O’smirlarning biologik o’sishiO’smirlik insonning balog’atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farqlanadi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11 (12) –15 yoshli qizlar va o’g’il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga oshadi. Bolaning bo’yi 11–12 yoshida 6 –7 sm, hatto 10 sm gacha o’sishi mumkin. Biroq bu bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. O’smir 13–14 yoshga to’lganda har ikkala jins o’rtasida bo’yning o’sishi qariyb baravarlashadi. O’n besh yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar qizlarni ortda qoldirib ketadilar. Shundan keyin to umrning oxirigacha o’sishda o’g’il bolalar ustunlik qiladilar.O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi, natijada bolalar oriq, nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar. O’smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig’imi har yili 25 foiz kattalashib boradi. Bo’yning jadal o’sishi va tana og’irligining ortishi bilan qon hamda kislorodga ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak hajmining kengayishi va funksional faoliyati ko’rsatkichlarining boyishi evaziga ta’minlanadi. Mazkur davrda tananing umumiy hajmidan 7–8 foizini qon tashkil qiladi, qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110–115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda dakiqada 85–90 marta urgan bo’lsa, 14–15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi
1.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalarning tarkib topishi (shaxsiy fazilatlari, dunyoqarashi sodda, tashqi ta’surotlarga tez beriluvchan)axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o’zlashtirish kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo’yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o’zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo’nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarninng axloqiy onglari 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan davr mobaynida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va muloxazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo’ladi, turli tushunchalarga ega bo’ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o’quvchilarining axloqiy muloxazalari o’z xatti-harakatlari tajribasida va o’qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko’rsatmalri va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o’quvchilari esa axloqiy muloxazalarida o’z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko’rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday adabiyotlarni o’qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg’mlarni ko’rish ancha katta ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib topadi. 7-8 yoshdagi bolalar to’g’ridan-to’g’ri kattalarni jumladan, o’qituvchining ko’rsatmalari bilan ijobiy bo’ladigan ko’rsatmani kutib o’tirmay, bunday ijobiy axloqiy ishlarining boshidan qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar.
2.O’spirin shaxssining rivojlanishi(ichki dunyo ,murakkab muloqot, xulq- atvor)Ilk o’spirinlik yoshidagi o’zgarishlar maktab, oila, shaxslararo munosabatlardagi mavqyeni yanada mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. Lekin yetakchi omil yangicha ta’lim muassasa o’quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir.Ilk o’spirinlarda avvalo o’zini anglashdagi siljish yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu hol shunchaki o’sishni bildirmaydi, balki o’z shaxsiyatining ma’naviy-psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini anglashni, oqilona baholashni aksettiradi. Ilk o’spirinda o’zining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. O’z xulq-atvorini jilovlash, his-tuyg’ulari hamda ichki kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi.Ilk o’spirindagi o’zini anglash turmush, o’qish, mehnat va sport faoliyatlari taqozosi bilan namoyon bo’ladi. Yangicha ta’lim muassasidagi odatlanilmagan vaziyatning shaxslararo munosabat va muloqot ko’lamining kengayishi o’zining aqliy, axloqiy, irodaviy his-tuyg’ularining xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob tariqasida yondashish o’zini anglashni jadallashtiradi. Bunday ta’lim tizimidagi o’quvchilarning o’zini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular avval, o’zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Agar o’smirda atrofdagi kishilarning oqilona baholashlari orqali aniq baholash yuzaga kelsa, ilk o’spirinda bu holat boshqacharoq tarzda kechadi, unda o’z shaxsiy fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini tahlil qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi. Ilk o’spirin o’smirga qaraganda o’z ma’naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to’laroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Natijada u o’z xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo’ladi, sinf (kurs) va pedagoglar jamoalarining a’zolariga g’ayritabiiy munosabatda bo’la boshlaydi. Shuningdek, ayrim ilk o’spirinlar o’z xatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o’zlarini kamtarona tutishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |