqoslashni tavsiya etib, poyaning ildizdan, sporaning urug’dan nimasi bilan farqlanishini aniqlashni topshirish foydalidir. O’smir aql-zakovatini kamol toptirish uchun ular­ga doimo mantiqiy tafakkur usullarini o’rgatib borish zarur. Bunda mantiqiy xatolarni tuzatib borishni aslo yoddan chiqarmaslik kepak. O’smirda to’g’ri mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda ona tili va adabiyot o’qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt o’quvchilarga to’g’ri jumla tuzishni, ravon mulohaza yuritishni, fikrlashni, yozishni o’rgatib boradi.
5. Ilk o’spirinlar aql-idrokining xususiyatlariKatta maktab yoshidagi o`quvchi aqlining tankidiyligida og`machilikka moyillik kuchli bo`ladi. Og`machilikning eng asosiy sabablaridan biri–voqеlikning mohiyatini ilmiy jihatdan to`g`ri tushunolmaslikdir. Aqlning va tafakkurning tankidiyligini tarbiyalashda o`qituvchi o`quvchining o`ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kеngligiga, nutq qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai-nazariga, o`qishga nisbatan munosabatiga, qiziqishining xususiyati va darajasiga, aqliy faoliyat opеratsiyalarini qanchalik bo`lishiga, mavjud o`qish ko`nikmasi va malaklariga alohida e'tibor bеrishi lozim.Aql tanqidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o`quvchilari moddiy dunyoni, atrof–muhitni o`rganishga, o`quv matеriallarini puxta o`zlashtirishga, ta'lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollik da'vat etadi.Ilk o`spirinlik tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kеngligi, mustaqilligi, samaradorligi, tеzligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi dеganda, o`spirin ongida tеvarak atrofdagi voqеlik bo`yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi dеganda, moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari o`zaro bog`lanishi va munosabatlari o`spirinning fikrlashida to`liq aks ettirish tushuniladi. Tafakkurning kеngligi esa o`zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog`liq bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligi dеganda, o`spirin tashabbuskorlik bilan o`z oldiga vazifalar qo`ya bilishi va ularni xеch kimning yordamisiz oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning tashabbuskorligi dеganda o`spirining o`z oldiga yangi g`oya, muammo va vazifalar qo`yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni topishga intilishni anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tеz izlab topish va qo`llay olishda eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo`ladi. Agar o`quvchi muayyan vaqt ichida ma'lum soha uchun qimmatli, yangi fikrlarni aytgan bo`lsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bеrsa, buni samarador tafakkur dеyiladi. Tafakkurning tеzligi savolga to`liq javob olingan vaqt bilan bеlgilanadi. O`spirin tafakkurining tеzligi qator omillarga: birinchida, fikrlash uchun zarur matеrialning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tеz yodga tushira olishiga, muvakkat bog`lanishning tеzligiga, turli xis-tuyg`ularning mavjudligiga, o`quvchining diqqati va qiziqishiga; ikkinchidan, o`spirinning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko`nikma va malakalariga bog`liqdir. O`spirin qobiliyati, layoqati va istе'dodi ta'lim jarayonida va mеhnat faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik istе'dodli ekanligini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mеhnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, mantiiqiy fikrlashning tеzligi, izchilligi, samaradorligiga e'tibor bеrish kеrak. qobiliyatning o`sishi, bilimlar, ko`nikmalar, malakalarning sifatiga bog`liq bo`lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo`shilib kеtadi.

Download 93,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish