O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY VILOYATI, XATIRCHI TUMANI “__”________2022 y. Asosiy maqsadi: fuqaro Qobilov Rustam Qobil o'g'li kelgusida “Jismoniy shaxs” sifatida parrandachilik faoliyatini tashkil etib, mijozlarga sifatli va qulay narxlarda tovuq go'shti yetishtirib va yetkazib berish hamda mahsulotlarni eksportga yo'naltirish maqsadida rejalashtirilgan B IZNES LOYIHASI.
Mazkur biznes-reja egasi:
Qobilov Rustam Qobil o'g'li
Mulkchilik shakli:
Jismoni shaxs
Faoliyat turi:
PARRANDAChILIK
Bank nomi:
“ ATB Agrobank ”.
LOYIHA MUDDATI:
3 YIL.
Loyiha kiymati:
56 285 000so'm.
Shundan o'z mablag'i:
16 285 000so'm.
Kredit mablag'i:
40 000 000so'm.
Kredit muddati:
3 YIL.
Kredit foizi:
Yillik 14%
Kredit imtiyozli davri:
6 oy
NAVOIY- 2022
Mundarija. Kirish.
Loyihaning asosiymaqsadi.
Kredit oluvchi jismoniy shaxshaqidama'lumot.
Faoliyatrejasi.
Puloqiminingxarakati.
SWOT tahlili, mumkin bo'lgan xavflar.
1.KIRISH Loyihaning yaratilish tarixi: Ushbu loyihani yaratilishida avvalo tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlamoqchi va rivojlantirishmoqchi bo'lganlarga, umuman olganda tadbirkorlik sohasiga mamlakatimiz raxbari va hukumatimiz tomonidan yildan–yilga keng imkoniyat va imtiyozlar berilayotganligi, eng asosiysi ishonch berilayotganligidir.
Bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko'rsatish qanchalik unumli va arzon bo'lsa, korxona, tashkilot hamda aholini ushbu mahsulot va xizmatlarga bo'lgan talabini qondirish shuncha yaxshi bo'ladi. Tadbirkorlik subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun hukumatimiz hamda “fermerlar maktabi” tomonidan salmoqli imtiyozlar hamda moliyaviy ko'maklar berilmoqda. Shu sababli ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlarida o'z faoliyatimizni rivojlantirish orqali jamiyat va xalq manfaatlarini ko'zlab xarakat qilmog'imiz lozim.
Bu borada “Samarqand hududiy markazifermerlar maktabi”da olgan bilim va ko'nikmalarimizni inobatga olgan holda ko'pgina ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdaman. Jumladan: ushbu loyihani amalga oshirish, sifatli va qulay narxlarda parhezbob parranda go'shti mahsulotini yetishtirishni tashkil etish va kelgusida bosqichma–bosqich faoliyatni kengaytirish maqsadida soha mutaxassislari bilan maslahat qilgan holda biznes–rejasini ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish lozimligi muhim ahamiyatga ega. Bu orqali xalqimizga va davlatimizga oz bo'lsada o'z hissamizni qo'shish hamda xalqimiz turmish tarzini yaxshilashga va budjetimiz daromadini ko'paytirish ko'zda tutilgan.
Har bir tadbirkorning mahsuloti hamda ko'rsatayotgan xizmati qanchalik arzon va sifatli bo'lsa hamda bu mahsulot bilan bozorga chiqsa, mahsulotini realizatsiyasidan daromad olib o'zining ijtimoiy–iqtisodiy ehtiyojlarini qondira olsa, bu biz yosh tadbirkorlar uchun katta yutuq hisoblanadi.
LOYIXANING ASOSIY MAQSADI:
sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
mahalliy mahsulot raqobatbardoshligini oshirish;
aholi ehtiyojlarini qondirish;
viloyat ichki iste'mol bozorini broyler tovuq go'shti mahsuloti bilan to'ldirish va aholini ushbu mahsulot bilan uzluksiz ta'minlash;
savdo xizmatini ko'rsatish infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirish.
O'tkazilgan hisob kitoblar shuni ko'rsatadiki, loyiha iqtisodiy, samarali hamda jalb qilingan kredit resurslarini qaytarilishini ta'minlaydi.
Mahalliy bozor marketingini tahlil natijalarida shular ma'lum bo'ldiki, viloyatning qishloq va shahar hududlarida faoliyat ko'rsatayotgan chakana savdo tarmoqlari shaxobchalari(do'konlari)da tovuq go'shti mahsulotiga bo'lgan talab yuqoriligini ko'rsatmoqda.
Loyihaning asosiy maksadi 40 000 000(qirq million)so'm kredit hamda 16 285 000(o'n olti million ikki yuz sakkiz besh ming )so'm shaxsiy mablag'lari bilan broyler jo'jalarini go'sht mahsulotlarini olish uchun boqish faoliyatini boshlash ko'zda tutilgan.