Bog'liq 7-мавзу shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish reja
Ta’limoluvchitomonidano‘quvmaterialiningqabulqilinishi. 0’quv materialini qabul qilish o’quv jarayonining eng muhim qismidir. 0’quv materialining yaxshi qabul qilinishi o’quv ishlab chiqarish faoliyatida mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
O’quv materialini samarali o‘zlashtirishning ichki sharoitlari. O’quv materialini samarali o’zlashtirish uchun, eng avvalo ta’lim oluvchining ehtiyoji bo’lishi kerak. Ichki ehtiyoj bilimlarni o’zlashtirish vaqtida harakat sifatini oshiradi. Ichki o’zlashtirish, materialni imtixonga qadar esda saqlanib qolish bo’lib, javob berib bo’lgandan keyin esdan chiqadi. 0’zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim oluvchining faoliyatiga ham bog’liq bo’ladi. Chunki ta’lim oluvchi berilayotgan material mazmuniga qiziqsa vao’z ustida ishlasa o’zlashtirishninng eng yuqori cho’qqisiga erishishi mumkin.
O’zlashtirishning ichki dalillaridan yana biri berilayotgan material mazmuni ta’lim oluvchi tomonidan tushunilishidir. Ta’lim oluvchi mavzuni tushunmasa o’z ustida qancha ishlamasin, bu mavzuni oldingi mavzular bilan bog’lay olmasa, Mavzuning o’zlashtirilishi sodir bo’lmaydi yoki mavzuni o’zlashtirish juda qiyin kechadi, bilim sayoz bo’ladi.
Qabulqilishningtashqiomillari. Qabul qilishning asosiy omillari asosan o’quv materialining mazmuniga bog’liq bo’ladi. Uning qiyinligi, o’quv materialida qo’llaniladigan texnik tushunchalarning aniq yoki mavhumligi amaliyotga bog’liqligiga ko’ra farq qiladi.
Eslabqolish.O’quv materialini qabul qilishning eng muhim komponenti bu yangi materialni eslab qolish va xohlagan vaqtda uni nazariy va amaliy jihatdan qo’llay olishdir. Ta’lim oluvchi o’quv materiali bilan faol ishlagan sari uni yaxshi o’zlashtiradi va samarali qo’llaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, o’ta murakkabdan ko’ra yaxshi eslab qolinadi va formulali materialga
nisbatan hayotiy ma’lumotlar uzoq saqlanadi. Eslab qolishning samaradorligi ta’lim oluvchining irodaviy xususiyatlariga bog’liq bo’lib, irodasiz ta’lim oluvchilar materialni yuzaki o’zlashtiradilar, natijada ma’lumotlar tez unutiladi.
Tushunishni tizimlashtirish. Bilimlarni egallash, bu, eng avvalo, muayyan tushunchaga ega bo’lgan shaxsiy bilimlar darajasini xarakterlaydi. Tushunishning asosiy xususiyati mavhumdan aniqlikka o’tishdir. Tushunish muomala va muloqotning mahsuli hisoblanadi.
Signalizatsiya - fikrlash faoliyati davrida o’rganiladigan, egallaniladigan bilimlar majmuasi demakdir.
Bilimlarni qo‘llash asosida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Bizga malumki bilimlarni amaliy faoliyat jarayonida qo’llay bilish bilimlarning egallanganlik darajasini ko’rsatadi. Nazariy bilimlar o’zida ikki jihatni aks ettiradi:
Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay bilish, ya’ni laboratoriya ishlarini bajarish davomida egallagan bilimlar asosida uy vazifasini bajarish;
Bu jarayonda bilimlar kengayib mukamallashib chuqur o’zlashtirilgan bilimga aylanadi.
Shaxsiy malakaviy bilimlarni o‘zlashtirish. Shaxsning o’z ustida ishlashi. Shaxsiy bilimlarni oshirish, bilim olishning alohida turi hisoblanib, unda ta’lim olishning asosiy og’irligi ta’lim oluvchi zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda quyidagi ijtimoiy psixologik shartlarga amal qilinadi:
Ta’lim oluvchining shaxsiy kasbiy malakasining yuqoriligi.
Ommaviy o’qitish korxonalar individual ish faoliyati aholi orasidagi bandlikni ta’minlashga olib keladi.
Mutaxassislarning bilim darajasi mehnat jarayonida raqobatbardoshlikni taminlaydi.
Zamon anaviy texnologiyalar va mutaxassislar faoliyati ishsizlikni keltirib chiqaradi, bu holat esa ishsizlarni yangi mutaxassislik turlariga qayta o’qitishni taqozo etadi.
Dunyo iqtisodiyotining rivojlanishi va shu bilan birga mutaxassislar bilimining mukamallashib borishiga olib keladi.
Shaxsiy bilimlarni oshirishning asosiy nazariyasi. Bu o’rinda ham mutaxassisning shaxsiy qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan:
Shaxs sifatida turli sohalarda rivojlanish (shaxsning individual yutuqlari xisobiga olingan xolda).
Ishchilarning ish mazmuni tubdan o’zgaradi. Bunda ishchilarning bilim ko’nikma va malakalardan tashqari mutaxassislik mahorati alohida rol o’ynaydi.
Kasblarning turg’unsizligi, ya’ni, mehnat bozorida kasblarga bo’lgan talabning o’zgarib turishi.
Shaxsiy ma’lumot mazmuni. An’anaviy rejalashtirish mazmuni malakaviy ta’lim berishda shaxsni rivojlanib, shakllanib borishga to’la imkon bermaydi, 0’quv rejasi mazmuni va shakllar bunga hamisha to’la yo’l qo’yavermaydi.
Bunga erishishi uchun o’quv programmasi xujjatlariga modul harakatlar qo’llanilib har bir bo’limga mustaqil yondashuvi imkoniyatini berish kerak. Ta’lim oluvchiga didaktik vostalio’quv blokini tanlash va o’z ustida ishlash imkoni beriladi. 0’qituvchi esa sekin-asta maslahatchi, ilmiy rahbar rolini bajarishga o’tadi.
Malakali rivojlanishning sub’yektiv monitoring. Monitoring tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib, eslatib turuvchi ma’nosini anglatadi. Malakaviy o’quv jarayonini tashxisli kuzatish ushbu tushuncha mazmunini anglatadi. Monitoringning asosiy mohiyati malakali o’quv jarayonini dinamik jihatdan tashxislashdir.
Texnologik monitoringni quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin:
Kuzatish - kasbiy rivojlanganligi o’zgarishlar va yangiliklarda kuzatib borish. Kuzatish doimo o’zining sub’yektivligi bilan tavsiflanib monitoring sifatiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin.
Testli sharoit metodi - bunda o’qituvchi maxsus sharoit yaratib, bu sharoitda ta’lim oluvchilarning malakaviy o’quv faoliyati yaqqol ko’rinadi. Malakaviy faoliyat sifatini aniqlash uchun o’qituvchi o’quv jarayoni orasida aniqlovchi savollar berib borishdir.
So’rov metodi - o’qitish jarayonida o’quv materiali yuzasidan muayyan sub’yekt borasida yozma tahlilni olib borish yoki maxsus tayyorlangan (tanlangan) savollarga og’zaki javob berish.
Bu metod yordamida o’quv materialining o’zlashtirilganlik darajasini ham aniqlash mumkin. Monitoring asosiy metodi bu malakaviy o’quv jarayonining natijalarini tahlili etishdir. Ushbu tahlil asosida ta’lim oluvchilarning grafik materiallari, texnik ishlari, hamda yozma matnlari yuzasidan tahlil olib boriladi.
Monitoringni 3 turga ajratish mumkin:
Boshlang’ich tashxis.
Ekspress (teskor) tashxis.
Yakuniy tashxis.
Ta’lim oluvchilarning shaxsiy malakaviy rivojlanishini mo‘ljal (oriyentir) qilish texnollgiyasi
Ta’lim oluvchilarning shaxs sifatida texnologik jihatdan o’rganishning malakaviy bilimlari rivojlanishi darajasini aniqlash o’qituvchining innovatsion faoliyati mazmuniga bog’liq. Chunki o’qituvchi ma’lumotlarni to’plab qolmay, balki ta’lim oluvchilarga yetkazib ham beradi. Shunday ekan, o’qituvchilarning malakaviy bilimlari takomillashib, pedagogik faoliyati hamda fikrlash faoliyati mazmuni mukamallashib boradi.
Shaxsiy malakaviy bilimlar rivojini mo‘ljal qilishning maqsadi- ta’lim oluvchida malakaviy bilimlarni rivojlantirish, kasbiy tajribaga ega bo’lishni taminlash, unda soha mutaxassisi bo’lish va o’z ustida ishlashga ko’nikma hosil qilishdan iborat.
Tamoyillari: l. Kasbiy ta’limni insonparvarlashtirish.
Kelajakni rejalashtirish, kasb tanlashda shaxs qobiliyati va malakasini hisobga
iqtidori va ichki ehtiyoj bilan yondoshish.
0‘qituvchi malakasini oshirishda motivatsiyani shakllantirish quyidagilarni o‘zida aks ettiradi:
O’ qituvchining shaxsiy attestatsiyasi.
Malakani oshirish jarayonida muammoli seminar va rivojlantiruvchi ma’ruzalarni tashkil Ta’lim oluvchining shaxsiy bilimlair mazmunini farqlashda quyidagi vazifalar hal etiladi:
O’quv rejasini variantlar asosida tuzish;
Shaxsni rivojlantirishda ishlab chiqarish texnologiyasi texnika, texnik ijod psixologiyasi,hamda malakali psixologlar xizmatidan unumli foydalanish.
Qo’shimcha psixologik fakultativ kurslarni tashkil qilish.
Pedagogik texnologiyada shaxsiy malakaviy rivojlanishni mo‘ljallash quyidagiga tashkil
etadi:
Masalalar majmuasini hal qilish va integrativ dasturlarni ishlab chiqish jarayonidaexnologik o’qitishni tashkil etish;
Qo’llanmalar yordamida o’z-o’zini boshqarishga o’qitish.
0‘qish jarayonida o‘quv jihozlarni tanlashda shaxsiy mo‘ljal olish ko‘nikmalarini tarbiyalash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ta’lim oluvchining o’qish jarayonini nazorat qilishi va boshqarishi;