§. O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHIT
MONITORINGINI AMALGA OSHIRISH
O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, tog‘-kon, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 30—40 yil davomida tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati tug‘ildi.
Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muas- sasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yerosti suvla- rining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojla- nishi O‘zbekiston Geologiya vazirligiga qarashli «O‘zbekgidro- geologiya» korxonasi tomonidan, tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘r- mon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salo- matligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof- muhit bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kel- gan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Atrof-muhit monitoringini kuzatish va nazorat qilish turli usul- larda olib boriladi: aerokosmik, avtomatik laboratoriyalar, ko‘chma laboratoriyalar va h.k.
Aerokosmik usul bilan atmosfera havo massalarining yo‘na- lishi, havoning ifloslanishi, tog‘lardagi muzliklar, qorliklar rejimi, tuproq va o‘simlik qoplamlarining holati, ekinlarning o‘sishi, ularning holati hamda hosildorligi kuzatib turiladi. O‘zbekiston- ning ma’lum bir hududi aerokosmik usulda kuzatilayotganda olin- gan ma’lumotlar avtomatik ravishda tegishli tashkilotlarga uzatib turiladi.
Atmosfera havosi monitoringi O‘zbekiston hududida asosiy gidrometeorologik stansiya va postlar (avtomatik ravishda ishlaydi- gan maxsus uychalar — Post-2)da amalga oshiriladi.
Atmosfera va suv tarkibidagi zararli, ifloslantiruvchi moddalar miqdori maxsus laboratoriyalarda kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi.
Sanoat rivojlangan hududlarda maxsus kuzatish asosan sta- tsionar (doimiy), marshrutli va harakatdagi postlarda olib boriladi. Mazkur postlarda gazlarning miqdori avtomatik usulda aniqlanadi.
Suv havzalarining ifloslanishi ham muntazam ravishda kuzatib va nazorat qilib turiladi. Daryolar, kanal va kollektor suvlarining ifloslanish darajasi bir yo‘la bir necha joylarida yuqori qismida, sanoat markazlari va shaharlarga kirish joylarda, ichkarisida va chiqish joyida) aniqlanadi.
Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Tuproq, suv va o‘simliklardagi turli zararli chiqindilar, asosan, sanoat korxonalari atrofida, pestitsidlar ekinzorlar va ular hududidagi suv havzalarida kuzatiladi va nazorat qilib turiladi.
Sug‘oriladigan hududlarda tuproqning sho‘rlanishi bo‘yicha kuzatish va nazorat amalga oshiriladi. Kuzatish va nazorat ma’lu- motlari yilda ikki marta — 1-aprel va 1-oktabrda yig‘iladi.
Yaylovlar asosan aerokosmik usulda kuzatiladi va nazorat qilib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |