Olmoniya ma’rifatparvarligi estеtikasi
XIX asrning boshida ijtimoiy va aniq fanlarning taraqqiyoti estetikani yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga yordam beradi.
Ayniqsa, nemis faylasufi G.F.Hegelning asarlari estetika, san’atshunoslik va adabiyotshunoslik rivoji uchun xizmat qildi. Uning «Estetikadan ma’ruzalar»ida estetika nazariyasining juda ko‘p muhim masalalari chuqur va keng yoritib berildi.
Gegel Estetikasining ulug‘ fazilatlaridan biri uning dunyo xalqlari va hamma davrlar san’atining materiallarini qamrab olganligidir. Hegelning tushunishicha, jahon san’ati uch katta taraqqiyot bosqichini o‘tdi.
1. Sharq xalqlari san’ati bilan bog‘liq bo‘lib, Gegel uni san’atning «simvolik shakli» deb ataydi.
2. Qadim dunyo san’ati birinchi navbatda Yunonistonning san’atidir (klassik shakli)
3. San’atning eng oliy shakli - romantik ruhdagi san’atdir. Gegel ta’limotida san’at va adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlari
Hofiz, Firdavsiy, Shekspir, Gomer, Shiller ijodi asosida izchil ravishda aniqlandi. Gegel falsafasi va estetikasi o‘zidan keyingi hamma estetik qarashlarga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Immanuel Kant (1724-1804)ning «Sof aqlning tanqidi» (1778), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788), «Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlarida bilishning tanqidiy nazariyasi, etika, estetika va tabiatning maqsadga muvofiqligi haqidagi ta’limot izchil suratda bayon qilinadi.
Estеtik ong
Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib biz ko‘zzlagan oliy maqsad — ozod va obodjamiyatni barpo etib bo‘lmaydi, - deydi Prezidentimiz Islom Karimov.
Estetik ong va estetik faoliyat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, estetik faoliyat estetik ong asosida vujudga keladi, shakllanadi, ya’ni estetik faoliyat ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirishdir. Agar muayyan talab-yehtiyojlar bo‘lmasa, inson faoliyatining muayyan shakli ham vujudga kelmaydi.
Estetik talab-yehtiyojlar insonni faoliyatga undaydi. Faoliyat esa yangi talab va ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini - mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi.
Estetik faoliyat san’atda eng sof holda ko‘rinadi. Chunki, mehnat va san’at go‘zallik qonunlariga rioya qilgan holda yaratiladi.
Olimlarning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaralari ulaming estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Faraz - estetik his-tuyg‘u bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Fahm-farosat - bu haqiqatni bevosita mushohada etishdir.
Fahm-farosatsiz ijodiy faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Ilmiy ijodning estetik mazmuni quvonch, shodlik hissini qondirishdagina emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari va ularga erishish usullarida ham ifodalanadi. Bular estetik his-tuyg‘u bilan bevosita aloqada va bog‘liqlikda amalga oshadi.
Insonning har qanday faoliyatida estetik manba mavjud bo‘lib, u o‘z faoliyati davomida moddiyat bilan birga ma’naviyatga, ya’ni shodlik, sevinch, orzu-umid, erk-ozodlik tuyg‘ulariga suyanib yashaydi, voqea-hodisalarni ijtimoiy baholashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |