Kuchsiz o‘zgarish landshaftlar. Mazkur landshaftlarda ayrim komponentlargina o‘zgaradi. Masalan, cho‘llarda o‘simliklar va hayvonlarning ayrim turlari o‘zgarishi mumkin. Ammo kompo- nentlar orasidagi bog‘liqlik buzilmagan bo‘ladi.
O‘rtacha o‘zgargan landshaftlar. Bunda komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va uyg‘unlik buziladi. O‘simlik, tuproq, relyef va hayvonot dunyosi o‘zgaradi. Yaylovlar yaroqsiz holga keladi va begona o‘tlar katta maydonni egallaydi.
Kuchli o‘zgargan landshaftlar. Bunda barcha tabiat kompo- nentlarining yangi sharoitga moslashgan aloqalarining vujudga ke- lishi ro‘y beradi. Oqibatda, taqir va taqirli tuproqlarda, botiqlarda sho‘rxoklar yoki botqoqlar taqirli tuproqlarning cho‘l qum tup- roqlariga aylanishi kuzatiladi. Yaylovlarda hosildorligi kam, ikki- lamchi o‘simliklar keng tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |