Shaxsni kamol toptirishda tarbiya


O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish



Download 93,07 Kb.
bet10/18
Sana20.07.2022
Hajmi93,07 Kb.
#828605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi fanidan savolarga javoblar

O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu Yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi ynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi. O‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axlokiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qizikishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
O‘smir Yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga xaqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun xam psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni shaxsning o‘smirlik Yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
4.Kichik maktab o’quvchilarining anatomik-fiziologik xususiyatlari( bo’yi va og’irligi,o’pkasining hajmi, yurak muskullari, ularda tez o’sadi, qon tomirlarining deametri)Kichik maktab yoshi 7 yoshdan 11-I2 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda organizmning tuzilishi va funksiyalari bir tekisda rivojlanadi. Biroq gavdani o’sish tezlikning sekinlashishiga qaramay qizlarda 11 yoshgacha, bolalarda 12 yoshgacha gavda vazniga nisbatan bo’y o’sishi tezroq bo’ladi: oyoqlarning uzunligi sezilarli ortadi, ko’krak ko’rsatkichi (ko’krak qafasining aylanasi gavda uzunligiga nisbati) va Erisman indeksi (ko’krak kafasining aylanasi bilan gavda uzunligining yarmini farqi) kamayadi ya’ni gavdanini cho’zilishi kuzatiladi. Bo’y va gavda vaznida hamda gavda o’smilarining mutanosibligidan bolalar bilan qizlar aniq farq qilmaydi. L kin qo’l barmoqlarini qisish kuchi 7-8 yoshdagi qizlarda bolalarga nisbatan taxminan 5 kg 11-12 yoshlilarda esa-10 kg ga kam bo’ladi. Bundan tashqari 11-12 yoshgacha qizlarning ko’krak kafasining aylanasi bolalarga nisba­tan 1-2 sm ga. o’pkaning tiriklik sig’imi 100-200 smkam bo’ladi. Shuning uchun qizlarga beriladigan siklik xarakterli va kuch bilan bajariladigan mashqlar bir muncha bolalarga nisbatan kam berilishi kerak.Kichik maktab yoshidagi bolalarda skeletning suyaklanishi davom etadi, lekin uning turli qismlari har xil muddatda tugaydi.Sport bilan shug’ullantirishda skeletning shakllanishining xususiyatlarini xisobga olish kerak. Shuni esda saqlash kerakki, sakrashda o’ng va chap oyoqlarning yerga urilishini bir xil bo’lmasligi tos suyaklarining surilishiga va ularni noto’g’ri o’sishga olib kelishi mumkin. Oyoqlarga haddan tashqari yuk tusishi, agar suyaklanish tugamagan bo’lsa oyoq kaftini silanishiga olib borashi mumkin.Bu yoshdagi bolalar skeleti hali ancha tog’ayga ega bo’ladi, bo’g’inlar juda harakatchan boylamlari oson cho’ziluvchan bo’ladi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda qomatni turli buzilishlari, umurtqa pog’onasini qiyshayishi, ko’krak qafasini shaklini o’zgarishi yuzaga kelishi mumkin.Kichik maktab yoshidagi bolalarda muskullar tolasi ingichka, oq­sil va yog’larga kambag’al bo’lib, suv ko’p bo’ladi. Shuning uchun ularni sekin-asta va har tomonlama rivojlantirtsh kerak. Hajmi va tezligi katta bo’lmagan mashqlar berish zarur, chunki og’ir ishlar ko’p energiya sarflanishi bilan gavdani umumiy rivojlanishini susaytirishi mumkin. Biroq muskullarning nisbiy kuchi (gavda vaznini 1 kg ga) kattalardagiga yaqin bo’ladi. Shuning uchun kuchni rivojlantirishi maqsadida o’zining gavda vaznin etilgan holatda ushlash yuqoriga ko’tarish kabi mavqlarni keng qo’llash mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar qo’l-oyoq muskullari tana muskullariga nisbatan kuchsiz rivojlangan bo’ladi. Yosh kattalashishi bilan muskullar kuchini ortishi bir tekis bo’lmaydi. Qo’l kuchining yoshga qarab o’zgarishi quyida keltirilgan (jadval). Bolalarning shaxsiy taraqqiyotida (ontogenezda) kuchning o’sishi muskul tolalarning sonini ko’payishi muskul va biriktiruv to’qima komponentlari nisbatini o’zgarishi hamda muskullarining anatomik va fiziologik kesimlarining ortishi, biomexanik o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Muskul tolalari tiplari nisbatan o’zgaradi: Qizil tolalar va oraliq tolalar ko’payadi, qizil muskul tolalarining nisbiy sathi ortadi. Bu «chidamlilik» mashqlarini keng qo’llash imkoniyatlarni beradi. Buni sportga tanlash va sportga mo’ljallashda hisobga olinish kerak. Sezgi organlari 7 yoshdan 11-12 yoshgacha bo’lgan bolalarning ko’zlari, eshitish ta’m bilish, hid bilish organlari amalda kattalarnisiga o’xshash rivojlangan bo’ladi. Ammo bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’idagi markaziy bo’limlari rivojlanishda davom etadi.6-7 yoshli bolalarda harakat funksiyalari tez takomillashadi, hapakat sifatlarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydigan koordi­nasiya mexanizmlari shakllanadi. Gavda muvozanatini saqlash tez rivojlanadi.Bolaning 8-12 yoshlik davri harakatlarning uyg’un rivojlanashi bi­lan xarakterlanadi. Erkin xarakatlardan bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining tobora ko’proq nazorat ostida bajariladigan uyushqoq harakatlarga o’tish bu davrning esosiy xususiyatlaridandir.Ichki sekresiya bezlarining organizmdagi asosiy funksiyalarini bilmasdan turib bolaning tana tuzilishi va faoliyatini tushunib olish qiyindir. Kichik maktab yoshda ayrisimon biz bilan qalqonsimon bez, bo’yrak usti bezlari, gipofiz va jinsiy bezlari alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Ayrisimon bez yoki bo’qoq bezi suyaklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. 11 yoshdan boshlab uning funksiyasi susayib qoladi. Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o’sish va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu gormon yetishmay qolganda bo’yning o’smay qolishi -kreatinizm degan aqliy qaloqlik holati kelib chiqadi.Gipofiz gormonlari skeletini o’sishiga, qo’l-oyoqlarning uzayishiga yordam beradi, moddalar almashinuvini ko’chaytiradi. Gipofiz faoliyatining kuchayishi bo’yning o’sib kotishiga sabab bo’ladi. Aksincha, susaygan holda bo’y pakana bo’lib qoladi. Bo’yrak usti bezlari kichik mak­tab yoshida va balog’atga etish davrida zo’r berib o’sadi. Bo’yrak, usti bezlari po’stlog’i faoliyatining kuchayishi, barvaqt balog’atga yetishga sabab bo’ladi.Kichik maktab yoshidagi bolalarning qon aylangan sistemasi quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: kattalardagiga nisbatan qon bosimi past bo’ladi (100-105 m s u.), yuraknikg daqiqaga qisqarishi kamaya boradi: tinch holatda, puls sonining yoshga qarab o’zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan (1 rasm). Yurakning asab apparata yuqori darajada rivojlanadi, shuning uchun yurak tez bajariladigan jismoniy ishlarga darrov moslashadi va ishdan oldingi holatda tez qaytadi. Shu bilan birga bu yoshda yurakning funksional rezervi kichik bo’lganidan muskul ishida yurak ritma va qon bosimining turli bo’zilishlarga olish keladi Kichik maktab yoshidagi bolalar nafas sistemasida o’pka hajmining kattalashivi, nafas olish tezligining sekinlashishi kuzatiladi. Bir daqiqada nafas olish soni 7-yoshlilarda – 23, 8 yoshlilarda - 22, 9 yoshlilarda - 21, 10 yoshlilarda 18-20 marta bo’ladi, nafas olish chuqurligi ortadi, O’pkaning daqiqalik hajmi 11 yoshlarda 4400 ml ga yetadi, shuni aytish kerakki, o’pkaning hajmi 8 yoshgacha bolalarda va qizlarda bir xil bo’ladi, keyin bolalarda qizlarga nisbatan ortiq bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda o’pkaning nisbiy daqiqalik hajmi o’smirlar va yoshlardagiga qaraganda ko’p bo’ladi.O’pkaning tiriklik sig’imining (O’TS) yoshga qarab o’zgarishi qo’yidagi rasmda keltirgan (2 rasm). U qizlarga nisbatan bolalarda or­tiq bo’ladi. Nafas apparatining funksional imkoniyatini xarakterlovchi maksimal o’pka ventilyasiyasi va nafas rezervi bu yoshda sezilarli yertadi.Kichik maktab yoshidagi bolalarda alveolalar sathi kapillyarlarning umumiy hajmi kattalardagiga nisbatan kichik bo’lgani sababli o’pkaning diffuziya qobiliyati kam bo’ladi, lekin bu yoshda qonning nafas imkoniyati ortadi. Yosh kattalashi bilan maktab bolalarning kislorod yetishmasligiga chidamligi ortib boradi. Muskul ishida qonning daqiqalik hajmi tinch holatdagiga nisbatan 4-5 marta ortadi, bu asosan yurak urishining tezlashishi himobiga bo’ladi. Shuning uchun hatto uncha og’ir bo’lmagan ishlarni bajarishda ham yurakning bir daqikadagi qisqarish soni kattalardagiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Shiddatli muskul ishlarida 8-11 yoshli bolalarning yurak urushi daqiqada 200-220 ga yetadi, biroq, MKO’ (maksimal kislorod o’zlajtirish) kattalarga qaraganda 2.5 marta kam bo’ladi.Bolalarda arteriya qon bosimini muskul ishi tasirida ortishi kattalardagiga nisbatan kam bo’ladi. Bu yurak hajmining kichikligiga yurak muskullarining hali yaxshi rivojlanmaganligi qon tomirlarining yurakka nisbatan ancha kengligi bilan tushuntiriladi.
5. Maktabgacha yoshdagi bolaning individual- psixologik xususiyatlari (temperament,xarakter, qobiliyat) Uch yoshli bolalarga to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkinMaktabgacha yoshga qadar bolalarning psixologik xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari bo’lishidan qat’i nazar, un­da vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi individni kamol toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi. Mana shu yosh davrida namoyon bo’ladigan tarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiyotdarda ko’p marta ta’kidlangan bo’lib, birinchi navbatda o’jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalar­ning bolalar nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlarbilan bog’liqdir. Qator ilmiy-psixo­logik manbalarda aytilishicha, shu yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari na irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularnnng hammasi boladagi xudbinlik, o’ziga bino qo’yish, aksilijtimoiy mayl, urinish, qaysarlik, rashk kabi illatlarda yaqqol aks etadiN.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda, bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto’g’ri, mensimay munosabatda bo’lishidan iboratdir, bizningcha, o’zini tan oldirishga intilish ham bunga sababdir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o’rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish unda o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan o’jarlik qilish ahyon-ahyondagina ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o’jarlik qiladilar. A.N.Golubeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay va nomaqbul tar­biyaviy shart-sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan. Dastlab o’jarlik ba’zi-ba’zida ro’y beradi, lekin u hyech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo’lmaydi, binobarin, uning obyekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola xarakterining bu sifati muhitning noto’g’ri tar­biyaviy ta’siri oqibatida biror darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga yo’nalganligini ham uchratish mumkin. A.P.La­rin to’plagan ma’lumotlar o’jarlikning asosiy sabablari − bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur’atini) kamsitishdan iboratligini ko’rsatadi. Uch yoshli bolalarning psixologik xususiyatlari. Uchyoshda harakatni muvofiqlashtirish jarayonining takomillashuvi bolaga yugurganida, bir joyda tik turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil holda turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o’z holicha qandaydir ishlarni bajarish, umuman mikro va makro muhitda shaxs sifatida yashash is­tagini tug’diradiYuqoridagi umumiy xulosalar asosida aytish mumkinki, uch yoshgacha davr nutq va nutq faoliyatini eng, oqilona namoyon qilish va to’g’ri, maqsadga muvofiq rivojlantirish bosqichi hisoblanadi. Binobarin, har bir yoshdavrining o’ziga xos qulay o’sish pallalari, imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu narsa umumiy psixologik qonuniyatlarga suyangan holda talqin etiladi, shubilan birga yetakchi faoliyatning roli inobatga olinadi.
1.Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishining sharoitlari((Biologik va ijtimoiy omillar) Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat qonunlarini o’rganish - yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muam’adlaridan biridir.Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta`sir ko’rsatishning zarur hartidir.Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug’ma ravishda tashkil topgan -xususiyatlari (masalan, ko’rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub`ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatada uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarning muammosi o’z mohiyati jihatidan goyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetk kontseptsiya, nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik kontseptsiyadir.Insonshaxsiningtarkibtopishinitushuntirishgaintiluvchi biogenetikoqimXIX acrningikkinchiyarmidamaydongakelgan. Biogenetik ta`limot inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib quyilganligini, o’quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so’ng ta`lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy istet’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishi zarur deb ta`kidlashadi. Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta`limot - sotsiogenetik kontseptsiya qobiliyaglarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-atrofdagi muhitning ta`siri bilan tushuntiradi. Bu yo’nalish o’z zamonasi uchun ilg’or hisoblangan XVIII asr frantsuz olimi K.Gel’vetsiy ta`limotidan boshlangan. K.Gel’vetsiyning ta`limotiga ko’ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tugilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo’ladilar, Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta`sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizlikni ularning tugma xususiyatlari degan ta`limotga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy mushitning goyat darajada muhim roli borligini e`tirof etadilar.
2.Kichik maktab yosh davrida xulq-atvorni rivojlanishi (yosh xususiyatlari,indivudial xususiyatlar, psixologik omillar) Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10 (11) yoshgacha bo’lgan boshlang’ich sinf (I-IV) o’quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat’iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta’limi tizimida yuz beradigan ayrim o’zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o’z ta’sirini o’tkazadi. Jumladan, bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko’ra boradi, buning uchun u, dastavval ta’lim-tarbiya tomonidan o’quvchi shaxsi oldiga qo’yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik - jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu davrga kelib, bola o’z diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo’naltirishga, to’plashda va uni mustahkamlashda hamda taqsimlashda ma’lum darajada ko’nikmani egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi kiziqarli ajoyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajjubga soladigan ma’lumotlar va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo’lsa, endi u o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivasiyaga asoslangan holda zarur ma’lumotlar olishga, o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o’zining uncha boy bo’lmagan shaxsiy tajribasiga asoslanib, she’r, xikoya, ertaklarni esda qoldirish uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay yo’l va usullaridan foydalanganligi ta’lim jarayonida unga juda qo’l keladi. Demak, u o’qish, idrok qilish, o’zlashtirish texnikasi bilanyaqindan tanishishga erishadi. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog’ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o’qishning muvaffaqiyat garovidir. Boshlang’ich sinf o’quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis taraqqiy etadi, uning bo’yi va og’irligi, o’pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq o’quvchining suyak tizimi (ko’krak qafasi, tos, qo’l suyaklari), umurtqa pog’onasida hali tog’aysimon to’qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning yetarli darajada takomillashib bo’lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari ularda tez o’sadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo’ladi, miyaning og’irligi boshlang’ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya po’stining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, ko’zg’alish bilan tormozlanish o’rtasidagi o’zaro munosabat (muvozanat) o’zgaradi, lekin qo’zg’alish nisbatan ustunlikka ega bo’ladi, shuning uchun o’quvchining to’g’ri o’sishiga g’amxo’rlik qilish, toliqishning oldini olish zarur, o’qish va dam olish rejimiga qat’iy rioya qilish ma’qul.
3. O’spirinlik davrida kasbga layoqatlilik va aloxida qobilyatlar,(Madaniy to’siqlar. Kasb tanlash motivatsiyasi) `smirlikdan kеyingi navbatdagi bosqichni o`spirinlik davri dеb bir bosqich hisoblashimiz ham mumkin, lеkin hozirgi ko`pchilik psixologlar klassifikatsiyasi bo`yicha ikki bosqichga ajratishimiz ham mumkin. Avval o`smirlikdan kеyingi bosqichni o`smirlik, kеyingisi ilk o`spirinlik yoki yigitlik davri dеb aytilardi–da 14 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan davrlarni kamrab olar edi. Hozir ko`pchilik psixologlar 15–18 yoshni qamrab oladigan davrni ilk o`spirinlik dеb atashni ma'qul ko`rmoqdalar, bu umumta'lim maktabining 8–9 sinfidan boshlab, kasb–hunar kollеji va litsеylarining 1–2–sinflariga, ya'ni 8–10 sinf yoshiga to`g`ri kеladi. Bu davrda o`quvchi jismonan baquvvat, o`qishni tugatgach mustaqil mеhnat qila oladigan, oliy maktabda o`zini sinab ko`radigan imkoniyatga ega bo`ladi. Hayotda o`z o`rnini topishga intilish kasb–hunar o`rganish, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rеjasini tuzish, kеlajakka jiddiy munosabatda bo`lishni kеltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g`ayrat, shijoat, qahramonlik ko`rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat xodisalariga romantik munosabatda bo`lish bilan boshqa yosh davrlaridan kеskin farqlanadi. Ilk o`spirinning psixik rivojlanishini harakatga kеltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni ko`yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o`rtasidagi ziddiyatlardir. Turli qarama–qarshiliklar, ziddiyatlar o`spirinning ahloqiy, aqliy, estеtik jihatdan tеz o`sishi orqali bartaraf qilinadi. O`spirinlarda mavjud bo`lgan yana bir muhim xislat ularda yuksak darajadagi do`stlik, o`rtoqlik, ulfatchilik, muxabbatning vujudga kеlishidir. Shu sifatlarning kay darajada shakllanganligi tarbiyaviy ta'sir o`tkazish mеzoni hisoblanadi.O`spirin o`quvchilarda tabiat, san'at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot go`zalliklarini payqash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta'sirlanish, ma'naviy ozuqa olish xislatlari paydo bo`ladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yoqimli nido, qalbni to`lqinlantiradigan musika, nozik xis–tuyg`u, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi. Ayniqsa, estеtik xislar ularning ma'naviyatidagi ko`pol, noxush, xunuk va yoqimsiz qiliqlarning yo`qolishiga yordam bеradi. Shunga qaramay o`spirin yigit va qizlar orasida estеtik tuyg`usi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar ham uchraydi. O`spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo`lmasligi sababli ular ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. O`z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tеz va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko`ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pеdagogik–psixologik omillarga alohida e'tibor bеrish maqsadga muvofiqdir:1. Kasblarni o`rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo`nda qilib ifodalash.2. O`qituvchining kasblar bo`yicha tashviqot ishlarini olib borishi.3.O`spirinlarni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish.4.Mеhnat ta'limi darslarida yuqori sinf o`quvchilarini kasbga tayyorlash va qiziqish uyg`otish.5.Psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tadbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish.6.Joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish.7.Kasb tanlash targ`iboti yuzasidan o`spirinlarni ommaviy axborotvositalariga jalb qilish va psixologik tayyorlash.Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo`naltirishning usul va vositalari ishlab chiqilgan. Е. A. Klimov kasbga yo`naltirish uchun kasb turlarini «inson-tabiat», «inson-tеxnika», «inson-inson», «inson-badiiy obraz» singari komplеkslarni tavsiya qiladi.Kasb tanlashga yo`llash va kasblarni targ`ib qilish usullaridan yana biri–ko`rsatmali vositalar, ya'ni fotostеndlardan, kitoblar ko`rgazmasidan, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va tеxnika to`garagi ishlaridan foydalanishidir. Bundan tashqari muzеylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg`otish mumkin.
1.Ta’lim psixologiyasi Boshqarish tushunchasi kibernyetika faniga ilmiy texnika revolyutsiyasining natijasida xalq xo`jaligining tarmoqlarini idora qilish sifatida (avtomat, moslama, pult boshqarish, programmalashtirilgan elektron hisoblash mashinalari, kompyutyerlar, displeylar, signalizatsiya, texnik qurilmalar) kirib keldi. Mazkur tushuncha asta-syekin yakka shaxs faoliyatiga tatbiq qilina boshlandi, pirovardida ta`lim va tarbiya tizimini boshqarishda ham qo`llanilishga kirishildi. Ta`limni optimal boshqarish maqsadida sobiq sovet psixologlari «o`quv faoliyatini bosqichli shakllantirish» (P.Ya.Galpyerin, N.F.Tazilina), «o`qitish mazmunini tezlashtirish va murakkablashtirish» (L.V.Zankov), «Nazariy umumlashtirish va ryeflyeksiya» (D.B.Elkonin, V.V.Davidov) g`oyalarini ishlab chiqdilar. Shuningdek, ta`limni algoritmlashtirish, programmalashtirish, suggyesteziya (T.V.Kudryavtsev, A.M.Matyushkin va boshqalar) nazariyalarini olga soldilar. Mazkur goyalarning barchasi rivojlantiruvchi ta`lim nyegizida to`zilgan bo`lib, aqliy faoliyat myeammolarini o`rganishga hamda ta`lim samaradorligini oshirishni tadkik qilishga qaratilgandir. Psixologiya fanida ong av faoliyat birligi prinsipining vujudga kelishi psixologigik xolatlar, xsusiyatlar, xislatlar faoliyatda namoyon bo`ladi va unda shakllanadi, degan yangi tezisni maydonga tashladi. Yangiyaa bunday talkin psixologiya fanining rivojlanishi, sohalarining kengayishi uchun muxum imkoniyatlar ochib berdi. Mazkur prinsip I.M.Syechyenovning psixik faoliyat zamirida bosh miya ryeflyektor faoliyati yotadi, degan ta`limotidan kelib chiqadi. Keyinchalik bu goya I.P.Pavlovning ta`limotida rivojlantirildi va qator qonuniyatlar kashf etildi. Ong va faoliyat birligi prinsipi dastavval S.L.Rubinshteyn tomonidan dalillab berildi. Muallif tashqi sabablar, omillar ichki shart sharoitlariningbevosita ta'siri orqali harakat qiladi,deb tushuntiradi.Ta'limjarayonida o`quvchilarda aktiv mustaqil,ijodiy tafakkurni, mustaqil bilish faoliyatiga ,mustaqil bilim egallashga, yoki ba'zi hollarda aytishlaricha,o`z-o`zicha ta'lim olishga maktabdan keyin mustaqil ta'lim olishga oid qobiliyatni butun choralar bilan tarkib toptirishni najot yo`li deb bilmokdalar. Ta'lim muayyan mazmunga ega bo`lgan va maxsus tashkil etilgan taqdirda kichik yoshdagi o`quvchilarda mavxumlashtirish va fikr yuritishning o`ylanganidan ham ancha uuqoriroq darajasini tarkib toptirish mumkin ekan. Bu yoshdagi o`quvchilar tilshunoslik va matematitka sohalaridan nisbatan murakkab abstrakttushunchalarni byemalol o`zlashtirib olishlari mumkin.Bu ta'limning mazmuni va metodikasi odat bo`lib kolgan ta'lim mazmun metodikasidan (shu jumladan,yangi programmalarda turt yillik boshlangich ta'lim uchun belgilanganmazmun va metodikadan ham) jiddiy farq qiladi.nazariy va umumlashtiruvchixarakterdagi bilimlar matematika ona-tili va mehnatga oid eksperemental programmalarning yetakchi zvenosi bo`lib maydonga chiqadi.Ta'lim umumiy tipdagi bilimlardan ancha xususiy va konkret kurinishlariga oid g`oyat boy xilma xillikni anglashga utadilar. O`quvchilarning bilish faoliyatini maksimal darajada aktivlashtirish ,ularning aktiv, mustaqil, ijodiy tafakkurini avj oldirish maktab ta'limining muhim vazifasiga aylanib bormokda.Ta'limning asosi-o`qituvchining o`quvchilarga yetkazadigan mo`l-ko`l axborotini esda olib qolish emas (garchi bu muhim vazifa bo`lsada), balki bu axborotni olish jarayonida o`quvchilarning o`zlari aktiv ishtiroq etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, mustaqil bilim olish qobiliyatini, o`z-o`zicha ma'lumotini oshirish qobiliyatini sekin – asta shakllantirib borishdan iborat bulmogi lozim.Agar o`quvchi yuzta tyeoryemani emas balki ellikta tyeoryemani bilgani, Lekin zarur bo`lsa, yana zarur bo`lsa ,ellikta tyeoryemani isbot qilibbera olgani yaxshi desak bu gap tortishuvgv sabab bulmasa kerak. Ta'lim psixologiyasi sohasidaishlayotgan tadqiqotchilarning asosiy vazifasi ta'lim jarayonida mustaqil ijodiy tafakkurni va ukuchilarning bilish aktivligini tarkib toptirish va rivojlantirishning optimal darajasini qulay sharoitlarini ta'limning rivojlanib borayotganrolini oshirish sharoitlarini aniqlashdir.
2.Taraqqiyot psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari (Suhbat,sotsiometriya, tarjimai hol)Suhbat. Bu metod yordamida psixik hodisalarning ichki – sub’ektiv tomonlari o`rganiladi. Inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, vaqti, joyi aniqlanadi, yakka, guruhiy va jamoa bilan bog`liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilingan jarayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni o`rganishdir.
Download 93,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish