“Alpomish”
1. “Alpomish” dostonining o‘rtacha nechta varianti baxshilar tilidan yozib olingan?
A) 20 dan ortiq B) 30 dan ortiq
C) 50 dan ortiq D) 40 dan ortiq
2. Qaysi baxshi bolaligi yetimlikda o‘tgan?
A) Bola baxshi B) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
C) Kichik Bo‘ron D) Ergash shoir
3. Yurtimizda “Alpomish” dostonining 1000 yilligi qachon nishonlangan?
A) 2000-yil B) 1999-yil C) 2001-yil D) 1998-yil
4. “Alpomish” dostoni bo‘yicha qo‘ng‘irot elida necha urug‘ qabilasi bo‘lgan?
A) 96 ta B) 10 ta C) 100 ta D) 16 ta
5. Elatiya nima degani?
A) qishloqi B) chorvadorlar tuzumi
C) ko‘chmanchi chorvador D) xalqchil odamlar
6. Dobonbiyga Alpomish nechanchi avlod sanaladi?
A) ikkinchi B) birinchi
C) uchinchi D) to‘rtinchi
7. Boybo‘ri va Boysarilar farzandsizligi sababli qayerda o‘ksitildi?
A) chapanitob odam kulbasida B) bir boyning cho‘pron to‘yida
C) o‘z uylarida D) qabr boshida
8. Boysari turib aytdi: «Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, xudo bermasa, qayoqdan qilamiz taraddi?!»
Bu yerda nima haqida gap ketmoqda?
A) farzand B) mol-dunyo C) obro‘D) o‘rtakashlik
9. Boybo‘rining turar joyidan Shohimardon pir ravzasigacha necha kunlik yo‘l?
A) 4 B) 5 C) 2 D) 3
10. Aka-uka necha kun Shohimardon pir ravzasida yotishgach, farzand berilmagani to‘g‘risida xabar keladi?
A) 30 B) 32 C) 40 D) 39
11. Dostonda tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, bir siyosatli kishi qanday siymoda tasvirlangan?
A) shoh B) baxshi
C) qalandar D) pahlavon
12. Alpomish necha yoshida o‘qib, mulla bo‘lgan edi?
A) 12 B) 10 C) 9 D) 7
13. Alpomishning Alpinbiy bobosidan qolgan parli yoy og‘irligi qancha?
A) 5 botmon B) 10 botmon
C) 14 botmon D) 7 botmon
14. Boysari Oybarchin qizini maktabdan chiqarib oldi. «Chiqarib olib, qizimga … ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvadorlik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin», – dedi.
Ko‘l nomini toping. (Nuqtalar o‘rniga qarang!)
A) Ko‘kqamish B) Oynali
C) Arpali D) Aydar
15. Alpomish necha yoshida alp ataldi?
A) 12 B) 10 C) 9 D) 7
16. Boybo‘ri nega Boysaridan zakot olmoqchi?
A) ukasining saxiyligini bilib
B) ukasi baxilga chiqib qolishini istamaydi
C) o‘g‘lining gapiga kirib
D) amaldorning gapiga quloq osib
17. Zakot olish uchun necha mahram jo‘natiladi?
A) 6 ta B) 10 ta C) 14 ta D) 16 ta
18. Bu mahramlarning nechtasining quloq-burni kesilib, o‘zlariga yegizilib, otiga chappa mingizilib, otning ustiga tortib boylanib, «Mana buni zakot deb aytadi»,deb qo‘ng‘irot tarafiga haydab yuborildi.
A) 12 tasining B) 10 tasining
C) 9 tasining D) 7 tasining
19. Boysarining atrofida necha ming uyli qo‘ng‘irot eli yig‘ilgan edi?
A) 12 ming B) 10 ming
C) 20 ming D) 18 ming
20. Maslahat bermaymiz Boysariboyga,
Osilmaymiz Boybo‘rining doriga.
Yuqoridagi fikr kimga tegishli?
A) Yortiboyga B) Qorajonga
C) Alpomishga D) Barchinga
21. Davlat qo‘nsa bir chibinning boshiga,
Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga.
Yuqoridagi fikr kimga tegishli?
A) Yortiboyga B) Boysariga
C) Alpomishga D) Boybo‘riga
22. Dam shu damdir o‘zga damni dam dema,
Boshing eson, davlatingni kam dema.
Bu jumla “Alpomish” dostonining necha o‘rnida qo‘llangan?
A) 4 B) 5 C) 2 D) 3
23. Boysari yoki Boybo‘rilarning yilqisi necha to‘qay?
A) 60 B) 70 C) 80 D) 90
24. Qalmoq yurtining aholisi qanday ataladi?
A) qalmoq xalqi B) Kashal eli
C) Surxayl ahli D) Toychixon ahli
25. Qalmoq yurtidagi ko‘lning nomi nima?
A) Ko‘kqamish B) Oynali
C) Arpali D) Aydar
26. Barchin suluv sepini necha norga yuklashadi?
A) 60 B) 70 C) 80 D) 90
27. Boysarining nechta to‘pi bo‘lgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
28. Qalmoq yurti va Ko‘kqamishning orasida necha dovon tog‘ bor?
A) 60 B) 70 C) 80 D) 90
29. Surxayl kampirning uchinchi o‘g‘lining ismi nima bo‘lgan?
A) Ko‘kqashqa B) Boyqashqa
C) Ko‘kaman D) Toyqashqa
30. Chiltonlar Alpomishning tushiga qachon kiradi?
A) Barchindan xabar kelgan kun
B) Qalmoqqa borishining birinchi kechasining sahari
C) Qorajon bilan ko‘rishgan kuni
D) Qalmoqqa borishining ikkinchi kechasi
31. Barchinning shartiga ko‘ra alp necha qadamdan tangani urishi kerak?
A) 500 B) 700 C) 1000 D) 400
32. Kim tangani 500 metrdan ura olardi?
A) Ko‘kqashqa B) Boyqashqa
C) Ko‘kaldosh D) Toyqashqa
33. Boychibor sag‘risining ustidan qulog‘ining o‘rtasigacha necha qarich?
A) 96 B) 90 C) 63 D) 60
34. Boychiborning ayil tortuvi necha qarich?
A) 96 B) 90 C) 63 D) 60
35. Ko‘sa sinchining ko‘zining xuni qachon berilishi aytiladi?
A) hech qachon B) Boychibor Ko‘kdo‘nandan o‘zgach
C) – D) Barchin masalasi hal bo‘lgach
36. Qaysi tog‘da Boychibor va Qorajon ajdarhoga yo‘liqishadi?
A) Murod B) Zil
C) Boboxon D) Asqar
37. Nega ajdarho ularga salom beradi?
A) ot va uni minganlarga chilton, pirlar yor edi
B) odob yuzasidan salom beradi
C) qo‘rqqani sababli salom beradi
D) yuqoridan shunday vahiy kelgan
38. Alpomish 90-alp bo‘lgan chog‘ida qaysi tog‘ning boshini kamon o‘qi bilan uchirib tushiradi?
A) Murod B) Zil C) Boboxon D) Asqar
39. Barchin tomonidan Alpomishga jo‘natilgan elchilar necha kun hurmat, e’zozda bo‘lib qaytishadi?
A) 10 kun B) 20 kun
C) 15 kun D) 25 kun
40. ...Oblo, sendan boshqa yo‘qdir murabbiy.
...Karimsan, samadsan, rasuling barhaq.
Ushbu parcha kimning tilidan aytilgan?
A) Barchin B) Alpomish
C) Qorajon D) Qaldirg‘och
41. Qorajon va Boychibor qayerda bog‘lab tashlanadi?
A) Chilbir cho‘lida B) Oyna ko‘lida
C) Boboxon tog‘ida D) Zil tog‘ida
42. Ularni kishandan kim (nima) bo‘shatadi?
A) ajdahar B) Rajab pir ruhunati
C) chiltanlar D) mardonlar
43. Kishandan qutilgan Boychibor bir kecha-kunduzda necha otdan o‘zadi?
A) 400 ta B) 499 ta
C) 460 ta D) –
44. Ko‘kaldosh kaltagining og‘irligi qancha?
A) 200 botmon B) 500 botmon
C) 400 botmon D) 300 botmon
45. Boychibor Ko‘kdo‘nanning sag‘risidan tishlab, qancha masofaga otib yuboradi?
A) 10 ming qadam B) 20 ming qadam
C) 30 ming qadam D) 40 ming qadam
46. «Ham otimdan, ham yurtimdan ayrildim»
Ushbu jumla kimga tegishli?
A) Barchinga B) Alpomishga
C) Qorajonga D) Qaldirg‘ochga
47. Ko‘kdo‘nandan o‘tolmayotgan Boychibor Barchinning qaysi so‘zini eshitib, kalta qantarib tashlangan tizginni uzib ketadi va o‘zadi?
A) Qurruyo-qur hayt B) Oq to‘shim – yayloving
C) sochim shibirtki D) to‘ramning oti
48. Qorajon marraga yetgach, baxmal o‘tovni necha marta aylanib chiqadi?
A) 4 B) 5 C) 7 D) 9
49. Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan,
Ichida chichqonlar bolalab yotgan.
Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan…
Yuqoridagi ta’rif kimga qaratilgan?
A) Ko‘kqashqaga B) Toyqashqaga
C) Qo‘shquloqqa D) –
50. Odam tushmas buning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.
Yuqoridagi ta’rif kimga qaratilgan?
A) Ko‘kqashqaga B) Toyqashqaga
C) Qo‘shquloqqa D) –
51. Alpomish va Barchinlarning to‘yida ichkariga kirish oldi necha xil rasm-rusum marosimi o‘tkaziladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 52. Kim Ko‘kaman va uning olti ukasiga tirlashgani har mamlakatdan alplarni yig‘ib keltirgan edi?
A) Surxayl B) Boysari
C) Qalmoqshoh D) Kayqubod
53. 90 alp qaysi g‘orda boqilib yotilardi?
A) Kashal B) To‘qayiston
C) Izmir D) Olatov
54. Alplarning har qaysisining sovuti necha botmon temirdan?
A) 60 B) 70 C) 90 D) 80
55. Ularning davlatdan oladigan moyana (oylik) lari qancha edi?
A) 500 so‘m B) 500 tanga
C) 500 dinor D) 500 dirham
56. Barchin alp, barkamol qiz bo‘lib yetishganda yag‘rinlari necha qarichdan edi?
A) 5 C) 10 C) 15 D) 20
57. “Bunday dalada chatoq qilib yurganimiz bo‘lmas. Yuringlar, to‘qsonimiz ham boraylik. O‘zbekning qizini yo birimiz olaylik, yo barimiz olaylik. O‘rtada javlik xotinli bo‘lib qolaylik”
Yuqoridagi fikr kimga tegishli?
A) Ko‘kqashqaga B) Toyqashqaga
C) Qo‘shquloqqa D) Ko‘kaldoshga
58. Ushbu asarda Kelganboy kim?
A) Boybo‘ri B) Yortiboy C) Barchin D) Boysari
59. Bu alplarni kuyov qilib olamiz,
Mina elga toza erkin bo‘lamiz.
Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz.
Yuqoridagi fikr kimning tilidan aytilgan?
A) Qorajon B) Yortiboy C) Barchin D) Boysari
60. Nega qo‘ng‘irotlar alplarning erta choshkay vaqtida kelishlari oldidan Barchinning o‘tovini ko‘tarib, ho‘, anaday ovloq tepaning boshiga tikib qo‘yishdi?
A) rasm-rusumga ko‘ra B) qo‘rqqanlari sabab
C) buyruqqa binoan D)–
61. Barchin o‘z o‘tovida kimni halol yiqitib, tizzasi bilan bosib oladi?
A) Boyqashqani B) Ko‘kamanni
C) Qo‘shquloqni D) Ko‘kqashqani
62. Barchin yozib bergan maktubni elchilar qancha kunda Qo‘ng‘irotga eltib berishadi?
A) 60 B) 70 C) 90 D) 80
63. «Bular qanday odam ekan, beadablik bilan salom berdi menga?»,– deb norozilangan obraz kim?
A) Boybo‘ri B) Alpomish
C) Ko‘kaman D) Ko‘kaldosh
64. Necha mahram Barchin maktubini Boybo‘riga olib kelib topshirishadi?
A) 15 ta B) 14 ta C) 10 ta D) 12 ta
65. Alpomishga ot bermay,uni qo‘rqitib ortga qaytarib yuborishni tayinlagan obraz qaysi javobda berilgan?
A) Boybo‘ri B) Alpomish
C) Ko‘kaman D) Ko‘kaldosh
66. Barchinni ayirib olish uchun jo‘nagan Alpomishning bu vaqtda yoshi necha edi?
A) 21 B) 14 C) 15 D) 18
67. Ushbu dostonda nechta obraz Alpomishni narmoda deb ataydi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
68. Xazon bo‘lib bog‘da gullar so‘ldimi,
Oblo sening aqlu hushing oldimi,
Boybo‘ri o‘lib, moli senga qoldimi?
Alpomishga qarata aytilgan bu fikr kimning tilidan aytiladi?
A) Qaldirg‘och B) Qultoy C) Ko‘kaldosh D) Barchin
69. Alpomishni Qalmoq yurtiga borib, Barchinni dushman zulmidan xalos etishiga kim jonbozlik ko‘rsatadi va murodiga yetadi?
A) singlisi B) onasi C) otasi D) yilqiboqari
70. «Xafa bo‘lma, bu oting, balki tulpor chiqar, yomon dema. Bu oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi», – deb kim aytadi?
A) Barchin B) Qorajon
C) Qaldirg‘och D) Kosa sinchi
71. Alpomishning tushiga qaysi payg‘ambar kiradi?
A) rasuli akram B) Dovud
C) Muso D) Ibrohim
72. «Alpomish» dostonida «...Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, chovkar otli...» ta’rifi kimga nisbatan ishlatilgan? A) Ko‘kaldoshga nisbatan B) Yortiboyga nisbatan C) Qorajonga nisbatan D) Alpomishga nisbatan 73. Payg‘ambarning gapiga ko‘ra kim Boychiborga jilovdorlik qiladi?
A) Rajabbek pir B) Bobo Qambar
C) Shohimardon pir D) Qorajon
74. Dostonda kim Yusuf tal‘atli, Rustam sifatli, choykar otlideya ta’rif etiladi?
A) Qorajon B) Qultoy
C) Alpomish D) Ko‘kaldosh
75. Qorajon va Alpomishning ko‘rishishi natijasida Qorajonning necha qovurg‘asi sinib ketadi?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
76. G‘ayridinlardan olinadigan soliq ?
A) jiz’ya B) xiroj C) oʻlpon D) vaqf
77. Aytgan so‘zimningpoyimini bilsangchi… Tagiga chizilgan so‘z qanday ma’noni bildiradi?
A) xulosa B) oxiri C) fahm, ma’no D) bo‘lari
78. Chilton deganda necha avliyo nazarda tutiladi?
A) 20 ta B) 30 ta C) 50 ta D) 40 ta
79. Ushbu dostonda kim o‘zini quyonchiq kasalim bor deb ta’kidlaydi?
A) Alpomish B) Surxayl
C) Qorajon D) Ko‘kaman
80. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o‘zbek baxshilari tomonidan kuylangan yuz ellikka yaqin doston borligi aniqlashgan va variantlari bilan qo‘shib hisoblaganda, ulardan qancha asar yozib olingan?
A) 300 ta B) 400 ta C) 250 ta D) –
81. Xalq dostonlari olimlar tomonidan nechta turga ajratilgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta
82. Qanday doston poema deb ham yuritiladi?
A) kitobiy B) qahramonlik
C) jangnoma D) romantik
83. Nohaqlik qilinib, kigizga oʻrab tashlangan, ammo boshqa joyda shohlik uchun kigizga koʻtarib e᾽zozlangan shahzoda obrazi qaysi asarda bor?
A) «Ravshan» B) «Kuntug'mish»
C) «Alpomish» D) «Rustamxon»