ARAB TILI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Adabiy merosimizning aksariyati arab tilida bitilgan bo‟lib, ko‟plab tarixiy
manbalarimiz islom dini tili bo‟lgan arab tiliga bevosita taalluqli. O‟zbek tili va
adabiyoti tarixini o‟rganayotgan talabalar bu tilni bilish muhim ahamiyat kasb
etadi. O‟z tariximizni biz, albatta, adabiy, ilmiy merosimizga tayanib o‟rganamiz.
Bu manbalar esa, eski o‟zbek yozuvi bilan birga arab tilida ham yozilgan. Arab
tilini o‟qitishdan maqsad talabalarni bu tilda erkin so‟zlasha olishi, yoza olishi va
eng muhimi boy ma‟naviy merosimizning shu tilda tilda bitilgan namunalarini
o‟qiy olishga o‟rgatishdan iborat. Talaba arab tilini o‟rganar ekan o‟z ona tiliga
o‟zlashib qolgan arabiy so‟z va iboralarni mazmunan nahlil qila olish, bu tilda
bitilgan manbalarni tadqiq qilish malakalarini egallashi zarur.
Talaba mazkur fanni o‟rganish jarayonida quyidagi bilim va mamlakalararni
egallahsi lozim bo‟ladi.
-arab tilining somiy tillar guruhiga mansubligini,
-arab tili uch bosqich, ya‟ni qadimgi, mumtoz va hozirgi zamon arab adabiy
tilini o‟z ichiga olishi,
-klassik arab tilining xususiyatlari,
-arab tilining Yaqin va O‟rta Sharq xalqlari madaniy hayotida xalqaro til
vazifasida muhim rol o‟ynaganligi,
-hozirgi zamon arab adabiy tilining keng iste‟mol doirasini aniqlash,
-arab tilining yozuv sistemasi undosh tovushlarni va cho‟ziq unlilarni
ifodalovhci harflar tizimodan iboratligi,
32
-qisqa unli tovushlar esa “harakatlar” deb ataluvchi maxsus belgilar orqali
ifodalanihsi,
-grammatik qurilishi jihatidan arab tili boshqa somiy tillar qatori flektiv tillar
guruhiga kirishi,
-grammatik shakl asosini uch uzakli undosh fonemalar tashkil qilishi va
boshqa qrammatik shakl o‟zgarishlari asosan so‟zning o‟zida ichki fleksiya orqali
amalgam oshirilihsi,
-arab tilida so‟z turkumlari uch guruhga bo‟linishi: ismlar (ot, sifat, son
olmosh, sifatdosh), fe‟llar ( zamon shakllari, nisbatlari hamda ularning vaznlari,
mayillari) harflar-yordamchi so‟zlar (bog‟lovchilar, ko‟makchilar, yuklamalar,
undalmalar),
- arab tilining lug‟at tarkibini asosan arab so‟zlari tashkil qilishi, oz qismi
esa boshqa tillarga mansubligi,
-arab tilida sinonim va omonim so‟zlar keng tarqalganligi,
-arab tilida yangi so‟zlarning morfologik va sintaktik yo‟l bilan hosil
qilinishini bilish,
-tovushlarni to‟g‟ri talaffuz qilish,
-arab tili imlo qoidalariga to‟gri rioya qilgan holda erkin va to‟g‟ri yoza
olish,
-kichik matnlarni o‟qish va tarjima qila olish,
-muomilada ko‟p iste‟molda bo‟ladigan so‟zlarni yod olish, o‟tilgan
mavzular bo‟yicha savollarga javob bera olish,
-arab tilining fonetik va grammatik xususiyatlarini o‟zlashtirgan holda
tarjima bilan shug‟ullanish, o‟qigan yoki eshitganlarining ma‟nosini tushuna olish.
Arab tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Arab tili o‟zbek tili va
adabiyoti, eski o‟zbek tili va yozuvi, tarix va huquq fanlarini o‟zlashtirishda muhim
o‟rin egallaydi.O‟zbek tili va adabiyoti tarixi bevosita arab tili bilan bog‟liqdir.
Talabalar mumtoz adabiyot, tarixga oid asarlarni o‟rganishda arabcha atama va
iboralarga duch keladi. Arab tilidan olingan bilim va ko‟nikmalar bu o‟rinda juda
katta yordam berishi shubxasiz.
33
34
Do'stlaringiz bilan baham: |