“Domino” o‘yini. O‘qituvchi ertakdan biron so‘z aytadi,
o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi
harfda tugasa, o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni aytishi
kerak. Masalan: badavlat – tinimsiz – ziyofat – takabburona – ataylab –
boy – yig‘in – novvot….
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan gaplarni matndan topib
o‘qishadi yoki ularning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aytishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, bugun biz “Bolalar gurungi” ertagining 2-qismi bilan
tanishamiz.
Ertakni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘quvchilar diqqat bilan eshiti-
shadi. So‘ng notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |