Mehnat xavfsizligiga amal qilgan holda texnik talablarni bajarish;
Ishlab chiqarishda vaqt va me’yorlarga amal qilish;
Kasbiy faoliyatida fikrlash va o’zini-o’zi nazorat qilishni tashkil eish;
Mehnat madaniyatiga qat’iy amal qilish.
Mehnat faoliyatiga ijodiy yondashish.
Bajariladigan ish uchun mas’uliyat his qilish.
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub'ektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bularqanday xislatlarekan?
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Ko’zmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, O’zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi. Bunda gap o’qituvchilik kasbining professiogramma (ma'lum tizimga keltirilgan, mehnatpsixologik tomonidan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilganqisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjatga professiogramma deyiladi). Professiogramma psixologik nu?q nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb bo’yicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo’lgan mazmundagi barcha tomonlarini o’z ichiga olishi kerak) ustida boradi.
O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim.
Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo’yilishini bilishi va shu asosida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika KHKida muayyan mutaxassislik bo’yicha o’qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o’zbek tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qatormutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini, ya'ni namunasini aniqlab olish imkoniyatini berdi. Har bir mutaxassislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlardan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holdao’qituvchining quyidagi xislatlari ko’rsatib berilishi lozim.
-o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta'limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga,ayniksa, shaxsning qandayqobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish zarurdir.
Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis - o’qituvchilarning sifat jihatidan o’z kasbiga nakadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish yoki kelmasligi, oliy pedagogika maktablarining qandayo’qituvchi tayyorgarligini ko’rsatib beradi.
Pedagogik kasb, ma'lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga moyil, oqibat natijada esa, pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha oladi.