«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


-§. QURUQLIK-HAVO, TUPROQ, TIRIK ORGANIZMLAR



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

6-§. QURUQLIK-HAVO, TUPROQ, TIRIK ORGANIZMLAR  
YASHASH MUHITLARI SIFATIDA
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
.  Zoologiya  o‘quv  fanidan  sizga 
ma’lum  bo‘lgan  quruqlik-havo  va  tuproq  muhitlarida  yashovchi 
hayvonlarga  misollar  keltiring. 
Quruqlik-havo muhiti.  
Quruqlik-havo muhitining o‘ziga xos jihatlaridan 
biri,  bu  muhitda  yashovchi  tirik  organizmlar  quruqlikda  harakatlangani 
bilan,  ularning  hayoti  bevosita  havo  muhiti  bilan  ham  bog‘liq.  Havo  gazlar 
aralashmasidan  iborat.  Havo  tarkibida  gazlar  miqdori  nisbatan  doimiy 
bo‘lib, 78,08% i azot, 20,9% i kislorod, 1% i inert gazlar, 0,03% i karbonat 
angidrid  gazlaridan  tashkil  topgan.  Atmosfera  tarkibidagi  kislorod  taxminan 
bundan  2,5  mlrd  yil  oldin  hosil  bo‘lgan.  Bu  jarayonda  quruqlik  va  suv 
muhitidagi  o‘simliklarda  sodir  bo‘ladigan  fotosintez  jarayoni  muhim  rol 
o‘ynagan.  Karbonat  angidrid  va  suv  ishtirokida  o‘simliklar  hujayrasida 
organik  moddalar  hosil  bo‘ladi  va  atmosferaga  kislorod  ajralib  chiqadi. 
O‘simliklar,  hayvonlar  va  aerob  mikroorganizmlar  uchun  havo  zarur 
omillardan  biri  hisoblanadi.  Tuproq  hayvonlar  harakatlanishi  uchun  substrat 
vazifasini  o‘taydi,  o‘simliklar  esa  ildizlari  yordamida  tuproqqa  birikadi,  suv 
va  unda  erigan  mineral  tuzlarni  shimadi. 
Havoning zichligi suvnikidan ancha past bo‘lgani sababli tirik organizmlar-
ning Yer  yuzi  bo‘ylab  harakatlanishiga  qarshiligi  deyarli  sezilmaydi  va  suv 
muhitidan  farq  qilib,  organizmlar  uchun  tayanch  vazifasini  bajara  olmaydi 
(havoda  uchadigan  hayvonlar  bundan  mustasno).  Havo  zichligining  past 
bo‘lishi  quruqlikda  atmosfera  bosimining  nisbatan  past  bo‘lishini  belgilaydi 
(760  mm  simob  ustuniga  teng).  Undan  tashqari,  havoning  shaffofligi  suv 
muhitiga  nisbatan  ancha  yuqori  (6-rasm). 
Quruqlik-havo  muhitida  tirik  organizmlarga  ta’sir  ko‘rsatadigan  ekologik 
omillar  ham  bir  qancha  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi. 
Quruqlik-havo  muhitida  yorug‘lik  kuchliroq  ta’sir  qiladi,  harorat  va  namlik 


31
geografik  hudud,  yil  mavsumi  va  kunning  turli  vaqtlariga  bog‘liq  holda 
juda  o‘zgaruvchan.  Havo  massalari  gorizontal  va  vertikal  yo‘nalishlarda 
harakatlanishi  tufayli  yana  bir  ekologik  omil  –  shamolni  keltirib  chiqaradi. 
Havo  boshqa  ekologik  omillar  kabi  tirik  organizmlarga  bevosita  va 
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning bevosita ta’siri ekologik jihatdan ahamiyatga 
ega  emas. 
Havoning  bilvosita  ta’siri  shamol  orqali  amalga  oshadi,  chunki  shamol 
harorat  va  namlik  kabi  muhim  ekologik  omillarning  ta’sir  xarakterini 
o‘zgartiradi  va  organizmlarga  mexanik  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bir  yo‘nalishda 
esadigan  kuchli  shamollar  o‘simliklarning  novdasi,  poyalarini  egishi 
natijasida ularni shamol yo‘nalishi tomon burilib o‘sishiga, ayniqsa daraxtlar 
shox-shabbalarining  shakli  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Shamol  o‘simliklardagi 
transpiratsiya jarayonini tezlashtiradi, shuningdek, o‘simliklarning changlani-
shida katta ahamiyatga ega. Shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar –  
6-rasm. 
Quruqlik-havo muhiti tirik organizmlari.


32
anemofill  (yunoncha  «anemos»  –  shamol,  «filiya»  –  yaxshi  ko‘raman) 
o‘simliklarda  evolutsiya  jarayonida  bir  qancha  moslanish  belgilari  paydo 
bo‘lgan.  Havo  oqimlari  hayvon  va  o‘simliklarning  Yer  yuzi  bo‘ylab 
tarqalishiga  imkon  beradi.  Shamol  o‘simlik  urug‘lari  va  mevalarining  uzoq 
masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. Siz botanika o‘quv fani orqali meva va 
urug‘lari  shamol  yordamida  tarqaladigan  o‘simliklar  –  anemoxor  (yunoncha 
«anemos»  –  shamol,  «chorea»  –  tarqalish)  o‘simliklarda  ham  bir  qancha 
moslanishlar  yuzaga  kelganligini  bilasiz. 
Quruqlik-havo muhiti uchun geografik kengliklar va mintaqalar xos bo‘lib, 
Yer  sharining  turli  mintaqalarida  iqlim  sharoitlarining  turlicha  bo‘lishi,  har 
bir  iqlim  mintaqasidagi  o‘ziga  xos  o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosida  aks 
etadi.  Quruqlik-havo  muhiti  cho‘l,  dasht,  o‘rmon,  g‘or,  botqoqlik,  tekislik 
va  tog‘lar  kabi  xilma-xil  yashash  muhitlari  bilan  xarakterlanadi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish