Sharq va G`arb tarjima maktablari



Download 0,9 Mb.
Sana25.01.2023
Hajmi0,9 Mb.
#902453
Bog'liq
tarjimanazariyasi bibixonimning

Tarjima tarixi


Bajardi: Yusupova Habibaxon
Oʻzbek tarjimachilik maktabi oʻzining uzoq yillik anʼanalari va tajribalariga ega. Xususan bu sohada keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar katta koʻlam va miqyosni tashkil qilmoqda. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, turli oliy oʻquv yurtlari va adabiy nashrlarda bu mavzuda turli davra suhbatlari, bahs va munozaralar uyushtirilmoqda. Mazkur chiqishlarda oʻzbek tarjimachiligining yutuq va kamchiliklari va istiqbolda qilinishi kerak boʻlgan ishlarga eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan eʼlon qilinayotgan maqolalarda tarjima nazariyasi va amaliyoti muammolari, mamlakatimiz va xorijiy tarjima maktablari hamda bugungi jarayoni haqida soʻz boradi.
Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan.
Tarjima haqida ilk nazariya fikrlari dastlab qadimgi Rimda yuzaga kelgan.Yunon va lotin tillarini mukammal bilgan Aristotel, Sitseron va Goratsiy tarjima jarayonida soʻz ketidan quvish yaramaydi, ularning maʼno ifodalarini avval tarozida oʻlchab, keyin tarjima qilish maʼqul, degan fikrni bildirganlar. Keyinchalik Italiyada Bartolomeo va Manetti, Fransiyada dyu Belle va Malerb, Angliyada Bekon va Drayden, Germaniyada Gyote va Gumboldt, Rossiyada Lomonosov va Sumarokov tarjima xususida oʻz nazariy tushunchalarini bildirib oʻtganlar.
XX asrga qadar “tarjima” soʻzi muayyan maʼno kasb etib, faqat tarixiy, falsafiy va adabiy asarlar oʻgirmasiga nisbatan qoʻllanilib kelingan, ogʻzaki tarjimonga nisbatan esa turkiyda “tilmoch”, slavyanlarda “tolmach”, nemis tilida “dolmetschen”, ingliz va fransuz tillarida “interpret” atamalari ishlatilgan. Tarjima nazariyasi xususida aytilgan fikrlar ham shu yoʻsinda umumiy maʼnoga ega
Tarjima nazariyasiga bagʻishlangan ilk tadqiqotlar oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida yuzaga kela boshladi. Bu davrda nashr qilingan F. R. Amos, J. P. Postget, O. M. Finkel, M. P. Alekseev kitoblarida, Sanjar Siddiqning “Adabiy tarjima sanʼati” risolasida ham tarjima nazariyasini fan sifatida eʼtirof qiluvchi aniq fikrlar bildirilmagan edi. Tarjima nazariyasini fan sifatida taʼriflovchi va bunga daʼvat etuvchi tadqiqotlar asrning elliginchi yillariga kelib eʼlon qilina boshlandi.
1953 yili Xalqaro tarjimonlar uyushmasi – FIT (Federation Internationale des Traducteurs) ning tashkil qilinishi tarjimon va tarjimashunoslar faoliyatining yanada ravnaq topishida muhim rol oʻynadi.
Tarjima faoliyati soha sifatida kirib kelish sabablari
1959 yildan ittifoq Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan “Tarjima mahorati” almanaxi ilmiy to`plamlar nashr qilingan.
1963 yildan tilshunoslik ilmining markazlaridan biri sanalgan Moskva Davlat chet tillar pedagogika instituti olimlari saʼy-harakati bilan “Tarjimon daftarlari” ilmiy toʻplami nashr etila boshlandi.
Kanadalik tilshunoslar J. P. Vinye va J. Darbelnening 1958 yilda nashr qilingan “Fransuz va ingliz tillarining qiyosiy stilistikasi. Tarjima tadorigida” monografiyasida tarjima nazariyasi qiyosiy tilshunoslik yoʻsinida talqin qilinib, mualliflar uni sof tilshunoslik izmidagi fandir, degan.
Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish