«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
amaliy geografiya
5-jadval
H K N Orol dengizi rejimining o‘zgarishi (A.Y.Asarin ma’lumotlari bo‘yicha) Orol dengizi sathi 1960—1970-yillari 21 sm, 1971—1980-yil- larda 68 sm, 1981—1985-yillarda 80 sm ni tashkil qildi. Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan 1941—1960-yillari 55,2 kub km; 1961—1970-yillari 41,5; 1971—1985-yillari 15,0; 1986—1996-yillari 12,6 kub km suv kelgan. Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang te- kislikdan iborat bo‘lganligi uchun yerosti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug‘lanib, tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqibatida bu yerlardagi botqoq va to‘qaylar maydoni qisqarib, cho‘llashish jarayoni rivojlandi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsa- ga — dengiz sathini ma’lum darajada ushlab turishga va Orolbo‘yi ekologik sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlikda, ya’ni 33 m mut- laq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub km suv tushib turishi lozim. Orolbo‘yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo‘li aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o‘zanlar, ko‘llarga muntazam ravishda suv yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to‘sish uchun qumlarni o‘simliklar bilan mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yaylovlar, pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat.
Orol dengizini saqlab qolish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim? Orolbo‘yi hududi ekologik sharoitini yaxshilash uchun nimalar qilish lozim? Orol muammosini yechish bo‘yicha o‘z fikrlaringizni daftaringizga yozing. b o b ISHLAB CHIQARISHNING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARI Aziz o‘quvchilar! Sizlar ushbu bobda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: ishlab chiqarish jarayoni, ish kuchi, mehnat, kapital, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, korxona, texnik loyiha, tabiiy va inson resurslari. Inson har doim uchta vazifani bajarib kelgan. Uning aholini tabiiy takror ko‘payishida bevosita ishtirok etuvchi, ishlab chiqa- ruvchi hamda o‘zi ishlab chiqargan oziq-ovqatlar va kiyim- kechaklarning asosiy iste’molchisi sifatida namoyon bo‘lishi sizlarga oldingi sinflarda o‘tilgan darslardan ma’lum. Inson baja- radigan vazifalar qatorida uning ishlab chiqarish subyekti ekanligi eng muhim belgilaridan biridir. Inson ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etar ekan, doimo mehnat qurollarini, texnik vositalarni takomillashtrishga, sarf- xarajatlarni esa qisqartirishga intilib kelgan. XIX asrdagi sanoat inqilobi va XX asrdagi fan-texnika inqiloblari texnika-texnologiya bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarning yana ham samarali bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Sizlar bu bo‘limda ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi, ish- lab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari, sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish to‘g‘risida ma’lumotlar olasiz. Undan tashqari, texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish, soha kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning aha- miyati, kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o‘rni, tabiiy va inson resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik asoslash bo‘yicha ham zaruriy hajmda ma’lu- motlar taqdim etiladi.
Download 2,02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |