«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

75-rasm. 
Ayirish organlari filogenezi.


230
jinssiz  ko‘payish  gallanish  orqali  amalga  oshadi.  Yassi  chuvalchanglar  – 
germafrodit. Ayniqsa  parazit  chuvalchanglarda  jinsiy  sistema  kuchli  taraqqiy 
etgan. To‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, 
ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklarida –  
bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bo‘ladi. Urg‘ochilari yirikroq 
bo‘lib,  ularda  ikkita  tuxumdon,  tuxum  yo‘li  va  bachadon  mavjud.
Halqali  chuvalchanglardan  ko‘p  tuklilar  ayrim  jinsli,  jinsiy  dimorfizm 
kuzatilmaydi.  Metamorfoz  bilan  rivojlanadi.  Kam  tuklilar  germafrodit  (ikki 
jinsli),  lekin  ikkita  chuvalchang  bir-birini  urug‘lantiradi. 
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatil-
maydi.   
Bo‘g‘imoyoqlilar  vakillarining  barchasi  ayrim  jinsli  hayvonlar  bo‘lib, 
jinsiy  dimorfizm  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Qisqichbaqasimonlar  va 
hasharotlar  metamorfoz  bilan  o‘rgimchaksimonlar  esa  (kanalardan  tashqari) 
metamorfozsiz  rivojlanadi. 
Boshskeletsizlar  ayrim  jinsli  hayvonlar  bo‘lib,  jinsiy  a’zolari  juft-juftdan 
jabraoldi  bo‘shlig‘ida  joylashgan.  Yetilgan  jinsiy  hujayralar  jabraoldi 
bo‘shlig‘idan  suvga  chiqariladi  va  suvda  urug‘lanadi. 
Baliqlar  ayrim  jinsli  hayvonlar  (faqat  dengiz  olabug‘asi  germafrodit). 
Jinsiy  hujayralar  suvda  urug‘lanadi.  Ayrimlarida  esa  ichki  urug‘lanish  va 
tirik  tug‘ish  kuzatiladi.  Jinsiy  dimorfizm  yaxshi  rivojlangan. 
Suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarning  erkaklarida  bir  juft  urug‘don 
bo‘lib,  buyrak  yaqinida  joylashgan.  Urug‘donlardan  boshlanadigan  chiqarish 
nayi,  siydik  nayi  orqali  tashqariga  ochiladi.  Urg‘ochilarning  bir  juft 
tuxumdonlari  tana  bo‘shlig‘ida  joylashgan.  Yetilgan  tuxumlar  tuxum  yo‘lida 
shilimshiq  qobiq  bilan  o‘ralib  kloakaga,  u  yerdan  tashqariga  chiqariladi. 
Tashqi  urug‘ lanish  va  metamorfoz  bilan  rivojlanish  kuzatiladi. 
Sudralib  yuruvchilarning  jinsiy  organlari  erkaklarida  bir  juft  urug‘don 
va  urug‘  nayi,  urg‘ochilarda  esa  bir  juft  tuxumdon  va  tuxum  yo‘lidan 
iborat.  Ulardan  boshlab  ichki  urug‘lanish  boshlanadi,  ya’ni  tuxum  hujayra 
va  spermatozoidning  qo‘shilishi  tuxum  yo‘lida  sodir  bo‘ladi.  Urug‘langan 
tuxum  oqsilli  bo‘lib,  ohak  po‘st  bilan  o‘ralib  kloakaga,  u  yerdan  esa 
tashqariga chiqariladi. Metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi. 
Sudralib  yuruvchilarda  ichki  urug‘lanish  embrionning  rivojlanishi  uchun 
zarur bo‘lgan oziqqa ega va qalin po‘choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi 
aromorfozlardan  biri  sanaladi. 
Qushlarning  erkagida  bir  juft  urug‘don  va  bir  juft  urug‘  yo‘li  bo‘lib, 
kloakaga  ochiladi.  Urg‘ochilarida  bitta  tuxumdon  va  tuxum  yo‘li  bo‘lib, 


231
tuxum  hujayra  tuxum  yo‘lida  urug‘lanadi.  Tuxum  yo‘lida  ohak  po‘choq 
bilan  o‘ralib,  kloaka  orqali  tashqi  muhitga  chiqariladi.  Tuxum  hujayrasida 
sariqlikning  miqdori  ko‘p,  metamorfozsiz  rivojlanadi  va  jinsiy  ko‘payish 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  instinktlar  yaxshi  rivojlangan. 
Sutemizuvchilarning  erkaklarida  bir  juft  urug‘don,  urg‘ochilarida  bir 
juft  tuxumdon,  tuxum  yo‘li  va  bachadon  bo‘ladi.  Tuban  sutemizuvchilarda 
bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust rivojlangan yoki rivojlanmagan 
bo‘ladi.  Urug‘langan  tuxum  hujayra  ona  qornida  –  bachadonda  rivojlanadi. 
Homiladorlik  muddati  homilaning  soniga  va  yashash  muhitiga  bog‘liq. 
Barcha  sutemizuvchilarda  jinsiy  dimorfizm  kuchli  rivojlangan  bo‘lib, 
urg‘ochilari  bolasini  sut  bilan  boqadi. 
Shunday  qilib,  evolutsiyada  ayirish  va  jinsiy  sistema  qoldiq  moddalarni 
va  jinsiy  mahsulotlarni  ayirish  funksiyasini  bajarib,  embrional  taraqqiyot 
davrida  mezodermadan  rivojlanadi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish