Sharq va ovro‘po mamlakatlarida estetik qarashlar tarixi


Qadimgi hindistonda estеtik qarashlar



Download 31,88 Kb.
bet4/12
Sana21.01.2017
Hajmi31,88 Kb.
#823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qadimgi hindistonda estеtik qarashlar

Hindiston Sharq mamlakatlari orasida eng ko‘hna va qadimiy madaniyat maskanlaridan biridir.

Hindiston mutafakkirlarining estetik qarashlari jamiyat taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Hind xalqi badiiy ijodi taraqqiyoti alohida ta’limotlar asosida rivojlangan. Hind poetikasi alankara, ras, dxvani haqidagi ta’limotlar yo‘lidan borgan va o‘z taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan.

Alankara ta’limoti - poetik nutqni tovush va ma’nodor tasvir vositalari bilan bezash uslublarini ishlab chiqishdan iborat Ras ta’limoti - san’at va adabiyotning insondagi muayyan ruhiy kechinmalarini, kayfiyat va holatlarini tasvirlash va qo‘zg‘atish qobiliyatini ochib beradi.

Dxvani haqidagi ta’limot - poyeziyaning kishilarda qo‘shimcha obrazlarni paydo qiluvchi ajoyib qobiliyatini tahlil qilishga asoslanadi.

Dxvani uslubi hind poetikasida haqli ravishda badiiy mahoratning oliy shakli hisoblanadi.

«Alankara, ras, dxvani to‘g‘risidagi ta’limot hind poetikasi tayangan uch utsundir. Uni poetik ijodning har qanday shakliga tatbiq etsa bo‘ladi», - deb yozgan edi rus akademigi A. P. Barannikov.

Hindiston eng qadimiy madaniyat markazlaridan biridir. Unda miloddan uch ming yil avval yerni sun’iy sug‘orish taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, to‘qimachilik, zargarlik rivojlangan, pishiq g‘ishtdan ikki va uch qavatli binolar qurilgan.

Milodning birinchi asrlaridayoq tib, riyoziyot, ilmi nujum, kimyo, hikmat kabi fanlar rivojlangan, turli janrlarda badiiy adabiyotlar vujudga kelgan. «Rigveda», «Ramayana», «Mahobxorat», «Dashakumacharita», «Xitopadesha», «S’hakuntala», «Malyavikava Agnimtra», «Mudararakshasa» kabi mashhur va ma’lum asarlar shular jumlasidandir. Bular orasida dunyoga eng ko‘p tarqalgan va o‘zining hikmatli fikrlari bilan ajralib turadigani «Kalila va Dimna»dir. Bu asardagi hikmatlar hayvonlar tilidan olib borilsada, ijtimoiy hayot, odamlar orasidagi munosabatlar ko‘zda tutiladi.Asarda voqelikdagi salbiy hodisalarga qarshi o‘t ochiladi, adolat,
odamgarchilik tarannum etiladi. Unda o‘sha jamiyatdagi barcha nuqsonlar, xiyonat va jinoyat, patskashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zulm dahshatfoshqilinadi.

«Kalila va Dimna» asarida «S’hohlar saroyiga yaqin odamlarning ishi ig‘vo, hasad, adovat, chaqimchilik va bir-birini yo-monlashdan iboratdir. Kecha-kunduz ular bir-birlarining payiga tushib, bir-birlarini g‘iybat qiladilar. Kim itsc’dodli bo‘lsa, uning haqida shuncha ko‘p mish-mishlar to‘qiydilar», - deb yozilgan edi. «Kalila va Dimna» asari boshidan-oyoq g‘oyat qiziqarli va ibratli, shaklanjuda boy, badiiy, mazmunan hayratli hikmatlar, hikoyalar, masallar, naqllar, rivoyatlar, aforizmlar bilan tola bebaho xazinadir. Har biri o‘zichamutsaqilbadiiy lavhalardaniborat, shu bilan asosiy qismi ma’lum jihatlardan bir umumiy sujetga ega bo‘lgan yaxlit asardir. Unda avvalo, hind xalqining nafis didi, boy hanida ko‘p qirrali estetik olami, kuchli zakovat dahosi o‘z ifodasini topgandir.

Bu asar shu xalqning uzoq moziydayoq insoniyatga baxsh etgan va asrlar davomida unga xizmat qilib kelayotgan ajoyib tortiqlardandir. «Kalila va Dimna» dunyoning juda ko‘p tillariga tarjima qilingan. O‘zbek tiliga birinchi marta VIII asrdayoq tarjima qilingan, ikkinchi marta XIX asrda xorazmlik Mulla Muhammad Niyoz tomonidan tarjima qilingan, 1966-yilda bu asar uchinchi marta tarjima qilindi.

Asarda «So‘z tajribaga asoslanmagan bo‘lsa, shakl mazmunsiz, davlat adolatsiz, do‘slik sadoqatsiz, boylik saxovatsiz, ilm hikmatsiz, hayot osoyishtaliksiz bo‘lsa, ular befoydadir. Saxovatli va adolatli shohning vaziri yomon niyatli, raiyatga zulmkor bo‘lsa, fuqaro shoh adolatidan mahrum etiladi, marhamat eshiklari ular yuziga bekiladi», - deb yoziladi.

S’huni ta’kidlash lozimki, hind xalqi bilan boshqa Sharq xalqlari, shu jumladan, O‘rta Osiyo xalqlari orasida qadim zamonlardan buyon juda yaqin madaniy aloqa bo‘lgan. Ular bir-birlaridan o‘rganganlar, bir-birlarining an’analarini ijobiy tarzda o‘zlashtir-ganlar va davom ettirganlar.

«Mahobxorat» («Bxarat avlodlari jangnomasi») 100 ming baytni o‘z ichiga olgan 18 kitobdan iborat. Asar miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yoki uch ming yillar ilgari yozilgan. Asarda afsonaviy shoh Bxaratning avlodlaridan ikki toifasi - kavlavlar va nandavlatlarning o‘zaro adovatlari va urushlari tarixi talqin etiladi. Bunda bahodirlarning ko‘rsatgan ajoyib qahramonliklari, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, shuningdek, qadimiy hind xalqlarining o‘ziga xos urf-odatlari tasvirlanadi. Bu jangnomalar orqali qadimiy xalqlarning orzu-umidlari, intilishlarini bilib olamiz. Hindiston san’at mo‘jizalariga boy mamlakatdir.

Agra shahridagi Tojmahal hayratomuzligi bilan estetika larixidagi mo‘jizalardan biri hisoblanadi. Ijodkor mehnati mahsuli va behad yuksak nafosat obidasi bo‘lgan, oq marmarlariga 2 million rang-barang gul o‘yib solingan, Tojmahalni bunyod etishda O‘rta Osiyolik me’mor va naqqoshlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar.

O‘zbekitsonda tug‘ilib, Hindistonga borib, yashab qolgan Xisrav Dehlaviy va Abduqodir Bedillar hind xalqining an’analaridan hayratlanib, o‘lmas badiiy asarlar yaratganlar. J. Neru Bobur, Akbarshohlarga baho bergan vaqtda hind xalqining badiiy an’analaridan ilhomlanib o‘lmas asarlar yaratgan yana bir qator allomalarimizni ham hurmat bilan tilga olib o‘tadi.




Download 31,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish