Detrit tipidagi oziq zanjiri
– detritdan boshlanadigan va detritofag, redutsentlar
hamda mineral moddalar bilan tugallanadigan oziq zanjiri.
Divergensiya
(yunoncha – rad etish, ajralish) – turli xil ekologik muhitda yashovchi,
kelib chiqishi yaqin bo‘lgan organizmlar va ularning guruhlarida belgilarning ajralishi.
Genlar dreyfi – populatsiya genofondida genlarning uchrash chastotasining
tasodifiy va kutilmaganda o‘zgarishi.
Tirik modda – Y
erda tarqalgan barcha tirik organizmlarning yig‘indisi.
Zakazniklar
– insonning xo‘jalik faoliyati vaqtinchalik taqiqlangan, davlat
tomonidan himoya qilinadigan hududlar.
Qo‘riqxona
– insonning xo‘jalik faoliyati butunlay taqiqlangan maxsus muhofaza
qilinadigan hudud.
Optimum
(lotincha – «optimus» – eng yaxshi) – omilning organizm o‘sishi,
rivojlanishi va ko‘payishi samarali kechadigan diapozoni.
Zoosenoz
(yunoncha – «zoo» – hayvon, «koitios» – umumiy) – ma’lum bir
biotopda yashovchi hayvonlar populatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |