Bilimingizni sinab ko‘ring:
Landshaftlarning o‘zgarishi deb nimaga aytiladi?
Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida antropogen landshaftlarning qanday turlari vujudga keladi?
O‘zingiz yashab turgan joydagi madaniy landshaftlar ro‘yxatini tuzing.
Landshaftlar o‘zgarishiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
Landshaftlarning o‘zgarish darajasi jadvalini tuzing.
b o b
GEOGRAFIK BAHOLASH
Aziz o‘quvchilar! Sizlar ushbu bobda quyidagi mavzular bilan tanishasiz. Baholash, baholash bosqichlari, baholash usullari, yer, iqlim va rekreatsiya resurslarini baholash.
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuq- tayi nazaridan qulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash nati- jasida biror hududning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish, uy-joy, yo‘l qurilishi va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi. Mavzuni o‘rganish davomida geografik baholash usullari va tabiiy muhitni turli maqsadlarda baholash masalalari haqida bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |