«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
Jadvalni  to‘ldiring. 
Quyosh spektrining tarkibiy 
qismlari
Hayvonlar uchun 
ahamiyati
O‘simliklar uchun 
ahamiyati
Ultrabinafsha nurlar
Ko‘rinadigan nurlar
Infraqizil nurlar


53
5.  Ekologik  guruhlarga  mansub  o‘simliklarni  jadvalga  yozing. 
O‘simliklarning ekologik guruhlari
Yorug‘sevar o‘simliklar Soyaga chidamli o‘simliklar
Soyasevar o‘simliklar
9-§. HARORAT – MUHITNING ABIOTIK OMILI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
  Botanika  va  zoologiya  darslarida 
olgan bilimlaringiz asosida haroratning urug‘larning unishi, hayvonlarda 
sodir  bo‘ladigan  hayotiy  jarayonlar,  hayot  faoliyatiga  qanday  ta’sir 
ko‘rsatishini  misollar  bilan  tushuntiring. 
Harorat
  ekologik  omil  sifatida  tirik  organizmlar  hayotida  muhim  o‘rin 
tutadi,  hayvon  va  o‘simliklar  hayotida  moddalar  almashinuvi,  biokimyoviy 
va  fiziologik  jarayonlarning  sodir  bo‘lishi  va  tezligiga  ta’sir  qiladi.  Tirik 
organizmlarning  Yer  shari  bo‘ylab  tarqalishida,  ularning  xulq-atvori,  xatti- 
harakatlarining  namoyon  bo‘lishida  harorat  katta  rol  o‘ynaydi. 
Harorat  sutka  davomida  yil  fasllari  bilan  bog‘liq  holda  mavsumiy 
hamda  geografik  zonallik  jihatdan  o‘zgaruvchan  omildir.  Tirik  organizm 
uchun  haroratning  chidamlilik  chegarasi  oqsillar,  hayotiy  muhim  fermentlar 
faoliyatining  buzilishiga  –  denaturatsiyasiga  olib  keluvchi  harorat  bilan 
belgilanadi. 
Harorat  0°C  dan  pasayganda  suvning  muzlashi  tufayli  muz  kristallari 
hosil  bo‘ladi,  bu  esa  o‘z  navbatida  hujayra  membranasining  shikastlanishiga 
hamda  hujayraning  nobud  bo‘lishiga  olib  keladi. 
Turli organizmlar normal hayot kechirishi mumkin bo‘lgan harorat o‘rtacha 
0°C  dan  +50°C  gacha  hisoblanadi.  Ammo  sayyoramizda  organizmlar  hayot 
faoliyati  katta  harorat  diapozonida  kechadi.  Quruqlikda  eng  minimal  harorat 
–70°C,  maksimal  harorat  +55°C,  dengizda  minimal  harorat  +3°C,  maksimal 
harorat  +35°C  ga  teng  bo‘lsa,  chuchuk  suvda  esa  qishda  +5°C  dan  +7°C 
gacha,  yoz  oylarida  +20°C  dan  +35°C  gacha,  geotermal  (yunoncha  «geo»  –  
yer,  «terme»  –  issiq)  suv  manbalarida  +25°C  dan  +90°C  gacha  bo‘ladi. 
Ba’zi  organizmlar,  masalan,  ayrim  bakteriyalar,  ko‘k-yashil  suvo‘tlar 
issiq suv havzalarida, yopishqoq lishayniklar sporalari, cho‘l o‘simliklarining 
urug‘lari,  vegetativ  organlari  qizib  yotgan  tuproqqa  bardoshlidir. 


54
O‘ta  sovuq  haroratga  chidamli  o‘simlik  va  hayvon  turlari  ham 
mavjud.  Ayrim  suvo‘tlar,  chuvalchanglar,  molluskalar,  qisqichbaqa-
simonlar,  baliqlar,  kurakoyoqli  sutemizuvchilarning  hayotiy  faoliyati  
0°C  dan  +2°C  da  kechadi.
Termoregulatsiya  jarayoni  usullariga  hamda  harorat  omiliga  moslanish 
darajasiga  ko‘ra  organizmlar  ikki  guruhga:  poykiloterm  (sovuqqonli)  va 
gomoyoterm  (issiqqonli)  organizmlarga  ajratiladi.
Poykiloterm
  organizmlar  (yunoncha  «poykilos»  –  o‘zgaruvchan, 
«therme»  –  issiqlik)  –  tana  harorati  tashqi  muhit  haroratiga  bog‘liq  ravishda 
o‘zgaruvchi  organizmlardir.  Ularga  umurtqasiz  hayvonlar,  baliqlar,  suvda 
hamda  quruqlikda  yashovchilar,  sudralib  yuruvchilar  kiradi.  Ular  tana 
haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi, 
bu  organizmlarda  boradigan  fiziologik  jarayonlar  –  moddalar  almashinuvi, 
nafas  olish,  qon  aylanish  tezlashishiga  sabab  bo‘ladi,  organizmning  o‘sish, 
rivojlanish  va  ko‘payish  sur’ati  ortadi.  Haroratning  pasayishi  organizmlarda 
moddalar  almashinuvining  sustlashishi,  ayrim  turlarning  karaxt  holga  kelishi, 
uyquga  ketishi,  ba’zi  hollarda  nobud  bo‘lishiga  olib  keladi.
Gomoyoterm
  organizmlar  (yunoncha  «gomoyos»  –  o‘xshash,  bir 
xil,  «therme»  –  issiqlik)  –  tana  haroratini  tashqi  muhit  haroratiga 
bog‘liq  bo‘lmagan  holda  nisbatan  doimiy  holatda  saqlashga  moslashgan 
organizmlardir.  Ularga  qushlar  va  sutemizuvchilar  kiradi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish