1.2. Misr hududidagi ilk kutubxonalar – Tell-el Amarna va Aleksandriya
kutubxonalari faoliyati va inqirozi sabablari
Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil
deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1kmdan 20km. gacha) aytiladi.
Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb
atalgan. (“Yegipet” nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha “Xetkau-Ptax”
yoki Xikupta “Xudo Ptaxning ruhi qal’asi” ma’nosini bildiradigan so’zdan kelib
chiqqan). Misrliklar o’z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli
yeriga qarab Kemet-“qora yer” deb ataganlar.
43
Misr Afrika qit’asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo’yni
orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog’langan. Misr Nil daryosi
orqali Tropik Afrika va O’rtayer dengiziga tutashgan.
Gerodot “Misr-Nilning sovg’asi”-deya ta’riflaydi.
44
Chunki Nil daryosi Misr
iqtisodiy hayotida yetakchi o’rin tutgan. Nilda har yili 19-iyunda toshqin
ko’tarilgan. Bu toshqin sentabr o’rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o’z
o’zaniga tushgan.
43
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B.15
44
Murray S. A. The library: Alexandria. –New York: ”Skyhorse Publishing”, 2009. –P. 17
33
Misr madaniyati. Misr madaniyati to’rt ming yil davomida shakllandi.
45
Misr
arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv
podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi mil. avv XXV-XXIV asrlar)
topilgan.
46
Qadimgi Misrdan boy adabiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti
namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar-“Axtoy nasihatnomasi”, “Amenemope
nasihatnomasi”, “Ipuser so’zlari”, badiiy adabiyot namunalari-“So’zamol dehqon
to’g’risidagi qissa”, “Sinuxet hikoyalari” va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar-
“Ikki aka-uka to’g’risida”, “To’g’ri va egri” haqida, “Kemada halokatga
uchraganlar” ertagi, “Unu Amonning Biblga sayohati” kabilar. Diniy ruhdagi
asarlar-V-VIII sulola fir’avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan
tasvirlangan yodgorliklar bo’lib, ular “Piramida matnlari” deb ataladi. Diniy
yozuvlarlar O’rta podsholik davrida zodagonlarning yog’och sag’analarida bitilgan
“Sarkofaglar matnlari”, qadimgi Misr diniy bosh kitobi hisoblangan “O’liklar
kitobi”, Memfis ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat. Tibbiyot, matematika
papiruslari. Ebers katta papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi Misrda
ilmiy bilimlarni rivojlangani to’g’risida ma’lumot beradi.
47
Aleksandriya kutubxonasi. Aleksandriya Saroy kutubxonasi qadimgi
dunyodagi eng katta kutubxonalar ichida birinchilardan hisoblanadi. Bu kutubxona
muzalar-9ta ma’budalar sharafiga bunyod ettirilgan.
48
Misr O’rta yer dengizi
qirg’og’ida joylashgan bo’lib, uning so’lim shaharlaridan biri Aleksandriya shahri
edi va bu shahar o’zining yirik kutubxonasi va madaniyat markazi bilan mashhur
bo’lgan. Kutubxona Buyuk Aleksandr Makedonskiy tomonidan tashkil etilgan,
undan so’ng esa voris bo’lib (Ptolemey I Soter o’zini voris deb hisoblardi)
Ptolemey I Soter kutubxonani boyitishga, saqlab qolishga harakat qildi. Bu buyuk
dargoh Ptolomey sulolasi davrida gullab-yashnagan va o’zining eng yuqori
cho’qqisiga chiqgan. Bu yer kutubxona bo’lsa ham aslida, juda ham katta ilmiy-
45
Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B.12
46
Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.–P. 17
47
MacLeod, Roy. The Library of Alexandria: Center of Learning in the Ancient World. –New York: “University of
Cambridge Press”,2005. –P. 17
48
Erksine, Andrew. Culture and Power in Ptolemaic Egypt: The Museum and Library of Alexandria. – London:
”Oak Knoll Press”, 1995. –P. 38
34
tadqiqot markazi edi va uning bir qismi Aleksandriya muzeyi edi. Shu bilan birga,
dunyoning eng mashhur mutafakkirlari to’plangan, o’zaro suhbatlar qilgan,
ma’ruza xonalarida talabalarga ma’ruzalar o’qiganlar.
49
Ha, edi… Kutubxonaning
taqdiri ko’plab gumonlar ostida qolgan, ya’ni shunday mahobatli kutubxona qay
yo’sinda yo’qlikka mahkum bo’lgani hamon sir bo’lib qolmoqda. Keling, yaxshisi,
eng birinchi, kutubxona yo’qolishiga emas, uni qanday qilib shu qadar cho’qqiga
chiqqani to’g’risida fikr yuritsak.
Buyuk Aleksandr vafotidan so’ng kutubxona qarovsiz qoldi, unga
jonkuydiradigan o’sha vaqtlarda faqatgina Arastu bo’ldi, uning ko’plab yelib-
yugurishlari natijasida kutubxona saqlanib qolindi, endigi vazifa to’plamlarni
ko’paytirish, yig’ish edi, bu yo’lda unga shogirdi Dimitriy Falerus yaqindan
yordam berdi.
50
Boshqa bir manbada kutubxona tarixi haqida Rimda yashagan va
o’sha yerda o’z faoliyatini olib borgan Tiberius Klavdiy Balbilusning (taxminan
milodiy 79-yil) lotin yozuvida yozilgan “Aleksandriya kutubxonasi” nomli
hisobotida yozib qoldirgan manbasi juda ham qadrli va muhim. Bu kitob
afsonalarga qorishtirib yozilgan bo’lsa ham, ammo aslida, Misr hukmdoriga yaxshi
ko’rinish uchun bitilgan asar hisoblanadi.
Aristesning xatidan ma’lum bo’lishicha, kutubxonani dastlab Aleksandr
Makedonskiy barpo qilgan vafotidan so’ng taxminan, mil. avv 180-145-yillarda
Faleron Dimitriy tomonidan kutubxona faoliyatini yuritgan. Undan keyin Ptolemey
I Soter (taxm. mil. avv 323-283 ) hukmronligi ostida Arastu kutubxonaga bosh-
qosh bo’ladi. Boshqa ayrim manbalarda Ptolemey I Soterning o’g’li Ptolemey II
(mil. avv 283-246 ) davrida kutubxona o’z faoliyatini boshidan boshlagan degan
fikr bor. Qirollik madaniyatini yuksaltirish uchun Ptolemey II Rodos va Afina
shaharlarini mas’ul qilib qo’yadi, bu haqida Galen o’z asarlarida ham keltiradi,
“o’zga mamlakatlardan olib kelingan kitoblarning bari portdagi kemalarga
to’planardi, ularni olib kelib kutubxona ro’yxatidan o’tkazish Rodos va Afina
shaharlariga Ptolemey II tomonidan topshirilgandi” degan yozuvlar mavjud.
49
Staff Report. What happened to the great Library of Alexandria? Berlin: “The Straight Dope”, 2005. –P. 25
50
Orosius, Paulus. The Seven Books of History Against the Pagans. –Washington: ”Catholic University of
America”, 1964. –P. 22
35
Bir kuni Aleksandriyaga Ptolemey III keladi va kutubxona bilan yaqindan
tanishadi hamda o’sha kuniyoq “Butun shahar ahli qo’lidagi jamiiyki kitoblarni,
o’rog’liq qog’ozlarni, xullas, barcha yozuvlarni olib kelib kutubxonaga
topshirishni, chiroyli yozishni bilgan xattotlat esa ularni tezlikda qaytadan yozib
kitob javonlariga foydalanishga qo’yishni va yana bu ishga savdogar-u sayyohlarni
ham jalb qilib ular har sayohatga, savdo-sotiq ishlariga borganda o’sha joylarning
ham qo’lyozmalaridan, kitoblaridan olib kelib topshirish” bo’yicha farmoyish
beradi. Chindan bu tadbir kutubxona fondiga juda ham katta foyda keltiradi.
Endilikda javonlar to’lib kitoblarni qo’ygani joy topilmay qoladi. Shunda xalq
Serapis ibodatxonasidagi ulkan zalga qolgan kitoblarni joylash to’g’risida
imperatorga iltimos bilan chiqadilar, ularning so’zlari inobatga olinadi. (Bu
ibodatxona iloh Serapis sharafiga bunyod etilgan edi). Serapisdagi kutubxona
“Qizim” deb atalardi. U yerdagi kitoblar asosan, papirus kitoblar edi.
51
Boshqa
manbaalarda esa, mil. avv 300-yilda kutubxonaning asosiy fondi papiruslarga,
pergament qog’ozlarga yozilgan,”
52
deb keltiriladi. Hozirgi kungacha kutubxonada
qancha kitob jamlangani noma’lum lekin tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga
ko’ra hamda kutubxona joylashgan joyning hajmini o’rganilgandan va u haqidagi
turli-tuman manbalarni ko’rib chiqgandan so’ng shu xulosaga kelishganki,
kutubxonada 40.000 bilan 400.000 orasida kitoblar saqlandan bo’lishi kerak.
53
Yana boshqa ma’lumotlarda Qirol Ptolemey II Filadelfus (mil. avv 309-246)
davrida kutubxonadagi to’plamlar 500,000 o’rog’liq pergament qog’ozga yetgani
ham manbaalarda bor, undan tashqari, 200.000 kitoblarni Mark Antoniy
Kleopatraga to’y sovg’asi qilib bergan, shu uchun ayrim tarixchilar kutubxona
to’plami 200.000 dan iborat degan xulosaga ham kelganlar. Ayrim tadqiqotchilar
esa, noma’lum yoki kutubxona kitoblari behisob deb jar soladilar. Lekin Galen
Aleksandriyaga kelganda kemadan tushiboq kutubxonaga shoshganligini afsonaviy
kutubxonani o’z ko’zi bilan ko’rish uchun qushday uchib kelganini va kitoblarni
o’zi ro’yxatga olib sarhisob qilishga tushib ketganini va nixoyat, kitoblarning
51
Parsons, Edward. The Alexandrian Library. –London: “History Magazine”, 1952. –P. 52
52
David Hart. The Myth of the Great Library. – Mexico: “Mehico history publishing”, 1999.–P. 11
53
Krasner–Khait, Barbara. Survivor: The History of the Library. –London: ”History Magazine”, 2012. –P. 6
36
hajmi 500.000 dan ham ortiq ekanligini o’z kundaligiga qayd etib o’tgan”,
deyiladi.
Kutubxonaning qurilish loyihasining rejalari aniqligi manbaalardan ma’lum,
yunoncha ustunlar qo’yib tiklangan ulkan kutubxonaning joylashgan xonalari
quyidagicha bo’lishi kerak edi va shunday ham bo’ldi- uchrashuv xonalari,
mehmon xonalar, bir nechta ma’ruza zallari, ommaviy ovqatlanish va kichikroq,
bir-ikki kishi ovqatlanadigan xonalari dam olish xonalari bo’lgan, tashqarida esa
xushmanzara bog’ bo’lgan, kutubxondan chiqqanda o’ng tomonda kutubxona
olimlari, tadqiqodchilarining yotoqxonalari joylashgan va alohida bir bo’lim
bo’lib, bu yer zamonaviy til bilan aytganda, hujjatlarni kataloglashtirish bo’limi
edi, uning biqinida esa, o’sha yumush bilan shug’ullanuvchi hodimlarning alohida
ovqatlanish bo’limi joylashgandi. Yana kutubxonaning asosiy bo’limiga qaytsak,
kutubxona bo’limlarga ajratilgan bo’lib, birinchi zal “A” zal deb nomlangan va
tepa qismiga “Shirin jon davolash bo’limi” deb o’yib yozib qo’yilgandi. Har bir
bo’limdagi kitoblar tartib bilan javonlarga terib chiqilar va doimoiy nazorat qilib,
ro’yxatga olib borilardi. Hech bir bo’limdagi kitoblar bir-biriga qo’shilib
ketmagan, misol, klassik mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika,
geometriya, muhandislik, geografiya, fiziologiya va tibbiyot fanlariga doir
kitoblari alohida javonlarga joylangan.
54
Bu maskanning nomi kutubxona ediyu
qiladigan ishlari esa… Kutubxonaning o’zida joylashgan Aleksandriya muzeyida
ham ulkan tadqiqot ishlari olib borilardi, masalan, hayvonlarni, o’simliklarni
o’rganish uchun maxsus bino qurilgan va qiziqqan har qanday tadqiqotchi amaliyot
o’tashlari mumkin edi. Yana muzeyda Yevklid, Arximed, Eratoszenes, Herophilus,
Erasistratus, Gipparx, Adesiya, Toj, Zeon va Samos Aristarxlarning ixtirolari
ko’rgazma uchun chiroyli qilib bezatilib qo’yilgan edi.
Karlton Velch Aleksandriya kutubxonasini tashqi qiyofasini quyidagicha
tasvirlaydi: “Bu dargoh juda ham biz uchun muqaddas bo’lib uning ko’rinishi
quyidagicha, marmar bilan qoplangan juda ham mahobatli ustunlar, ustunlarning
54
Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism. –New York: “University of
Cambridge Press”, 1999. –P. 117
37
har biri turlicha ranglarda jilolanar va kutubxonaga kirish qismining eng yuqori
qismiga mix bilan mahkamlab, oltin suvi bilan bizning rahnamoyimiz
Ptolomeyning so’zlari bitib qo’yilgan. Kutubxona muzeyga qo’shni va yoki
ikkalasi bir joyda joylashgan deyishimiz mumkin. Aleksandriya kutubxonasi
kutubxonalarning “Ona”sidir.
55
Bu yer keng devorlar, keng zallar bilan qoplangan 10ta ulkan zaldan tashkil
topgan bo’lib, Gretsiya xalqining eng buyuk daholari tomonidan yozib qoldirilgan
hikmatlar, buyuk kitoblar, qo’lyozmalar kutubxonaning asosiy fondidir. Yana bu
maskanda jiddiy tadqiqotlar bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kimki bo’lsa, u talaba
bo’ladimi, oddiy fuqoro yoxud olimmi, bari uchun imkoniyat bor va kichik xona
aynan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan xona edi”. Mana shu keltirilgan so’zlar
o’z isbotini topdi – 2004-yilda Polsha-Misr tadqiqotchilari birlashib Bruchion
viloyatida qazishma ishlarini olib bordi va kutubxonaning ma’lum bir qismini bor
ekanligi haqidagi dalillarni-13ta ma’ruza zallarni markaziy qismini, ustunlarning
qoldiqlarini topishdi. Ma’lum bo’lishicha topilgan “ma’ruza xona”larining har
biriga 5000 talaba sig’gan.
56
Kutubxonaning mashhur bo’lib ketishi haqida qanchalik ko’p ma’lumot
bo’lsa, Yer yuzidan yo’q bo’lib ketishi xususida shu qadar oz, turli-tuman
afsonalar, yolg’onlardan tortib tuxmatlargacha ma’lumotlar bor. Faqat shu
ma’lumki, kutubxona johil insonlar tomonidan vayronaga aylantirilgan. Shunisi
qiziqki, kutubxona yo’qolishiga doir o’sha zamonda yashagan ko’plab olimlarni
bilamiz va har qaysisining qaysidir ma’noda bizning zamonamizga qadar kitoblari,
qo’lyozmalari yetib kelgan, biz ularni o’rganib ham chiqdik biroq olimlarning
xulosalari bir-birinikidan farq qilishiga guvoh bo’ldik. Mana ularning fikrlaridan
ba’zi bir jumlasini sizlarning e’tiboringizga ham havola etamiz:
1.Seneka (mil. 49) u buyuk kutubxona haqida birinchi yozuvchilardan edi,
uning yozishicha, (u kutubxonaning yo’qolganiga qariyb 100 yil bo’lganda
topilgan manbaadir) 40,000 kitoblar yoqib yuborilgan edi, deydi. Lutsius Anneus
55
David C. The Great Library of Alexandria. Lindberg: “University of Chicago Press”, 1980. –P. 5
56
Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. –New York: “Skyhorse Publishing”,1928. –P. 14
38
Seneka faylasuf, shoir, yozuvchi, davlat arbobi, Rim stoisizmining eng ko’zga
ko’ringan vakili. Imperator Neronning o’qituvchisi edi.Uning laqabi "Yosh
Seneka" edi biroq, ko’p hollarda bu shunchaki, Seneka deyilar va "Seneka" sifatida
tanilgandi.
2.Plutarx (taxm. 117) olov katta kutubxonaning vayron bo’lishiga asosiy
“sababchidir” deya o’z fikrini bildirgan.
3.Aulus Gellius (mil. 123-169) Aleksandriya durdonalarini so’nggi vaqtlarda
qoplarga solinib olib chiqildi, Quyoshda 700.000 hajmdagi barcha o’rog’liq
hujjatlar qoldirildi, ularga putur yetdi va olovga sabab bo’ldi, natijada kutubxona
kultepaga aylandi, deydi.
4.Dio Kassius (155-235) g’animlar tomonidan donlar-bug’doylar kitoblarning
ichiga omborxonalar orqali olib kirildi va yoqib yuborildi, deydi.
5.Ammianus Marcellinus (mil. 390) Aleksandriya shahrining marvaridi
bo’lmish kutubxonaning 70,000 hajmdagi o’rog’liq qo’lyozmalari, 40.000
hajmdagi noyob kitoblari yoqib yo’q qilindi, buni kim qilganini biz hali-hamon
aniqlayolmadik, zero, bu qilmishi uchun ilohlar u kishini tinch qo’ymas, deydi.
6.Orosius (taxm. 415) yozuvchi, bir o’zi tanxolikda yashagan, u Ammianus
Marcellinusning so’zlarini tasdiqlaydi va qo’shimcha qilib “bu so’zlarni Seneka
ham tasdiqlaydi, deydi.
Kutubxona yong’indan yo’q bo’lganligiga biz u qadar ko’p ishonch
bildirmadik, (to’g’ri manbalar shundan dalolat beryapti lekin baribir biz qaytadan
tadqiqot o’tkazib ko’rishga qaror qildik, zamonaviy arxeologik qurilmalarni ishga
soldik va nixoyat, shahar markazida ulkan suv ombori bo’lganini aniqladik, u
kutubxonadan unchalik uzoqda ham joylashmagandi. Shu uchun biz suv ombori
toshqini vayronaga sabab bo’lgan degan fikrga keldik.
Kutubxonadagi chet ellik olim-u fuzalolar juda ko’p yillar davomida farovon
hayot kechirdilar, qachonki, milodiy 145-yil Ptolomey VIII kelib ularning barini
nafaqat kutubxonadan, balki, shahardan ham quvib solguncha. Ayrim tarixchilar
milodiy III asrdagi fuqorolik urushlari davrida kutubxona vayron bo’lgan deydilar,
lekin kutubxona ham, muzey ham IV asrda omon bo’lganligi haqidagi isbotlar
39
mavjud. Yana ayrim tarixchilar VII asrda xalifa Umar Aleksandriya shahrini
ishg’ol qilganda, kutubxonani ham vayron qiladi, u ham yetmaganday qolgan
o’rog’liq “qog’ozlar”ni hammomlarga yoqishni buyuradi va uni nazorat qilish
uchun maxsus bir kishini ham tayinlaydi, sababini so’rashganda, Xalifa Umar
“g’ayridinlar kitobida yaxshi ma’lumotlar bo’lmaydi”, degan izohni bergan degan
da’voni o’zlariga mayoq qilib olganlar. Aslida esa, nasroniy va musulmonlar
o’rtasida nizo keltirib chiqarmoqchi bo’ladilar, Xalifa Umarni kutubxonaning
yoqishga buyurgani haqida aytarli hech qanday ishonchli manba yo’q.
57
Bunga
yana bir dalil qilib Amir ibn al-Os tomonidan yozib qoldirilgan xabarni keltirish
mumkin, Milodiy 639-yili xalifa Umar Aleksandriya shahrini bosib oladi, urush
tugagach xalifa kutubxonadagi kitoblar “Qur’oni Karimga mos kelsa qoldirilsin,
aks holda, yondirilsin” deya farmon bergan deb manba qoldirilgan. Bu xat XIII
asrda Yahyo al-Naxshi tomonidan qayta ko’chirib yozib juda uzoq muddat
saqlangan va bizning zamonamizga qadar yetib kelgan, lekin xat ko’plab olimlar
tomonidan chuqur o’rganildi va aniq bo’ldiki, bu xabar mutlaqo ishonchsiz
manba.
58
Milodiy IV asrda butparast tarixchi Ammianus va Orosiuslar halokatga Yuliy
Sezar aybdor deb esdaliklarida yozadi; nasroniy dinida bo’lgan Florus va Lukalar
esa, Sezar “Yuliy portdan turib zambaraklardan shaharga olovlarni otdi, buning
natijasida dengizga yaqin uylar va bizning sevimli parkimiz zarar ko’rdi” deb
yozadilar.
59
Yuliy Sezarni kutubxonani vayron bo’lishida asosiy aybdor sanaydilar
ammo kutubxona Yuliy Sezardan keyin ham mavjud bo’lgani haqida quyidagi
dalillarni keltiramiz.
Yuliy Sezardan keyin buyuk Aleksandriya kutubxonasining mavjudligi
haqidagi dalillar. Aleksandriya muzeyi ham, kutubxona ham milodiy 400-yilgacha
mavjud bo’lgan. Muzeyi va kutubxonasi, ayrim manbalarda bir-biridan alohida
qilib alohida tilga olinsa, aksar manbalarda ularning nomi bir aytiladi. Undan
tashqari,
Serapis
ibodatxonasidagi
kutubxona
filiali
bo’lgan
“Qizim”
57
Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism. –New York: “University of
Cambridge Press”, 1999. –P. 118
58
Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.–P. 18
59
David C. The Great Library of Alexandria. –Lindberg: “University of Chicago Press”,1980. –P. 6
40
kutubxonasida ham ko’pchilik olimlar aytib o’tganchalik u darajada ko’p kitoblar
bo’lmaganini Senekani asarlaridan ham bilib olamiz. Bu kutubxonasida kitoblar
umumiy hajmi ancha kichikroq Seneka tomonidan berilgan qator bilan mos keladi.
Bizga qadar Yuliy Sezarning “aybi” esa asosan, o’rta asr diniy olimlari tomonidan
yozib qoldirilgan manbalardir va shuning o’zi ham Yuliy Sezarni oqlashga asosiy
dalil bo’lib xizmat qiladi. Va ammo shuni ham aytish kerak, chindan ham Yuliy
Sezar Akeksandriya shahriga Pompeyning ortidan kelgan paytda portda joylashgan
buyuk kutubxonaning kichik filialchasi bo’lgan kutubxonani tag-tugi bilan
portlatib yuborgani ayni haqiqat va bu haqida Sezarning o’z tarixchilari ham yozib
o’tganlar, ammo bu butun kutubxonani yoqib yubordi deyishga hech qanday asos
bo’laolmaydi. O’rta asr “ulamolari” bu manbalarni ataylab kiritgan bo’lishlari
ehtimoldan holi emas.
60
Yana bir aniq dalil, Yuliy Sezar vafotidan so’ng, Plutarx-(Plutarchos)
(taxminan 46, Xeroneya, Beotiya–taxminan 127)–qadimgi yunon tarixchisi,
faylasuf va yozuvchisi, o’zining "Qiyosiy hayotnomalar" nomli asarini yozadi va
unda Mark Antoniy suyuklisi Kleopatraga buyuk kutubxonaning bor ziynatlari
bilan birga sovg’a qilganligini yozib qoldiradi. Shu bilan birga Antoniy
Kleopatraga kutubxonani sovg’a qilarkan, “albatta mashhurlikda Aleksandriya
kutubxonasidan kam bo’lmagan Pergament kutubxonasini ham sovg’a qilishini”
aytib va’da beradi. Bu va’dani berganini nafaqat, Plutarx kitobida, balki, o’sha
zamonda yashab ijod qilgan Kalvisusning esdaliklaridan va yozuvchi Egert
Pishllmanning “Xotira” daftarlarida ham keltirilgan, albatta, ularning har biri ,
Antoniyning bu qaroriga o’ta darajadagi ulkan hayrat bilan qaraganlarini ham
yashirib o’tirmaganlar.
61
Kutubxona faoliyati davom etganini XX asrda topilgan Tiberius Klavdiy
Balbillus (taxm. milodiy 56-yilda) tomonidan bitilgan qo’yozmalar topildi. Uning
yozuvlari “Kutubxonashunoslikda qo’llanma” jurnalida 1955-yilda Georg Leyh
tomonidan tarjima qilinib nashrdan chiqarildi. Ana shu keltirilgan maqolada ham
60
Whibley, Leonard; A Companion to Greek Studies. New Zeland: “New Zeland Publishing”, 1916. –P. 122–123
61
Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance. –London: “The British Library”, 2000.–
P. 66
41
kutubxonaning faoliyati haqida jumlalar keltirilgani so’zimiz isbotidir: “Bas,
Aleksandriya mening vatanim edi va o’sha yerda o’lmoq sharaf men uchun! Shu
jumladan, butun dunyoni hayratiga sazovor bo’lgan buyuk Aleksandriya
kutubxonasi ham o’sha yerdadir va o’z ishini juda ham mohirlik bilan davom
ettirmoqdaki, bu farovonlik uni toabad tark etmagay”.
62
Zeofilus tomonidan Majusiylar ibodatxonasini vayron qilinishi. IV asrning
oxirida, nasroniylar mushriklarga bo’lgan ta’qibini yanada jadallashtirib yangi
bosqichga olib chiqdilar. Rim imperiyasida 391-yili imperator Zeodosius
tomonidan
Aleksandriya
shahri
yepiskopi
Zeofilusga
butparastlarning
ibodatxonalarini
va
haykallarini-yu
haykalchalarini
vayron
qilishga,
majusiylarning katta-yu kichigini birday jazoga tortishni, qo’liga kishan solib,
oyog’ini yerga tekkizmay keltirishga buyruq beradi. Zeofilus farmonni bajaradi va
ko’plab majusiylarning qonlari daryo bo’lib oqdi, bu oraliqda hech bir
ko’ngilochar, dam olish maskanlari, jumladan, muzey, kutubxonalar ham faoliyat
olib bormadilar. Bu haqida Suqrot Sxolastikus Aleksandriyadagi ibodatxonalar
qirg’inlari haqida quyidaglarni yozib qoldirgan: “Aleksandriya yepiskopi
imperator buyrug’i asosida butparastlarning ibodatxonalari, haykallarini barini
yo’q qildi. Zeofilus juda katta nafrat va o’shanday shijoat bilan ularni batamom
qirishga zo’r berdi. Va chindan buni qoyilmaqom tarzda uddaladi”.
63
"Shunday
qilib, Aleksandriya hokimi ham yepiskopga yordam berdi va janglardan birida
halok bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay uning o’rniga boshqa hokim tayinlandi.
Majusiylar o’ldirilgach ularning mol-mulki Zeofilus tomonidan muhtojlarga
tarqatildi, qimmatbaho, juda ham chiroyli qilib ishlangan suratli idishkari esa
Chekov bezagi, yoki o’sha yerda ishlatilishi maqsadida tashib ketildi”. “So’ngra,
dinsizlarning qolgan-qutgan barcha buyumlari o’rtaga-shahar markaziga to’plandi
va yoqib yubprilishga Zeofilus tomonidan buyurildi, undan oldin Zeofilus “kelajak
avlod ko’rib qo’ysin, hammangiz ko’ring, bizga kofirlar kerak emas, kimki, shu
62
Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. –New York: ”University of Cambridge
Press”, 2001. –P. 112
63
Cherf, William J. Earth Wind and Fire: The Alexandrian Fire–storm of 48 B.C. –Leiden: ”BRILL”, 2008. –P. 70
42
yo’lni tanlasa ularning kuni boshiga tushishi muqarrar, unutmang, bizga bundaylar
kerak emas!!!”.
64
Hozirgacha hech kim Serapis ibodatxonasida qancha miqdorda kitoblar
bo’lgani haqida ma’lumot qoldirmagan, faqat “Qizim” kutubxonasi Zeofilus
qirg’ini natijasida majusiylar tomonidan yo’q qilishga uringani va ko’p qismini
o’g’irlab yoqib yuborganlari ma’lum, xolos.
65
Dunyoda hech narsa o’z-o’zidan bor ham, yo’q ham bo’lmaydi. Biz hech
birimiz Aleksandriya kutubxonasini o’z ko’zimiz bilan ko’rmaganmiz, faoliyat
olib bormaganmiz, u yerdagi asl jarayon qanday kechganligini ham bilmaymiz,
faqatgina, bizdan oldingi tadqiqotchilar kabi o’z taxminlarimizni beramiz va shu
qarashlarimiz to’g’ri deb umid qilamiz. Buyuk kutubxona ham o’z-o’zidan g’oyib
bo’lmagan, shu o’rinda yana bir gapni aytsak, kutubxona yangi kitoblarni xarid
qilolmagani, xizmat ko’rsatish anchagina sustlashgani, fuqorolar urushlari,
xalqning dunyoviy bilimlarga qiziqishlari deyarli so’nganligi, izlanish, o’qishni
istamay qo’yganliklari, hukumat tomonidan ham moliyaviy ta’minlashning
kechikishi, stipendiyalarni o’z vaqdida yetkazib berilmasligi, oxir-oqibat, mutlaqo,
stipendiya berish bekor qilinganligi va yana bizlarga ma’lum bo’lmagan ko’plab
ichki sabablar orqali ham kutubxona tanazzulga yuz tutgan bo’lsa, ehtimol.
66
Kutubxona vayron bo’lgan bo’lsa-da, uning merosxorlari bor edi-
Konstantinopol Imperial kutubxonasi, Gondishapur akademiyasi va Hikmada
uning hujjatlaridan tuzilgan kutubxonalar barpo etildi, ular ko’p yillar faoliyat olib
bordi.
67
Buyuk Aleksandriya kutubxonasi, bu kutubxona hozirgi zamonaviy
kutubxonalarimizning ishlash jarayoniga o’zining tuganmas tajribalarini qoldirib
ketgan “Qariya kutubxona” hisoblanadi, kutubxona yo’qlikka singgan deb
o’rgandik, ammo bu noto’g’ri, sababi, kutubxona haqidagi manbalar bo’lmaganda
biz u haqida bilaolarmidik, to’g’ri uning qay ko’rinishda bo’lgaligi haqida
64
Canfora, Luciano. The Vanished Library. –California: ”University of California Press”, 1990. –P. 25
65
Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance. –London: “The British Library”, 2000. –
P. 67
66
Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. –New York: “Skyhorse Publishing”, 1928. –P. 14
67
Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. –New York: ”University of Cambridge
Press”, 2001. –P. 114
43
faqatgina olimlarning yozma adabiyotlaridangina bilib olamiz, biroq ana shuning
o’ziyoq zamonamizning kutubxonalari uchun tamal toshi emasmi?! Yana bir
narsani aytish joiz, bilamizki, kutubxona bu ilm tarqatadigan ziyo maskani, u yerda
yomonlik, hasad urug’lari bo’lishi mumkin emas, vaholanki, shunday kutubxonada
faoliyat olib boayotgan ayrim mutasaddilar va hatto olimlar antik davrdagi
mashhurlik bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan Pergamon kutubxonasining
rivojlanib ketayotganidan xavfsirab papirus eksportini to’xtatib qo’yadilar (aslida
bu ishlari bilan Pergamon kutubxonasiga naqadar katta yordam berganliklarini
o’sha paytda anglamasalar-da), balki shu uchun ham kutubxona uzlatga yo’l
olgandir va bu ham biz insoniyatga bir ibrat deyish mumkin, ya’ni baxilning bog’i
ko’karmas.
Tell-el Amarna kutubxonasi. Eng boy arxivlardan biri Ahetaton shahri (El-
Amarna)ni qazishda topilgan bo’lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.
68
Amarna yozuvi mil. avv XIV asrda Yaqin Sharq va Qadimgi Misr
hukmdorlari o’rtasidagi yozishmalari bilan to’ldirilgan bir kutubxona edi.
69
El-
Amarna kutubxonasi Nil daryosidan 190 chaqirim (304km) uzoqlikda sharqiy
qismida joylashgan. Amarna kutubxonasi Misr poytaxti Ahetatonda, taxminan, 15
yil davomida qurilgan. Ilk marta bu taxtachalarni 1887-yili bir dehqon yigit (ayrim
manbalarda dehqon ayol ham deyiladi) topib oladi (biroq uning topgani kashfiyot
hisoblanmaydi va deyarli hech yerda u haqida gapirilmaydi). Shu yilning o’zidan
bu yerda tadqiqotlar boshlandi va 1189-92, 1912-14, 1921-22, 1926-36-yillar
oralig’ida qattiq o’rganildi va 355ta xat topildi. Bittagina Xet podshosi bilan
tuzilgan sulh shatnomasi yozuvi akkad tilida bitilgan, “EA 32”, qolganlari amarna
yozuvida muhrlangan. “EA 9” taxtachada Tutanxamon III ni poytaxtdan
ketayotgani bitilgan.
70
Bu kutubxona fir’avn Ahenaton buyrug’iga Ahehaton shahrida (hozirda
Misrning el-Amarna shahri deb yuritiladi) binoan tashkil etilgan.
71
Aslida bu
68
Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009. –P. 16
69
Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. –New York: ”University of Cambridge
Press”, 2001. –P. 115
70
David. Amarna. –London: “Archaeology”, 1998. –P. 125
71
Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. –London: “Thames and Hudson”, 1988. –P. 47
44
kutubxona diplomatik aloqalarni tuzib chiqish uchun tuzilgan, dastlab
Mesopotamiya, Suriyadagi diplomatik aloqalardan namuna oladilar, u yerning
diplomatlarini keltirib ish o’rganadilar. Keyinchalik o’zlarining diplomatik
mexanizmlarni ishlab chiqadilar.
Davlatlar o’rtasidagi aloqaning oddiy shakli allaqachon mavjud bo’lsa-da,
biroq birinchi marta Buyuk davlatlar (Bobil, Xett, Misr, Mitanni, Ossuriya)
o’rtasida tenglik shartlarini shakllantirish, Yaqin Sharq bo’ylab munosabatlarni
kengaytirish “Amarna diplomatik tizimi”dagi yo’l-yo’riqlar asosida bo’ldi.
“Amarna tizimi” qadimgi dunyoda 2 asr davomida amal qilindi. Unda shohlarga
nisbatan kuch-qudrat, imtiyoz, mas’uliyat haqida tushunchalar bor edi.
72
Loytaxtachalardagi yozuvlar aksarisi Misrning XVIII sulolasi hukmdorlari
Amenxotep III, Ahenaton Smenhar, Tutanhamon davriga oid.
73
Taxtachalarga
mixxat yozuvida yozilgan bo’lib, Amenxotep III va Ahenaton (Amenxotep IV)
hukmronligi davrida Qadimgi Misr fir’avni va shohlari, vassallari o’rtasidagi
yozishmalar kutubxonadagi asosiy manbaalar hisoblanadi, bir so’z bilan aytganda,
asosan, Amarna kutubxonasi diplomatik yozishmalar uchun bunyod qilingan.
Undan tashqari, Qadimgi Misr xudolari haqidagi hujjatlar ham mavjud.
74
Koen va Vestbruklar Amarna taxtachalarini birinchi marta diplomatik tizimda
ekanligini o’rganganlar va hozirgi davlatlar, ularning rahbarlari ham bu tizimdan
o’z ish faoliyatlari davomida o’rganishlari kerak degan xulosaga kelganlar.
75
1907-yili J. A. Kunudtzon el-Amarna yozuvi xronologik va geografik
tomonidan o’rganishga kirishdi. Tadqiqotchilar 382 ta taxtacha qazib olgan bo’lsa-
da, 24 tasi juda yaroqsiz holatga bo’lganligi uchun olimlar 358 tasini hisobga
oladilar va 24 tani “EA 80-82” shifri bilan saqlaydilar.
76
1970-yili Anson F. Rainey
ham el-Amarna yozuvlarini o’rgandi.
77
Yozishmalarni Jan Nougayrol 2 guruhga ajratdi:
72
David, Rosalie. Handbook to Life in Ancient Egypt.–London: “Facts on File”, 1998. –P. 74
73
Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna. –London: “EES”, 1903–1908 .–P. 1–6
74
Eyma, Aayko. A Delta–Man in Yebu. –New York: ”Universal–Publishers”, 2003. –P. 15
75
Grundon, Imogen. The Rash Adventurer, A Life of John Pendlebury. –London: “Library”, 2007. –P. 25
76
Hess, Richard S. Amarna Personal Names. –Oxford: “Oxford University Press”, 1996. –P. 69
77
Kemp, Barry. The City of Akhenaten and Nefertiti. Amarna and its People. –London: “Thames and Hudson”,
2012. –P. 39
45
1. Sulh, sovg’a-salomlar haqidagi yozishmalar;
2. So’rovnomalar, iltimosnomalar, talabnomalar, buyruqlar.
78
Kitobchalarni boshqa bir tadqiqotchi ham ikki guruhga bo’linadi:
1. Fir’avn va Bobil, Ossuriya, Mitanni, Alashiya (Kipr), Arzava, Xet
podshlari o’rtasidagi yozishmalar;
2. Misr va vassal davlatlariga yuborgan talablari, kichik ixtilof, qo’zg’olonlar
va vassal davlatlarning (Suriya, Falastin) Misrdan yordam so’rab (asosan, pul,
qo’shin) yuborgan maktublari, shuningdek, shikoyat, iltimosnomalardan iborat
bo’lim.
79
Hozirga qadar juda ham ko’plab izlanish, tadqiqotlar olib borib Amarna sirlari
ochilgan lekin 32 ta taxtachdagi yozuv hozirgacha tahlil qilib o’rganilmagan, bular,
Xudolar afsonalari va dostonlari haqidagi “EA 356-39”, “EA 348, 350, 379”,
leksik matnlar “EA 351-54, 373”, turli mavzular “EA 374”, Bobil estaliklari “EA
368”larni keltirish mumkin.
80
Xalqaro yozishmalar. Xalqaro yozishmalardagi mixxat taxtachlarda, asosan,
bir-biri bilan almashgan shaharlari, tuzilish jarayonlari haqida edi.
1. Mustaqil podshohliklar: Arzava “EA 31-32” va Alashiya “EA 33-40”lar
bilan tuzilgan shatnomalar. Unda Arzava Onado’lu janubiy sohilida joylashganligi
haqida ma’lumot bor. Yana Misr bilan tuzilgan ittifoq diplomatik nikoh orqali
bo’lganligi yozilgan. Alashiyadan (Kipr) esa mis manbai bo’lganli uchun mis
keltirish sulhi bitilgan yozuv mavjud.
2. Buyuklar vakolatlari: Ular saltanatlarini teng va o’zlarini ham mavqelarini
teng deb e’tirof etardilar, “biz qardoshmiz” deyardilar biroq ularning ichida baribir
Misr ustuni edi, buni boshqa hukmdorlar ham aytardilar, masalan, Mitanni buyuk
shohi Tushratta “Men Misr shohi, akam, Naphureyyani juda ham yaxshi ko’raman,
bilamanki, u ham meni juda sevadi va U mening kuyovim hamdir. Bilamanki, u
yaxshi bo’lsa bizga yaxshi bo’ladi, qizim Tadu-Hiba, sen uni jufti-halolisan, u
78
Martin G. T. The Royal Tomb at el–’Amarna.– London: “EES”, 1974. –P. 123
79
Moran, William L. The Amarna Letters. –Cambridge: “Johns Hopkins University Press”, 1992. –P. 92
80
Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. –Italy: ”Italy Publish”, 1984. –P. 82
46
bolalaringni otasi, amaldor, jangchi, uni sira rajitma, uning ahvoli tang bo’lsa sen,
men, butun shaharga yomon, uni ehtiyot qil.
Ayolim Tiye, sen ham uni yaxshi ko’r va e’zozla, uni qadrla va duo qil” deb
yozilgan “EA 27” taxtachasida.
81
Vassal davlatlari bilan yozishmalar. Tutmos III davrida Misr armiyasi
Kannon armiyasini tuzish uchun Frotga ketadi. Bu hududlar Misr vassallariga
aylandilar, bu haqida Amurru “EA60-67, 156-71”, Biblos “EA 68-138, 362, 139-
40”, Damashq “EA 194-97”, Qadesh “EA 189-190” yozuvlarida ma’lumotlar
berilgan.
Bu bitiklarda “hazratlariga”, yoki “mening Quyoshim” deb boshlanadi, mana
ulardan biri: “Bizning Quyoshimizga ayting, yozayapti Rib-Hadda qullari! Men
hazratlariga 7 marta va 7 vaqt oyoqlariga yiqilaman” “EA 85”.
82
Amarna xatlari bugun. Yuqorida ta’kidlanganidek, 382 ta taxtacha topilgan va
ularni Vorderasiatisches muzeyi (Berlin), Britaniya muzeyi (London), Luvr (Parij)
va Misr muzeyi (Qohira) kabi muzeylarda ko’rish mumkin.
83
1992-yili ilk bor Villiam Moran amarna yozuvidagi 350ta yozuvni ingliz
tiliga tarjima qildi.
84
Uni o’rganish ta’qiqlanmagan, har kim borib o’rganishi
mumkin. 2014-yili yangi tahrirda el-Amarna maktublarini tarjima qilib bir kitob
holida Anson F. Rainey nashrdan chiqardi.
85
Amarna yozuvlari loytaxtachalarga bitilgan bo’lib, Ahenaton shahrining
Ahehaton (Amarna) manzilgohida joylashgan va 1887-yilda kashf etilgan. U
yerdan 382 ta sopol taxtachalar qazib olib ro’yxatga olingan, ammo tadqiqodchilar
undan ham ko’p bo’lishi mumkin ammo qolganlari yo’q bo’lib ketgan bo’lishi
kerak, deb fikr bildiradilar.
El-Amarna kutubxonasi taxtachalari mazmuni. Xet ustidan qozonilgan
g’alaba “EA.17”, Ossuriya kuch-qudrati haqida “EA.9, 31-35”, Misr sudi, undagi
ayrim jarayonlar “EA.15-16” raqam ostida saqlanadi.
81
Waterson, Barbara. Amarna: Ancient Egypt’s Age of Revolution. –New York: ”Ancient”, 1999. –P. 73
82
Martin G. T. The Royal Tomb at el–’Amarna. –London: “EES”, 1974. –P. 125
83
David. Amarna. –London: “Archaeology”, 1998. –P. 126
84
de Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna.–London: “EES”, 1903–1908. –P. 1–6
85
Eyma, Aayko. A Delta–Man in Yebu. –New York: ”Universal–Publishers”, 2003. –P. 17
47
“EA.11” da Ahenxaton haqida quyidagilar bayon etilgan: “Aton-bu
Ahenhaton, u Ufq, bizning UFQimizdir! U bir hashamatli arava erta tongda
xursandchilik uchun yo’lga tushdi, u bir go’zalni oldiga ketayotgan edi. Shubhasiz,
u baxtini topadi. Uni kuzatib qolgan yer, osmon, qushlar, odamlar shod edilar.
Yana ushbu kun bizning Ufq Xudo Aten sharafiga ulkan qurbonliklar ham keltirdi.
Qurbonlikda ayoli va to’ng’ich qizi u bilan birga quvonchda edilar. Bilamizki, bu
qurbonlik bilan u Xudolarga juda xush yoqqan”.
86
“EA.68” taxtacha. Bobil podshosi va fir’avn o’rtasidagi jangda Misr go’lib
bo’ladi va Sumur shahrini egallaydi va Bobil podshohini ogohlantiradi: “Bobil
hukmdori bo’lgan kishi, endi sen mening, buyuk fir’avnning ixtiyoridasan va
buyuramanki, 1 kunda 7-10 bora menga 7 vaqt sajda qil va meni ulug’la,
hukmdoring deb qabul qilib farmonimni bajar. Men sen bilan 12-18 bor qayta
olishdim va ko’plab talofat ko’rdim, sen va xalqing (endi meniki bo’lgan qul) shu
yo’qotishni tiklaysizlar”. 1992-yili V.L.Moran tarjimasi.
87
“EA.76” matni-Fir’avn tomonidan ogohlantirilgandan so’ng, Bobil hukmdori
unga javob xatini yozadi va itoatini izhor qiladi: “Qiblagohim, mening podshohim,
Misr hukmdori bo’lmish olampanoh! Men qulingiz 7 vaqt 7 bora sizga sajda
qilaman va buyurilgan o’lponni, zararni to’laligicha to’lashga rozilik bildirib, bir
narsa o’tinaman, urushlardan endi sizning xalqingiz bo’lgan ibroniylar juda holdan
toygan, pullari qolmagan, shu maqsadda tovonni biroz keying susak deb
o’tinaman”, 1992-yili V.L.Moran tarjimasi.
88
Antik dunyo kutubxonalari oz bo’lmagan va asosan, saroylarda
shahanshohlar, fir’avnlar tomonidan tashkil qilingan bo’lsa, shaharlarda boy
zodagonlar arxiv-kutubxonalarni tashkil etganlar, tan olib aytish mumkinki,
ularning ayrimlari, kutubxonaga ehtiyojmand bo’lganligidan emas, balki, o’sha
zamonda qaysiki, saroyni, podshohlikning va yoki shahar zodagonining
kutubxonasi bo’lsa, uning kata-kichikligiga, kitoblar soniga qarab turib nufuzi
belgilangan va kutubxonani boyitish ham shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi.
86
Hess, Richard S. Amarna Personal Names. –Oxford: “Oxford University Press”, 1996. –P. 70
87
Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. –London: “Thames and Hudson”, 1988. –P. 49
88
Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. –Italy: ”Italy Publish”, 1984. –P. 85
48
Ammo Tel el-Amarna kutubxonasi nufuz uchun emas, balki, muhim davlat ishi,
diplomatik aloqalarni ishlab chiqish uchun qurilgan kutubxona ekanligi bilan
diqqatga sazovor. Aynan shu kutubxona dunyo tarixidagi ilk diplomatik aloqalarni
ishlab chiqish dargohi deyish mumkin va bu yerda juda ham muhim ishlar amalga
oshirilgani bizga qadar yetib kelgan matnlardan ham ma’lum.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |