233
ATAMALAR IZOHI
Abiotik omillar
(yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik orga-
nizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy
qismlari.
Agroekosistema
(yunoncha – «agros» – dala) inson tomonidan qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar.
Adaptatsiya
(lot. «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan
yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi.
Allogenez
(yunoncha – «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish) orga-
nizm larda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi-xususiyatlar asosida
xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish.
Do'stlaringiz bilan baham: