Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilk


I  BOB.  SHARQ  MAMLAKATLARIDA  VUJUDGA  KELGAN  ILK



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.05.2021
Hajmi0,89 Mb.
#65002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahondagi ilk arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish yonalishlari

I  BOB.  SHARQ  MAMLAKATLARIDA  VUJUDGA  KELGAN  ILK 

ARXIV-KUTUBXONALAR 

1.1.  Mesopotamiya  kutubxonalari  –  Oshshurbanipal  va  Xattusa  saroy 

kutubxonalari faoliyati 

 

Mesopotamiya  (yunoncha-(mezos)  –  “orasi”,  “o’rtasi”  va  (potamos)  –



“daryo”,  ya’ni  “ikki  daryo  oralig’i”,  Tigr  va  Yevfrat  daryolari  orasidagi  mintaqa 

bo’lib,  asosan  hozirgi  Iroq  hamda  shimoli-sharqiy  Suriya,  janubi-sharqiy  Turkiya 

va g’arbiy Eron hududlariga to’g’ri keladi.

5

 Dajla va Frot  oralig’idagi o’lka, Fors 



qo’ltig’idan  Arabiston  cho’li,  Suriya,  Arman  Tavri  va  Zagros  bilan  cheklangan. 

Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga bo’linadi.  

Mil.  avv  III  ming  yillikda  Mesopotamiya  janubida  shumerlar,  Dajla  va  Frot 

daryolarining o’rta oqimida akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam qadam 

tashlaydilar. Yirik shahar markazlari Oshshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo 

bo’ldi. Mil. avv III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator 

ilk  shahar-davlatlar  Eredu,  Ur,  Larsa,  Uruk  va  Kish  va  Lagash  kabilar  vujudga 

keldi. Mesopotamiya ba’zan “tamaddun beshigi” deb ham ataladi, bunga sabab, bu 

mintaqada  Shumer,  Akkad,  Bobil va  Ossuriya  saltanatlari bo’lganligidadir. Temir 

asrida  MesopotamiyaYangi  Ossuriya  va  Yangi  Bobil  imperiyalari  ,  keyinchalik 

Ahamoniylar  hukmronligi  ostida  bo’ldi.  VII  asr  Islom  istilosigacha  Sosoniylar 

tomonidan  boshqarilgan  bu  hudud,  istilodan  so’ng,  Iroq  degan  nom  bilan 

ataladigan bo’ldi.

6

  



Ilk  sulola  davrida  Shumer  jamiyatining  hukmron  qatlamini  quldorlar  tashkil 

qilgan. Bu qatlamga urug’ zodagonlari, oliy kohinlar, ma’muriyat vakillari bo’lgan 

amaldorlar kirgan. Mayda ishlab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga 

ega bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan. 

Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan: jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat 

bo’lgan.  Ilk  sulola  davrida  mil.  avv  XXVIII-XXVII  asrlarda    shahar-davlat 

                                                           

5

 Ўзбекистон Миллий  Энциклопедияси 5–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий  Энциклопедияси” Давлат илмий 



нашриёти,  2000. –Б. 599 

6

 Ўзбекистон Миллий  Энсиклопедияси 5–жилд. –Т.: “ Ўзбекистон Миллий  Энциклопедияси ” Давлат 



илмий нашриёти,  2000.–Б. 600 


tepasida  “En”  (janob)-oliy  kohin  turgan,  u  saylab  qo’yilgan.  ”En”ning  qator 

vazifalari  bo’lib,  bular,  kohinlik,  ibodatxona  ma’muriyatini  boshqarish, 

ibodatxona,  shahar  qurilishi-sug’orish  inshootlarini  barpo  qilish,  boshqa  jamoa 

mulki  hamda  uning  iqtisodiyotini  boshqarish  bo’lgan.  Mil.  avv  III  ming  yillik 

o’rtalarida  “En”  unvoni  o’rniga  “Ensi”  (“kohin-quruvchi”  shahar  boshqaruvchisi) 

va  “Lugal”-(“katta  odam”,  “podsho”,  akkadcha  “sharru”)  atamalari,  unvonlari 

paydo bo’lgan. 

Bu  davrga  kelib  “Ensi”  vazifasi  sug’orish  inshootlari  va  ibodatxonalar 

qurishga  rahbarlik  qilish  bo’lgan,  shu  sababli,  u  ko’pincha  boshida  qandaydir 

qurilish materiallari bilan to’ldirilgan savat ko’targan tarzda tasvirlangan; shu bilan 

birga,  u  jamoani,  ibodatxonani  boshqarish,  soliqlar  to’plash,  ba’zida  esa 

ibodatxonaning  harbiy  qismini  ham  boshqargan.  “Ensi”  lavozimi  saylanadigan 

bo’lib, shu sababli, uning hukmronligi “navbat” deb atalgan. “Lugal”ning vazifasi 

“Ensi”dan  obro’liroq  va  mavqei  kattaroq  bo’lib,  yirik  shahar  ba’zida  shaharlar 

birlashmasi  hukmdoriga  nisbatan  aytilgan.  Lugal  ilk  sulola  davrida  oqsoqollar 

kengashi  va  yig’ini  hokimni  saylagan  yoki  mansabidan  tushirgan,  uning  faoliyati 

ustidan  nazorat  qilgan,  jamoa  a’zoligiga  qabul  qilgan,  hukmdor  oldida  maslahat 

organi bo’lgan.  

Ilk  Shumer  shahar-davlatlari  hududi  kichik  bo’lib,  odatda,  u  kichik  shahar, 

atrofdagi  qishloq  xo’jalik  okrugidan  iborat  bo’lgan.  Shumer,  Suber-janubiy 

Mesopotamiya  (hozirgi  Iroqning  janubiy  qismi)dagi  viloyat.  Mil.  avv  III  ming 

yillikning  oxirigacha  Shumerda  shumerlar  va  qisman  sharqiy  somiylar-akkadlar 

yashagan,  taxminan,  mil.  avv  III  ming  yillikda  sinfiy  jamiyat  va  davlat  vujudga 

kelgan.  o’z  qo’l  ostida  birlashtirgan.  Ilk  sulolalar  davri  (mil.  avv  2700-2300)da 

shahrida  mixxat  paydo  bo’lgan.  Mil.  avv  XXIV  asrda  Akkad  hukmdori  Sargon 

butun  Mesopotamiyani  o’z  qo’l  ostida  birlashtirgan.  Keyinchalik  Shumer  Bobil 

tarkibiga qo’shib olingan.

7

 Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan 



birga qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.

8

   



                                                           

7

  Ўзбекистон  Миллий    Энсиклопедияси  10–жилд.  –Т.:  “Ўзбекистон  Миллий    Энциклопедияси”  Давлат 



илмий нашриёти,   2000. –Б. 129 

8

 Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 34 




Mesopotamiya–jahon  sivilizasiyasi  va  qadimgi  shahar  madaniyatining  ilk 

o’choqlaridan  biri.  Bu  madaniyatning  ilk  asoschilaridan  biri  shumerlar  bo’lib, 

ularning  yutuqlarini  bobilliklar  va  ossuriyaliklar  o’zlashtirib,  davom  ettirdilar  va 

rivojlantirdilar.  Mesopotamiya  madaniyatining  manbalari  mil.  avv  IV  ming 

yillikda  shaharlar  paydo  bo’lishi  bilan  boshlandi.  Uning  uzoq  yashash  davrida 

o’ziga xos ichki birlik, an’analarni merosiyligi, uni unsurlarining ajralmas aloqasi 

saqlanib  qoldi.  Mesopotamiya  madaniyatining  boshlang’ich  davri  o’ziga  xos 

yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. 

Mil.  avv  IV-III  ming  yilliklarda  shumer  yozuvi  paydo  bo’ldi. Taxminlarga  ko’ra, 

bu  yozuv  shumerlar  Mesopotamiyaga  kelganga  qadar    noma’lum  xalq  tomonidan 

kashf  qilingan.  Shumerlar  bu  yozuvni  sivilizasiya  xizmatiga  qo’ydilar.  Mixxat 

qadimda  Old  Osiyoda  qo’llanilgan  ponachalarga  o’xshash  chiziqcha  (belgi)larni 

loy taxtachalarga o’yib tushirishdan iborat ideografik yozuv turi, mil. avv III ming 

yillik  boshlarida  shumerlar  tomonidan  yaratilgan.  Bunda  ayrim  buyumlar  va 

umumiy  tushunchalarning  nomi  rasmlar  bilan  ifodalangan  va  dastlab  shumer 

yozuvi  piktografik  shaklda  alohida  buyumlar,  tasvirlar  tarzida  ifodalangan. 

Piktografiya  juda  sodda  bo’lib,  haqiqiy  yozuv  emas,  u  so’zlarni  ifodalamas  edi

9



masalan,  oyoq  tasviri  “yurish”,  “turish”,  “olib  ketish”  ma’nolarini  anglatgan. 



Bunday  belgilar  miqdori  1000tagacha  yetgan.  Shumer  mixxatlari  dastlab 

yuqoridan  pastga,  keyinchalik  gorizontal  holda-  chapdan  o’ngga  qarab  yozilgan. 

Mill.  avv  III  ming  yillikning  o’rtalarida  mixxatning  so’z-bo’g’inli  shakli  paydo 

bo’lgan, belgilar miqdori 600tagacha qisqartirilib rasm - belgilar soddalashtirilgan. 

Ayni  shu  davrda  shumer  mixxati  akkadliklar  (bobilliklar  va  ossuriyaliklar) 

tomonidan  o’zlashtirilib,  somiy  tillarga  moslashtirilgan,  belgilar  soni  300  taga 

tushirilgan.  Akkadliklar  ishlab  chiqqan  mixxat  keyinchalik,  mil.  avv  II-I  ming 

yilliklar davrida bir qancha qo’shni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qadimgi fors va 

boshqalar)ga  moslashtirilgan  holda  qo’llana  boshlagan.  Bu  davrda  mixxatlar 

harftovush  bo’g’in  yozuvlariga  ancha  yaqinlashib,  shunday  yozuvlarning  kelib 

chiqishiga asos bo’lgan. Mil. avv I ming yillik oxirlarida mixxatlar o’rnini oromiy 

                                                           

9

 Olmstead A. T. The History of Assyria. –New York: ‘‘Charles Scribner’s Sons”, 1923. –P. 22 




10 

yozuvi egallagan. Mixxatda bitilgan juda ko’p yodgorliklar–tarixiy  yozuvlar, turli 

rasmiy  hujjatlar,  og’zaki  ijod  namunalari,  lug’atlar,  ilmiy  asarlar,  diniy  matnlar 

saqlanib  qolgan.

10

  Mixxat  Mesopotamiya  sivilizatsiyasining  asosiy  ildizi  bo’lib, 



uning barcha jihatlarini birlashtirgan an’analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. 

Mil. avv XXIV asrda ilk batafsil yozilgan shumer matnlari paydo bo’ldi. Akkad tili 

janubiy  Mesopotamiyada  mil.  avv  III  ming  yillikning  2-yarmida  paydo  bo’ldi. 

Shumer  va  akkad  tillari  bir-biridan  ko’pgina  so’zlarni  o’zlashtirib  oldi.  Mil.  avv. 

III  ming  yillikning  oxirida  qadimgi  Shumer–akkad  lug’atlari  tuzilgan.  Shumer 

yozuvi  keyinchalik  shumer–akkad  yozuvini  butun  Old  Osiyo  xalqlari  o’zlashtirib 

oldilar.

11

  



Akkad  tili  (qadimgi  shahar  Akkad  nomidan)  –  maxsus  som  tillarining  eng 

qadimgisi. Ikki dialektga–bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois, ko’pincha, u 

bobil-ossuriy  tili  deb  ham  ataladi.  Akkad  tilining  ham  (boshqa  som  tillari  kabi) 

o’ziga  xos  xususiyati  undagi  so’zlar  o’zagi  undoshlardan  (ko’pincha  uch 

undoshdan)  tashkil  topishidir.  Unlilar  hamda  o’zakka  tegishli  bo’lmagan  ba’zi 

undoshlar  grammatik  munosabatni  yuzaga  keltiradi  va  o’zak  umumiy  ma’nosini 

muayyanlashtiradi.  Akkad  tili  mixxat  yozuvini  1857-yilga  kelib  to’liq  o’qishga 

muvaffaq  bo’lingan.

12

  Akkad  tili  Old  Osiyo  xalqaro  diplomaiya  tiliga  aylandi. 



Qadimgi  Meosopotamiyada  loy  mo’l-ko’l  edi.  Loy  taxtacha  yozuv  uchun  asosiy 

manba bo’lib xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib tuzlardan kuydirish yo’li bilan 

tozalangan.  Mesopotamiyada  o’rmon    bo’lmaganligi  sababli,  faqat  eng  muhim 

matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutubxonada  saqlanishi lozim 

bo’lgan  asarlar)  xumdonlarda  pishirilgan.  Qolgan  taxtachalar  oftobda  quritilgan. 

Odatda,  taxtachalar  7-9sm.  uzunlikda  bo’lgan.  Yozuvlar  ba’zida  tosh  va  metall 

taxtachaga ham yozilgan. Mil. avv I ming yillikda bobillik va ossuriyaliklar yozuv 

uchun teri  va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida 

Mesopotamiyada  yog’ochdan  qilingan  uzun  taxtachaga  mum  surtib  mixxat 

belgilarini  tushirganlar.  Mil.  avv  VII  asrdan  boshlab  oromiy  tili  va  yozuvi  kirib 

                                                           

10

 Фридрих И. История писма. –Москва: “Молодая гвардия”, 1979. –С. 105 



 

11

  Ўзбекистон  Миллий    Энсиклопедияси  1–жилд.  –“Т.:  “Ўзбекистон  Миллий    Энциклопедияси”  Давлат 



илмий нашриёти,  2000. –Б. 175 

12

 https://uz.wikipedia.org/wiki/Akkadtili 




11 

kelgan  paytda  mixxat  yozuvlari  yo’qlik  sari  ba’zan  tez,  ba’zan  sekin  qadam 

qo’yayotgan edilar.

13

 



Qadimgi  Mesopotamiya  arxivlar  makoni  bo’lgan.  Eng  qadimgi  arxivlar  mil. 

avv  III  ming  yillikning  birinchi  choragiga  tegishli.  Bu  davrda  arxiv  ma’lumotlari 

yozilgan  taxtachalar  namlikdan  saqlash  uchun  mumlangan  savatlarda  saqlangan. 

Mil.  avv  XIX  asrga  oid  Ur  shahri  arxivi  maxsus  xonada  yog’och  tokchalarida 

saqlangan.  Mil.  avv  XVIII.  asrga  oid  boy  arxiv  Mari  podshosi  saroyidan,  Uruk 

shahridan mil. avv VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan. 

Qadimgi  Shumer  va  keyingi  Bobil  maktablarida  asosan  davlat  va 

ibodatxonalar  uchun  kotiblar  tayyorlangan.  Maktablar  ta’lim  va  madaniyat 

o’chog’i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf 

o’quvchilari  kelajakda  tor  mutaxassislashuvga  qarab  grammatika,  astronomiya  va 

matematikadan  bilim  olganlar  O’zini  fanga  bag’ishlagan  o’quvchilar  huquq, 

astronomiya,  tibbiyot  va  matematikani  o’rgangan.  Mesopotamiya  maktablarida 

jismoniy jazo keng qo’llanilgan va maktablarda o’quvchilar sinf xonasida fanlarni 

o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan, qizig’i shundaki, ana o’sha o’quvchilar 

yozgan mashq matnlari bizgacha yetib kelgan. 

Shumer  adabiyotiga  oid  epik  asarlar,  afsonalar,  madhiya,  doston,  ertak  va 

maqollar  to’plami  bizgacha  yetib  kelgan.  Shumer  shahrini  qo’shni  qabilalar 

hujumlari  natijasida  halokati  to’g’risida  ma’lumot  beradigan  asarlar  alohida  o’rin 

tutadi.  ”Ur  shahri  aholisining  falokati  motam  “yig’isi:  asarida  (mil.  avv  XX  asr 

oxiri)  asarida  ayollar,  qariyalar  va  bolalarning  ochlikdan  qiynalishi,  yong’indan 

qolgan uylarda halok bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan. 

Shumer 


adabiyotining 

eng 


mashhur-namunasi 

afsonaviy 

qahramon 

Gilgamesh  to’g’risidagi  epik  afsonalar  to’plamidir.  Bu  asar  akkad  tilida  qayta 

ishlangan  nusxada  to’laroq  ko’rinishda  Oshshurbanipal  kutubxonasida  topilgan. 

Mil.  avv  II  ming  yillik  oxirida  Bobilda  akkad  tilida  yozilgan  falsafiy  mavzudagi 

“Ha,  men  donolik  ilohini  sharaflayman!!!”  asari  saqlanib  qolgan.  U  aybsiz, 

mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to’g’risida hikoya qiladi.  

                                                           

13

 Fincke, Jeanette.  The British Museum’s Ashurbanipal Library Project.  –Iraq: “World”, 2004. –P. 66  




12 

Shu  mavzuga  yaqin  “Bobil    teodisiyasi”  (so’zma-so’z  tarjima  qilganda, 

“Xudoni  oqlash”)  poemasi  mil.  avv  IX  asrda  paydo  bo’lgan.  Uning  muallifi 

podsho saroyida kohin bo’lib xizmat qilgan Esagil kuni-Ubbib nomli kishi bo’lgan. 

Asarda  bobilliklarning  qiziqtirgan  diniy-falsafiy  g’oyalar  o’z  aksini  topgan.  Mil. 

avv X asrga oid “Qul menga bo’ysun” asari hayotga umidsizlik ruhida bitilgan. U 

xo’jayinning o’z qo’li bilan dialogi tarzida yozilgan.  

 Katta  badiiy  qiymatga  ega  bo’lgan  Ossuriya  annallari  ossur  jangchilari 

bo’lgan  begona  davlatlar  tabiati  to’g’risida  ritmik  tilda  yozilgan.  Eng  mashhur 

Ossuri  asari  bu  Ossuriya  podsholarining  dono  kotibi  va  maslahatchisi  Axikar 

to’g’risidagi qissadir. Qissa to’liqroq holda suriya tilida saqlanib qolgan. 

Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida din hukmronlik qilgan. Mil. avv 

IV-III  ming  yilliklar  orasida  Shumerda  batafsil  ishlab  chiqilgan,  keyinchalik 

Bobilda  o’zlashtirilib,  rivojlantirilgan  teologik  tizim  yuzaga  keladi.  Teologiya 

atamasining  o’zi  (yun.  theos  –xudo  va  ...logiya)–xudoning  mohiyati  va  irodasi 

haqidagi  diniy  ta’limotlar  majmui.  Xudo  shaxsan  oʻzini  vahiy  orqali  kishilarga 

maʼlum  qiladi  degan  konsepsiyaga  asoslanadi.  Muqaddas  kitoblar  va 

muqaddaslashtirilgan  yozuvlar  teologiyaning  asosiy  manbalari  qisoblanadi. 

Teologiya  turli  diniy  oʻquv  yurtlari–seminariyalar,  akademiyalar,  madrasalar  va 

boshqalarda  oʻqitiladi.  Teologiya  tushunchasi,  avvalo,  iudaizm  va  xristianlikka 

nisbatan  qoʻllangan.  Teologiya  islomda  ilohiyot,  kalom  atamalari  bilan  ham 

ataladi.


14

 Har bir shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan. Bundan tashqari, 

umumshumer  shaharlari  sig’ingan  xudolar  bo’lgan.  Bu  osmon  xudosi  Anu,  yer 

xudosi  Enlil,  suv  xudosi  Enki  yoki  Ea  kabi  ilohlar  tabiat  stixiyasi  kuchlarini  aks 

ettirganlar.  Ko’pincha  ular  koinot  jismiga  o’xshatilgan.  Har  bir  xudoga  alohida 

vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch 

kashfiyotchisi,  quyosh  xudosi  Utu  (Akkad  mifologiyasida  Shamash),  Oy  xudosi 

Ninnar,  Enlilning  o’g’li  sevgi  va  hosildorlik  xudosi  Innana  (Bobil  va  Osuriya 

panteonida  Ishtar)  abadiy  hayot,  tabiat  xudosi  Dumuzi  (Bobilda-Tammuz)  keng 

tarqalgan.  

                                                           

14

 https://uz.wikipedia.org/wiki/Teologiya  




13 

Shumer  va  akkadlar  u  dunyoga  ishonganlar.  Ularning  tasavvurida  u  dunyo 

soyalar  podsholigi  qaysiki,  o’liklar  ochlik  va  chanqoqlikdan  qiynaladilar.  Loy, 

chang  bilan  ovqatlanadilar.  Shuning  uchun  marhumlarning  bolalari  ularga 

qurbonlik keltirishga majburdirlar.

15

 



Bizgacha  juda  ko’p  Bobil  tibbiyot  matnlari  yetib  kelgan.  Mesopotamiya 

vrachlari  chiqqan va singan  suyak bo’g’inlarini davolay  olganlar, lekin  odamning 

ichki  kasalliklarni  davolay  olmaganlar.  Mil.  avv  III  ming  yillikdayoq 

mesopotamiyaliklar  Hindistonga  boradigan  yo’lni,  mil.  avv  I  ming  yillikda 

Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo’lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan xaritalar 

bobilliklarning  o’z  geografik  bilimlarini  tizimga  solishga  harakat  qilganliklarini 

ko’rsatadi.

16

 



Qadimgi  Mesopotamiyaning  san’atini  shakllanishi  va  keyingi  taraqqiyotiga 

shumerlarning  badiiy  an’analari  hal  qiluvchi  rol  o’ynaydi.  Tosh  o’ymakorlik  mil. 

avv.  III  ming  yillik  boshlarida  shakllandi.  Toshga  naqshlar  o’yish  (gliptika)  mil. 

avv  I  asrigacha  yuksak  darajada  rivojlandi.  Mil.  avv  XXIV-XXIII  asrlarda 

Mesopotamiya 

yagona 


davlat  bo’lib, 

birlashgan  paytda 

podsholarning 

ideallashtirilgan portret-tasvirlari paydo bo’ladi.  

Mil.  avv  I  ming  yillikda  Mesopotamiyada  yirik  savdo-hunarmandchilik 

madaniyat  markazlari  bo’lgan  katta  shaharlar  paydo  bo’ladi.  Mesopotamiyadagi 

ossur  podshosi  Sinaxreb  tomonidan  mil.  avv. 705-681-yillarda  qurilgan,  maydoni 

bo’yicha Old Osiyoda eng katta shahar Ossuriya poytaxti Nineviya edi. 

Mesopotamiyaning  ilmiy  bilimlari,  sanati,  me’morchiligi,  dini,  yozuvi  va 

adabiyoti, qadimda ko’pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o’lchov mezoni 

bo’lib  xizmat  qildi,  shu  o’rinda  alohida  ta’kidlab  o’tish  joiz  bo’lgani,  biz 

o’rganayotgan  manbalarning  aksar  qismi  moddiy  manbaalar  bilan  birga  yozma 

yodgorliklar-kitoblar,  hujjatlar,  xaritalar,  yozishmalar,  xabarnomalar  hisoblanadi 

va albatta, bularning barchasi har yerda emas, kutubxona deya atalmish muqaddas 

dargohda  saqlanadi. Mesopotamiyada  ham  shunday  hujjatlarni  o’z  bag’riga  olgan 

                                                           

15

 Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 40 



16

 Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi.  –T.: ”Tafakkur “, 2016. –B. 7 




14 

ulkan kutubxona mavjud bo’lgan. Bu Oshshurbanipal Saroy kutubxonasi bo’lib, u 

Yangi-Ossuriya  imperiyasining  so’nggi  buyuk  shohi  Oshshurbanipalning  barcha 

turdagi  matnlarni  o’z  ichiga  olgan  loytaxtachalardan  iborat  bo’lgan  ulkan 

kutubxonasi  edi.  Kutubxona  mil.  avv  VII  asrda  tashkil  qilingan.  Oshshurbanipal 

kutubxonasi  qadimgi  dunyodagi  eng  katta  kutubxona  hisoblanadi.

17

  Matnlar 



arxeologik  qazish  ishlari  natijasida  shimoliy  Mesopotamiyadagi  Kuyunjikdan 

(qadimiy  Ossuriya  poytaxti  Nineviya)  topilgan.  Kuyunjik  hozirgi  shimoliy 

Iroqning  Mosul  shahriga  to’g’ri  keladi.  Ayrim  hujjatlar  to’lig’icha  omon  qolgan 

lekin  ko’pgina  loykitoblar  qazib  olish  jarayonida  va  ming  yillab  yer  ostida 

qolganligidan  rekonstruksiya  qilishga  muhtoj  bo’lib  qolgandi,  tabiiyki  ularni 

ta’mirlandi.  Qadimgi  fors  va  arman  manbalarida  Buyuk  Aleksandr  Makedonskiy 

Nineviyada  Oshshurbanipal  Saroy  kutubxonasini  ko’rib,  o’z  kutubxonasini 

yaratishga  ahd  qiladi  va  Oshshurbanipal  kutubxonasi  Buyuk  Aleksandr 

kutubxonasining  yaratilishida  Iskandarga  ilhom  parisi  va  sababchisi  bo’ldi. 

Chindan  ham  Makedonskiy  buyuk  kutubxona  qurishga qodir  edi va  qurish ishlari 

ham  boshlanib  ketadi  lekin  Aleksandr kutubxonaning  “ochilish  marosi” ga qadar 

yetib  boraolmaydi,  vafot  etadi.  Uning  xayrli  ishini  o’zini  Aleksandr  vorisi  deya 

hisoblagan Makedonskiyning do’sti Ptolomey nixoyasiga yetkazadi. 

 Kutubxona  O’sten  Genri  Layard  tomonidan  1849-yili  kashf  etilgan  deb 

hisoblanadi  va  barcha  taxtachalar  Angliyaga,  Britaniya  muzeyiga  topshiriladi, 

lekin loytaxtachalar janubiy-g’arbiy  yerlarning shohi Sanxariv (mil. avv 705-681) 

yashab  o’tgan  saroy  xonalarining  biridan  topilgani  uchun  Oshshurbanipal 

kutubxonasiga  tegishli  emas  deb  hisoblanardi,  shunday  bo’lsa  ham  bu  kashfiyot 

olamshumul topilma bo’ladi. 

Oradan  uch  yil  o’tib,  Hormuzd  Rassam,  Layardning  yordamchisi  janubiy-

g’arbiy  yerlarning  shohi  Sanxariv  saroyi  tepaliklariga  qarama-qarshi  tomonidan, 

podshoh  Oshshurbanipal  (mil.  avv  668-627)  saroyidan  shunga  o’xshash 

"kutubxona"  aniqlaydi.  Afsuski,  bu  topilgan  kutubxona  hujjatlari  hech  qanday 

yangi  kashfiyot  deb  tan  olinmaydi  lekin  Yevropadan  ko’plab  olimlar  u  yerda 

                                                           

17

 Menant, Joachim. La bibliothèque du palais de Ninive. –Paris: “E’Leroux”, 1880. –P. 33   




15 

tadqiqot ishlarini olib boradilar,  oxiri, ikkita kutubxona taxtachalarini birlashtirib, 

ular  bitta  kutubxona  bo’lgan  degan  xulosaga  keladilar.  Loytaxtachalar  aksarisi 

Yevropa  davlatlarining  tadqiqotchilari  tomonidan  ta’mirlash  uchun  olib  ketiladi, 

ish  yakunlangach  Britaniya  va  mahalliy  muzeylarga  qaytarib  beradilar. 

Taxtachalardagi yozuvlar ma’nosini o’rganmoqchi bo’lgan olimlarga ham ma’lum 

shartlar  evaziga,  ya’ni  matnlar  ma’nosini  mutlaqo  o’zgartirmagan  holatda  tarjima 

qilish sharti bilan taxtachalar beriladi. 

Oshshurbanipal nixoyatda qonxo’r, urushqoq, bosqinchi shoh sifatida tarixda 

o’z nomini qoldirgan lekin u o’ta darajada qattiqqo’l bo’lishi bilan birga savodli va 

kitoblarga,  olimlarning  yozgan  ma’lumotlariga  qiziqqan  shaxs  bo’lgan.  U  o’z 

huzurida  mohir  xattotlarni  to’playdi,  ularga  qadimiy  matnlarni  to’plashni,  akkad-

shumer  tillarida  manbaalarni  keltirishni  buyuradi  va  buning  uchun  barcha 

imkoniyatlarni  yaratib  beradi.  Xattotlar  Bobilga  boradilar  va  u  yerdagi  jamiiyki 

matnlarni  ikki  xil  yozuv,  tilda  ko’chirib,  maxsus  xumdonlarda  pishirib  qaytib 

keladilar. 

Oshshurbanipal  ularni  bu  xizmatlari  evaziga  juda  ham  chiroyli  tarzda 

mukofotlaydi  hamda  endilikda  yaratilgan  matnlarni  saqlash,  qo’riqlash  va 

foydalanish uchun xattotlarni o’zlarini mas’ul qilib qo’yadi, shu bilan birga, ularga 

kutubxonani qo’riqlash uchun kuchli askarlardan ham qo’shib beradi. Shahanshoh 

naqadar shavqatsiz bo’lgan bo’sa ham, u kutubxona taqdiriga kelganda shunchalik 

muloyim  bo’lib  qolar  va  kutubxonani  ko’z  qorachig’iday  asrab  avaylar  edi. 

Bosqinchilik  yurishlariga  borganda  ham  askarlariga  shaharning  hech  bir 

kutubxonasi va xattotlariga qo’l tekkizmaslikni buyuradi. Jang tugagach yengilgan 

shahar 

kutubxonalarining 

kitoblarini 

loytaxtachalarga 

yozdirib, 

pishirib 

kutubxonadagi  kitoblarni  esa  joyiga  qaytarib,  istilo  qilgan  shahar–davlatining 

xattotlarini o’zi bilan birga olib ketardi. 

Nihoyat, matnli taxtachalar 30.000 loytaxtachalarga yetadi va 300 tokchalarga 

kitoblarni  joylashtiriladi.  Kutubxona  qoldiqlari  topilgan  vaqtda  2000  yozilgan 

taxtachalar bus-butunligicha ekanligi ko’riladi va juda ham ehtiyotkorlik bilan o’z 

manziliga  yetkaziladi.  Qolgan  loy  kitoblar  qaysidir  ma’noda  zararlanganligidan 




16 

ajratib  qo’yiladi  va  imkon  qadar  ta’mirlanadi,  ana  shu  “davolangan”  matnlarning 

taxminan  6000  tasi  viloyatlar  bilan  yozishmalar,  boshqa  mamlakatlar  bilan  olib 

borilgan  so’zlashuvlar,  sulh,  bitmlar,  xalqqa  solingan  soliqlar,  majburiyatlar, 

aristokratik  deklaratsiyalardan  iborat  edi.  Qolgan  matnlar  tibbiyot,  astronomiya, 

adabiyot fanlariga oid bo’lsa, yana boshqa taxtalarda qo’shiqlar, ertakar, rivoyatlar, 

bashoratlar,  o’z  xudolari  va  o’zga  xalqlarning  xudolari,  vazifalari,  ularga 

munosabatlar,  ibodatxonalar,  ulardagi  holat,  qurilish  jarayoni,  sababi,  qo’yingki, 

barcha  narsalar  kitoblarda  o’z  aksini  topganligini  loytaxtachalarni  o’rgangan 

olimlar  o’z  maqolalarida  keltirib  o’tishgan.  Shu  bilan  birga  yana,  Gilgamish 

dostonining  to’liq  matni,  qadimgi  Bobilning  she’riyati,  qonunlari,  dunyodagi  ilk 

odam  Adapa  haqidagi  afsona,  Yerning  yaratilish  tarixi,  olam  yaralgandan  so’ng 

birinchi  yaratilgan  yovuz  Nippur  hikoyatlari  haqida  ham  matnlar  mavjud.  Shuni 

ham  alohida  ta’kidlash  joizki,  Gilgamish  dostonini  shahanshoh  Oshshurbanipal 

shaxsan  o’zi  boshidan  oxiriga  qadar  yozdirgani  va  faqatgina  Gilgamish  dostoni 

uchungina bitta tokchani ajratgan edi. 

Matnlar  ko’proq  ponasimon  alifboda,  mixxat,  akkad  yozuvida  yozilgan  edi. 

Biroq nechundir bu yerda lotin yozuvidagi yozuvlar mavjud emas, yana qandaydir 

matnli yozuv borki, hozirgacha ham bu qanday yozuv turiga kirishi ma’lum emas. 

Taxtachalar ichida yana bir hujjat qishloq xo’jaligiga oid hujjatlar ham bor edi 

va  ular  o’zgacha  uslubda  hamda  tartibda  yozilgani  bilan  o’sha  yerdagi  bor 

matnlardan ajralib turadi.  

Mil.  avv  612-yilda  Bobil  va  Midiya  qo’shinlari  birlashib    Nineviya  va 

Osuriyaning qo’shinlari ustidan yurish qilib g’alaba qilishdi va mil. avv 605-yilda 

yana  bir  bor  qaqshatqich  zarba  bilan  ossur  qo’shinlarini  kulini  ko’kka  sovurdilar. 

Nineviyadagi  jang-jadallardan  so’ng  kutubxona  yong’in  ostida  qoladi  va 

olimlarning  ayrimlari  ana  shu  yong’in  kutubxonani  vayronaga  aylangan  bo’lishi 

mumkin  degan  fikrni  olg’a  suradilar.  Lekin  hech  bir  tadqiqotchi  aniq  bir  dalilni 

keltiraolmaydi.  Yuqorida  aytganimizdek,  kutubxona  taxtachalarining  aksar  qismi 



17 

Britaniyaning Londondagi muzeyida saqlanadi biroq Britaniya muzeyidan tashqari 

Iroq muzeyida ham kutubxonaning nodir taxtachalari mavjud.

18

 



Britaniya  muzeyining  to’plamlari  bazasida  Nineviya  kutubxonasi  to’plami 

30.943  "loytaxtachalar"i  butun  “Oshshurbanipal  matnlari  bo’limi”  deb  ataladi  va 

alohida  katalogi  mavjud.  Hozirgi  kunda  to’laligicha  tiklangan,  ta’mirlangan  va 

oldindan  o’zi  butunligini  saqlay  olgan  hamda  siz  borib  o’z  ko’zlaringiz  bilan 

ko’rishingiz mumkin bo’lgan matnlar soni 10.000 tani tashkil qiladi. Shunisi bilan 

qiziqki,  kutubxonadagi  hujjatlar  faqatgina  loy  kitoblardangina  iborat  bo’lib 

qolmay,  u  yerda  yana  teriga  yozilgan,  papiruslarga  yozilgan  matnlar  juda  oz 

miqdorda  bo’lsa  ham  topilgan  va  Britaniya  muzeyiga  juda  “og’ir”  ahvolda  olib 

kelib “davolanadi”. 

1.  Azeka  yozuvi

19

  -loytaxtachaga  akkad  yozuvida  mil.  avv  700-yilda 



yozilgan.  Bu  taxtacha  1903-yili  kashf  qilingan  bo’lib,  1974-yilga  kelib  Nadov 

Na’aman  tomonidan  “alohida  bir  bo’limdagi  taxtacha”  deya  e’tirof  etilgan. 

Hozirda Britaniya muzeyida K.6205 + BM 82-3-23,131 son bilan saqlanadi. 

Bu  taxtachada  Yahudiylar  shohi  Azekahning  Sanxariv  podshosi  Hizyiqoga 

qarshi  yurishi  va  Sanxariv  podshosining  g’alabasi  haqida  hikoya  qilinadi. 

2.  Tir  Baal  bilan  Esarhaddon  o’rtasidagi  shartnomasi

20

-  loytaxtachaga  akkad 



yozuvida  mil.  avv  675-yilda  yozilgan.  Bu  taxtacha  XIX  asrda  kashf  qilingan. 

Britaniya muzeyida K 3500+K 4444 +K.10235 tartib raqami ostida saqlanadi. Bu 

taxtachada  Oshshurbanipalning  otasi  Esarhaddonning  (mil.  avv  681-669-yillarda 

hukmronlik qilgan) Tir Baal bilan tuzgan shartnomasi haqida yozilgan. Bu matnni 

1898-tilda  Ugo  Vinkler  “Qadimgi  Yaqin  Sharq  tadqiqotlari”  nomli  maqolasida 

tarjima qilib tushuntirib bergan. Sulh haqidagi matn ikkita sopol taxtachalarda o’z 

aksini  topgan.  Esarhaddon  Eber  Narini  fath  qiladi,  jangdan  so’ng  Tir  Baal  bilan 

muzokara  olib  boradi,  unga  ko’ra,  Esarhaddon  bosib  olgan  yerlaridan  bir  necha 

aholi 

punktlarini-Akko, 



Dor 

va 


Biblusni 

Tirga 


beradi. 

3.  Nimrud  taxtachasi,  Nimrud-hozirgi  Mosul  shahri,  qadimgi  Janubiy  Nineviya 

                                                           

18

 Johnson, Elmer D. History of Libraries in the Western World. –New Jersy: ”The Scarecrow Press”, 1970. –P. 36 



19

https://en.wikipedia.org/wiki/AzekahInscription 

20

https://en.wikipedia.org/wiki/Esarhaddon’sTreatywithBa’alofTyre 




18 

yaqinida,  Dajla  bo’yida  joylashgan  shahar. 

21

  Bu  joy  Ossuriyaning  mil.  avv  879-



722-yillarda  poytaxti  bo’lgan,  Nimrud  taxtachasini  o’ziga  to’xtaladigan  bo’lsak, 

loytaxtachaga  akkad  yozuvida  mil.  avv  733-yilda  bitilgan.  Bu  taxtacha  1873-yili 

Jorj  Smit  tomonidan  kashf  qilingan.  Britaniya  muzeyida  K.3751  raqami  ostida 

saqlanadi.  Yozuv  Tig’latpilasar  III  davrida  bitilgan.  Uning  hukmronlik  qilgan 

davrining 

ilk 


17 

yilligi 


haqida 

batafsil 

ma’lumotlar 

mavjud. 


22

 

4. Sargon II Prism A



23

- loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 710-yilda yozilgan. 

Bu  taxtacha  XIX  asrda  kashf  qilingan.  Britaniya  muzeyida  K.1671+K.1668a 

raqami bilan saqlanadi. Birinchi qismi 1668-yili topilgan, qolgan qismi esa 1903-

yili topib tarjima qilingan. Hajmi-6,4x4,4sm dan iborat.  Bu loytaxtacha Sargon II 

ga atalgan va to’laligicha u haqida ma’lumotlar bitilgan. 

5. Ammitsadukning Venus matni

24

-asl uzunligi 17.14sm bo’lgan lekin vaqtlar 



bu taxtachaga ham o’z hukmini o’tkazgan va hozirda 6.75sm qolgan. Kengligi ham 

xuddi  shunday-yozilgan  paytida  9,2sm,  hozirgi  holati  3.6smni  tashkil  qiladi. 

Qalinligi 2.22sm bo’lgan va ayni paytda 0.87smni tashkil etmoqda. Bu matn Yangi 

Ossuriya  davriga  tegishli  bo’lib,  Kuyunjikdan  topilgan,  hozirda  Britaniya 

muzeyida K.160 tartib raqami ostida yashamoqda.  

Bu matnda ilk astronomik kuzatishlar haqida batafsil ma’lumotlar qoldirilgan.  

6.  Gilgamesh  dostoni

25

-mil.  avv  VII  asrda  shaxsan  Oshurbanipal 



boshchiligida yozilgan butun dunyoga dong’i ketgan afsonaning matni hisoblanadi. 

U hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi, taxtachalarning bir nechtasi ta’mirlangan, 

yana  bir  nechtasi  qaytadan  yozilgan.  Unda  afsonaviy  Uruk  podshohi  Gigamish 

yoki Bilgamishning hayoti, sayohati, qayg’u-g’ami haqida batafsil bayon etilgan. 

7.  Yerning  yaratilishi

26

-1849-yili  Ostin  Genri  Layard  tomonidan  parcha-



parcha holida topildi, qayta ta’mirlandi va 1876-yili esa Jorj Smit uni tarjima qildi 

va  butun  ommaga  e’lon  qildi.  Bu  matn  faqatgina  ilohiyot  haqida  bo’lib  shumer-

                                                           

21

https://en.wikipedia.org/wiki/Nimrud 



22

https://en.wikipedia.org/wiki/NimrudTabletK.3751 

23

https://en.wikipedia.org/wiki/SargonII27sPrismA 



24

https://en.wikipedia.org/wiki/VenustabletofAmmisaduqa 

25

 https://en.wikipedia.org/wiki/EpicofGilgamesh 



26

 https://en.wikipedia.org/wiki/Enly 




19 

akkad  yozuvida  bitilgan.  Bu  loytaxtacha  ham  Britaniya  muzeyida  saqlanib 

kelinmoqda. 

Britaniya muzeyida so’nggi marta eng ko’p vaqt davomida kataloglashtirilgan 

topilmalar  bobil-akkad-shumer  tillarida  yozilgan  Oshshurbanipalning  3.700  tadan 

oshiq bo’lgan loytaxtachalardan iborat kutubxonasi hujjatlari bo’ldi. Bu matnlarga 

olib kelingunga qadar va undan oldin ham, ya’ni kutubxona mavjudligi va ularning 

asosiy  qismi  faqatgina  loy  taxtalardan  iborat  ekanligini  eshitgandan  so’ng, 

nixoyatda ko’p olimlar, tadqiqodchilar qiziqish bildirishdi va uni o’rganish uchun 

navbat  kutib  turish  darajasiga  ham  yetdilar.  Matnlar  ustida  izlanishlarni  olib 

borgan  bir  olim  yozilgan  matnlarning  13%  qadimgi  davrdagi  shevalarda 

yozilganligini  o’z  maqolalarida  keltirdi”  deb  yozadi  Britaniya  muzeyining  ilmiy 

hodimi Robson o’z maqolasida.

27

  



Matnlarni  pishirish  ossuriyalik  xattotlar  va  yoki  bo’lmasa  ustalar  tomonidan 

emas  balki  Midiyadan  olib  kelingan  xumdonlar  va  o’sha  yerning  o’zidan 

keltirilgan  ustalar  tomonidan  pishirilgan  va  shumerlik  qo’riqchilarga  tayyor 

“mahsulot” topshirilgan. 

Layard  taxtachalarni  topgandan  so’ng  1853yilda  “Nineviya  va  Vavilondagi 

sirlarning  ochilishi”  nomli  maqolasini  e’lon  qildi.  Uning  maqolasidan  ko’p  vaqt 

o’tmay  Klark  kutubxona  va  uning  matnlari  haqida  ocherk  yozadi,  unda 

“Kutubxonada  juda  ham  tartibli  va  tizimli  tarzda  ish  olib  borilgan,  ya’ni  har  bir 

taxtachaga  yozilgan  ma’lumotlar  qaysi  sohaga  tegishli  bo’lsa,  o’sha  nomdagi 

tokchaga yillariga qarab terilgan, buni 55-taxtachadagi shumerlik xattotning yozib 

qoldirgan  ushbu  xatidan  bilishimiz  mumkin:  “Bas,  buyuk  olampanoh  va 

pushtipanohimiz Oshshurbanipal janoblarining ushbu kundagi farmonlariga ko’ra, 

har bir yozilgan kitobimiz, agar u tibbiyotga oid bo’lsa maxsus “Tibbiyot bo’limi” 

dagi  tokchaga,  ya’nikim  bugundan  har  bir  tokchaga  nom  berish,  masalan, 

“Tibbiyot  bo’limi”,  “Fan  bo’limi”,  “Rivoyat  bo’limi”  va  yana  boshqalarini  ham 

aytish mumkin bo’lgan atamalarni janoblari Oshshurbanipaldan chiqdiki, biz qullar 

                                                           

27

 Wiegand, Wayne A. and Donald G. Encyclopedia of Library History. –New York: ”Garland Publishing”, 1994. –



P. 10 


20 

bu  amrni bir  so’z  demay  bajaramiz  va bugundan har bir kitob o’z  sohasiga qarab 

ajratiladi”,  demak,  o’z-o’zidan  anglashiladiki,  kutubxona  tom  ma’noda  tartibli 

saqlangan”.

28

  

1872-yilga  kelganda  yana  bir  ossurayashunos  olim  Jorj  Smit  jon-u  dili  bilan 



matnlarni,  ular  saqlangan  yerlarni  o’rganishga  bel  bog’laydi  va  ko’plab 

ma’lumotlarni  aniqlaydi,  ya’nikim,  Oshshurbanipalning  kutubxona  haqidagi 

ta’qiqlari va uning o’zi yaratgan kitoblariga munosabatini yozib qoldirgan matnini 

to’liq  tarjima  qilishga  erishadi,  unga  ko’ra,  “Men  kim,  Oshshurbanipal,  Xudolar 

nazar  solgan  hukmdor  sifatida  aytaman,  ushbu  kutubxona  men  uchun  jonimdan 

ham  aziz  va  uni  yaratish  uchun  ko’plab  qonlar  to’kdim,  ko’p  ellarning  xattotlari, 

ustalari  va  jamiki olimlarini  yig’ib keltirdim  va  ularga loytaxtachalarga  matnlarni 

yozishni buyurdim! 

Men, kim Oshshurbanipalni Xudolar va ajdodlarim ruhi qo’lladi va men ulkan 

kutubxona  bunyod  ettirdim.  Bu  ishni  qilishda  men,  Oshshurbanipalga  Nabu 

donoligi yordamga keldi. 

Men, kim Olampanoh, har bir matnni o’z ko’zim bilan tayyorlanish jarayonini 

kuzatdim va har bir matnni tayyorlashda alohida bir ishtiyoq bilan zavq-u shavqqa 

to’ldim  va  har  bir  matnni  yozayotganda  chiroyli  va  mukammal  ishlaydigan 

xattotlar,  ustalarni  tayin  qildim  va  eng  so’nggida  kutubxonani  qo’riqlash  uchun 

maxsus askarlardan tayin qildim, ular kechasi ham, kunduzi ham uxlamaydilar va 

kutubxonaga hech bir kimsani yo’latmaydilar!!!  

Xudolar nazari tushgan, ajdodlar ruhi qo’llagan Oshshurbanipal xudolar nomi 

bilan  qasamyod  qilaman  va  la’natlayman,  kimda  kim  Olampanoh  ruhsatisiz 

kutubxonaga  kirsa  va  yoki  bu  joydan  biron  loytaxtachani  o’g’irlasa,  qoyadan 

pastga  tashlab  yuboraman,  ha  buni  men,  kim  Oshshurbanipalning  o’zi  qilaman, 

ishonamanki, bu qilmishim uchun Xudolar meni qarg’amaydilar va aksincha, meni 

alqaydilar”,  deya  yozilgan  sopol  taxtachani  1983-yilgi  nashr  etilgan  Menant 

                                                           

28

 Roaf M. Cultural Atlas of Mesopotamia and the Ancient Near East. –London: “Penguin Random House”, 2004. –



P. 191 


21 

Joachimning  ilmiy  maqolasida  va  yana  qo’shimcha  qilib,  “bu  matn  52-53  sonli 

raqam ostida saqlanmoqda” deyiladi.

29

 



Oshshurbanipalning  kutubxonasi  qoldiqlari  ichidagi  tibbiyotga  oid  matnlar 

bilan qiziqqan tadqiqotchi Reginald Tompson bo’lib, u ham juda chuqur izlanishlar 

olib  boradi  va  o’z  o’rnida  shularni  aniqlaydi,  tibbiyotga  oid  sopol  kitobchalar 

660tani  tashkil  qilgan,  albatta  bu  faqatgina  bizning  davrimizga  qadar  eson-omon 

yetib  kelgan  matnlardir.  Tompson  bu  haqidagi  maqolasini  1923-yili  “Nineviya 

tibbiyoti sirlari” nomi ostida chop ettiradi.  

U  o’rgangan  matn  1880-yili  ro’yxatdan  o’tkazilgan  bo’lsa,  2014-yilga  kelib 

taxtachalar  yana  qayta  ta’mirga  muhtojlik  sezadilar  va  2014-yilning  27-dekabr 

kuni “davolanish kursi”ni tugatib joylariga qaytadilar. 

30

 



Oshshurbanipal  saroy  kutubxonasi  haqidagi  izlanishlar  hamon  davom 

etmoqda  va  aytish  mumkinki,  oxirgi  100  yil  ichida  tadqiqotchilar  bu  matnlar 

ichidan  juda  ajoyib  bo’lgan  yangidan  yangi  ma’lumotlar  topaveradilar,  sababi 

kutubxona  fondi  katta  bo’lish  bilan  birga  juda  murakkab,  qiziqarli  va  zavqli. 

Undan  ham  o’shanday  zolim  shahanshohning  ichki  kechinmalari  ham  aks  etgan 

matnlarni o’rganish kishida o’zgacha ruhiyatni keltirib chiqarishi tabiiy.  

Xett  podsholigi.  Mil.  avv  II  ming  yillikda  halokatga  uchragan  Xett  davlati  

to’g’risida  tarixiy  ma’lumotlar  XX  asr  boshlarigacha  deyarli  yo’q  edi.  1829-yilda 

J.F.  Shampalon  tomonidan  Ramzes  II  yozuvlarining  o’qilishi  va  R.  Lepsius 

tomonidan  nashr  etilishi  XIX  asrning  40-yillarida  “Kadesh  yonidagi  jang”  Misr-

Xett  tinchlik  shartnomasining  tuzilishi  qudratli  Xett  davlatining  mavjud 

bo’lganligini  aytishga  imkon  berdi.

31

  Bu  vaqtgacha  Kichik  Osiyo  va  shimoliy 



Suriyada  1876-yilda  sirli  iyeroglif  (xett  iyeroglif)  yozuvlar  va  tasvirlar  topilgan 

edi.  1887-yil  tadqiqotchilar  Tell-Amarna    arxividagi    diplomatik    yozishmalarda 

Xett  podshosining  Misr    fir’avniga  tengligi  (uning    birodari  )  eslatib  o’tiladi.  Bu 

kashfiyot  Old  Osiyoda  qadimda  yana  bir  buyuk    davlat    mavjud  bo’lganini 

ko’rsatdi.  1906-yil  nemis  olimi,  ossurologi    Y.  G.  Vinklyer  va  turk  arxeologi 

                                                           

29

 Frahm. The British Museum’s Ashurbanipal Library.



 

–Oxford: ”Oxford University Press”, 2004. P. 292 

30

 Fincke JC. The Babylonian  Texts of Nineveh: Report on  the British Museum’s  Ashurbanipal Library.  –Oxford:



 

”Oxford University Press”,

,  

2003. –P. 2–3 



31

 Kabirov A. Qadimgi shaq tarixi. –T.: ”Tafakkur”, 2016. –B. 201 




22 

Makirdibey

32

 tomonidan Bo’g’ozqoyada (Turkiya, hozirgi Anqara yaqinida) xettlar 



poytaxti  Xattusi  xarobalarida  arxeologik  qazishmalarga  kirishdi.  Qazishmalar  

natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o’n minglab  taxtachalardan  iborat arxiv, 

jumladan,    Xett  –  Misr  tinchlik  shartnomasining  mixxat  variantini  ham  topadi. 

Chex  tadqiqotchisi  B.  Grozniyning  qadimgi  Xett  yozuvlarini  o’rganishda 

xizmatlari juda katta. U  1915 – 1917-yillarda chuqur tadqiqotlar olib bordi va xett 

tili  va  yozuvini  birday  o’rgandi,  natijada  xett  tili  hind-yevropa  tillar  oilasiga 

mansub  degan  xulosani  butun  dunyoga  aytdi,  natijada  Xett    davlati      tarixini  

o’rganish    kuchayib  ketdi.  Ammo  Turkiya  olimlari  xettlarni  turk  tili  oilasiga 

mansub deb hisoblaydilar va xettlargacha bo’lgan yodgorliklar “turkey xususiyatga 

ega “ deb aytadilar.

33

 

Xett  yozuvlari  asosan,  mil.  avv  XIV  asrga  mansub  bo’lib,  mazmunan  xett 



yilnomalari,  podsholarning  yozishmalari  va  Xett  qonunlar  majmuasidan  iborat 

bo’lgan.  Unda  Xett  diplomatiyasi,  adabiyoti,  Misr  fir’avnlari,  Ossur  va  Bobil 

podsholari bilan yozishmalari, shuningdek, xalqaro va har xil shartnomalar  haqida 

qimmatli ma’lumotlar bor. Xett yozuvlarida xo’jalik va adabiy-diniy matnlar ham 

saqlanib qolgan. 

Xett tili - oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qadimgi hind-yevropa tillaridan biri; 

xatt,  palayya,  lidiya  va  boshqa  tillar  bilan  xett  –  luviy  tillari  (anatoliya  tillari) 

guruhini tashkil etgan o’lik til hisoblanadi. Xett tilida soʻzlashuvchi aholi qadimgi 

Anatoliyaning  markaziy  va  shimoliy  qismlarida  yashaganlar.  Xett  tili  tarixida  3 

davr farqlanadi:  

1. Qadimgi davr (mil. avv XVIII – XVI asrlar); 

2. O’rta davr (mil. avv XV asr – XIV asr boshlari); 

3. Yangi davr (mil. avv XIV asr oʻrtalari – XIII asr). 

Bizgacha  yetib  kelgan  matnlarning  aksariyati  Yangi  podsholik  davriga 

mansubdir.  Xett  tilining  asosiy  grammatik  xususiyatlari:  feʼl  qoʻshimchalari  2 

turga, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga bo’lingan. Leksikasida xett, akkad va 

                                                           

32

 Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 560 



33

 Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 201 




23 

xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar, asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi 

–  mixxat  boʻlib,  u  shimoliy  Suriyadan,  ehtimol,  qadimgi  akkad  mixxatidan 

oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan, 1906–1907 yillardagi arxeologik 

qazishmalar  chogʻida  Xattusadagi  (Turkiya,  hozirgi  Boʻgʻozqoya)  podsholik 

arxividan topilgan.

34

 

Grozniyning  tadqiqotidan  keyin  olim  A.  Getse  ham  Xett  podsholigi 



o’rganishga  kirishdi  hamda  1933-yil  Xett  davlati  tarixini  umumiy  ocherkini 

yaratdi.  Bundan  tashqari,  A.  Getse  1933-yilda  Kichik  Osiyo  tarixi  umumiy 

ocherkini  ham  chop  ettirdi.  Muallif  Xett  davlati  harbiy  va  sulola  tarixiga    asosiy 

e’tiborini  qaratdi.  U  Xett  jamiyatining  bir  qancha  ijtimoiy-siyosiy  muassasalari 

o’xshashligiga  (yer-mulk,  majburiyatli  yer  egaligi)  asoslanib  xettlarning  ijtimoiy 

tizimini  feodal  tuzum  deb  ta’rifladi.  Lingvist  va  arxeologlar  xett  madaniyati 

asoslarini  yaratishda  protoxettlarni,  xurrit  qabilalarini  o’rnini  ko’rsatadigan 

dalillarni topdilar. 

Xett podsholigini  ko’plab olimlar  sinchkovlik bilan uzoq vaqtlar  o’rganishdi 

va  quyidagilarni  aniqlashdi:  Xett  podsholigi–Kichik  Osiyodagi  qadimgi  davlat 

(mil.  avv  XVIII  –  XIII-asr  boshlari).  Tarkibiga  xettlar,  xattlar  va  boshqa  etnik 

guruhlar  kirgan.  Xettlar  podshosi  Anitta  davri  (taxminan  XVIII  asr)da 

Anatoliyaning  baʼzi  viloyatlari  birlasha  boshlagan.  U  Nesa,  Xattusa  shaharlarini 

bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Anitta vafotidan keyin mil. avv XVII 

asr  oxirida  boshqa  xett  urug’i  hokimiyat  tepasiga  keladi.  Xett  davlatining 

asoschilarining  birlashtiruvchi  siyosatini  istilochi  va  islohotchi  podsho  Labarna 

(yoki  Tabarna)  (  mil.  avv  1675-1650  yillar  atrofida  boshqargan)  tugallaydi.  U 

istilochilik  yurishlarini  davom  ettirib  Tavr  tog’  tizmasining  shimoliy  qismini 

egallaydi  va  shimoliy  Qora  dengizga  chiqadi.  Xett  davlati  chegaralarini 

“Dengizdan-dengizgacha”  kengaytiradi.  Uning  ichki  va  tashqi  siyosati  kuchli 

ta’sirlangan va tan bergan, keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna 

nomlarini o’zlariga unvon sifatida qabul qiladilar. 

                                                           

34

 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xett_tili  




24 

Qadimgi  xett  sulolasining  asoschisi–Labarna  (XVII  asr  boshlari)  Xett 

podsholigi  hududini  kengaytirgan.  Labarna  mavjud  xett  an’analariga  zid  ravishda 

o’g’li  Xattusilisni  o’z  vorisi  deb  e’lon  qiladi.  Xattusilis  I  (mil.  avv.  1650-1625 

yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko’chiradi. (Shu 

voqeadan keyin davlat rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda  “Xett” deb atala 

boshlandi).  Labarnaning  vorisi  Xattusilis  I  davri  (XVII  asr  oʻrtalari)da  Kichik 

Osiyoning shimolidagi Salpa shahri va Kichik Osiyoning bir qancha janubi-sharqiy 

viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusaga koʻchirgan. Xattusilis I 

(XVII asr oxiri) vorisi Mursilis I (mil. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett 

podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan 

yo’ldagi  asosiy  savdo  markazi  bo’lgan  Shimoliy  Suriyadagi  Xalpa  shahrini  bosib 

oladi.  Mursilis  I  mil.  avv.  1595-yilda  uzoq  Bobilga  yurish  qilib  Xammurapi 

sulolasini  tugatdi.  Ammo  mamlakat  ichida  keskin  vaziyat  vujudga  keladi.  Saroy 

fitnachilari  podsho  hokimiyatini  kuchayishini  istamay  taxt  vorisligiga  ko’pgina 

da’vogarlar bo’lishiga imkoniyat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar. 

Oqibatda  Mursilis  I  saroy  fitnasi  qurboni  bo’ladi.  Xett  hukmron  tabaqalari  ichida  

o’zaro  kelishmovchiliklar  boshlanadi.  Mil.  avv  XIV  –  XII  asrlarlarda  Xett 

podsholari  Shimoliy  Suriya  va  Shimoliy  Mesopotamiyada  yashaydigan  xurriy 

qabilalardan  boʻlgan.  Podsho  Suppiluliumas  I  (XIV  asr  boshlari)  uzoq  davom 

etgan  urushlardan  keyin  Mitanni  (Shimoliy  Mesopotamiyadagi  qadimgi  davlat)ni 

bosib olgan. Ugarit (Shimoliy Finikiyadagi qadimgi shahar-davlat)ni oʻz vassaliga 

aylantirgan.  Mursilis  II  hukmronligi  (XIV  asr  oxiri)dan  boshlab  Xett  podsholigi 

bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. XIII asr oxiri – XII asr boshlarida 

Xett  podsholigi  oʻzaro  urushlar,  qaram  viloyatlar  va  ittifoqdosh  podsholiklarning 

ajralib  ketishi  tufayli  inqirozga  uchragan.  Shunday  bir  vaziyatda  taxtga  Telepin 

(XVI asr oxiri) keldi. U qadimgi Xett podsholigining oxirgi yirik podshosi boʻldi. 

O’zaro  kelishmovchiliklarga  Telepin  I  (mil.  avv.  1530-1500  yillar  atrofida)  chek 

qo’yadi. Uning davrida faqat podshoning o’g’li taxtga chiqish huquqiga ega bo’ldi; 

agar  podshoning  o’g’illari  bo’lmasa  uning  singlisining  o’g’li  va  eng  so’ngida 

podshoning kuyovlari taxtga davogar bo’lish qoidasi o’rnatildi. Taxt vorisligining 



25 

bunday  tartibi  qat’iy  bo’lib,  zodagonlar  kengashi  “pankus”ning  taxt  vorisligi 

masalasidagi  rolini  tugatdi.  Ammo  qolgan  masalalarda  “pankus”  o’z  huquqini 

saqlab  qoldi.  ”Pankus”ning  yuqori  pog’onasi  bo’lgan  “tuliya”  hal  qiluvchi  rol 

o’ynadi.  Tuliyaning  ruxsatisiz  podsho  uning  biror-bir  a’zosi  bo’lgan  zodagonni 

qatl  qila  olmas  edi.  Agarda  tuliyaning  ruxsati  bilan  uning  biror  a’zosiga  podsho 

tomonidan  o’lim  jazosi  berilgan  taqdirda  ham  podsho  aybdorning  oilasini  ta’qib 

ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Qadimgi Xett 

davlatida  urug’-jamoa  qoldiqlari  hali  kuchli  bo’lgan.  Xett  podsholari  o’z 

hokimiyatlarini  xalq  kengashlariga  tayanib  amalga  oshirganlar.  Qurol  ko’tarishga 

qobiliyatli  bo’lgan  barcha  erkaklar  podsho  chiqaradigan  “pankus”  deb  ataladigan 

yig’ilishga  muntazam  ishtirok  etganlar.  Zodagonlar  davlat  boshqaruvda  faol 

qatnashib,  o’zlarini  kuchli  tayanchi  bo’lgan  zodagonlar  kengashi  (Tuliya)  orqali 

xalq  yig’iniga  boshchilik  qilganlar.  Zodagonlardan  tashqari  davlat  boshqaruvida 

podsho  oilasi:  aka-ukalari  va  boshqa  qarindoshlari  muhim  rol  o’ynaganlar. 

35

 



Tadqiqotchilar  bu  davrni  (mil.  avv  XVIIII  asr  va  mil.  avv  XVI  asrlar  oralig’i) 

qadimgi  Xett  podsholigi  davri  deb  hisobladilar.  Telepin  va  uning  o’g’li 

hukmronligidan so’ng, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr o’rta 

Xett  podsholigi  davri  (mil.  avv  XV  asr  )  deb  nom  oldi.  Bu  davrda  Xett 

podsholigining ahvoli yana og’irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati 

tushkunlikni boshidan kechiradi. 

Mil.  avv  XIV  asr  boshlarida  Old  Osiyoda  Misr,  kassitlar  Bobili  va  Mitanni 

davlatlari  zaiflashib,  xalqaro  munosabatlarda  Xett  davlatining  kuchayishi  uchun 

qulay  shart-sharoit  tug’iladi.  Mil.  avv.  1450-yillar  atrofida  kelib  chiqishi  xurrit 

bo’lgan  omadli  amaldor  taxtni  egallab  yangi  xett  sulolasiga  asos  soladi.  Yangi 

sulola  podsholari  qadimgi  xett  buyuk  davlatchiligi  g’oyalarini  qaytarishga  da’vo 

qilib,  harbiy-byurokratik  monarxiyani  tashkil  qildilar.  Podsho  ilohiylashtirilgan 

mutlaq hukmdorga aylandi va o’ziga voris tayinladi (Bu voris alohida “Tuxkante” 

lavozimiga  aylanib,  bu  vazifadagi  kishini  zarur  bo’lganda  almashtirish  mumkin 

edi). Endilikda saroy to’ntarishlari isyonga aylanib ketmadi. Shu vaqtdan boshlab 

                                                           

35

 Кузишина В. И. История Древнего Востока. Том III.  –Mосква: “История”,1983. –С. 8  




26 

podsho  alohida  samoviy  ilohiylik  egasi  hisoblanib,  “Quyoshim”  deb 

ulug’lanadigan bo’ldi. 

Xett podsholari ichida eng taniqli diplomat, uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi, 

mohir  sarkarda  Suppilium  I  (mil.  avv.  1380-1335-yillar  atrofida)  davlatni  harbiy 

qudratini  oshiradi.  U  yengil,  tez  yuradigan  jang  aravalari  bilan  qo’shinni 

ta’minlaydi.  Xett  shaharlari,  ayniqsa,  poytaxt  Xattusaning  mudofaa  inshootlari 

mustahkamlanadi.  Suppilium  I  Sharqiy  O’rtayer  dengizi  qirg’og’i  mayda 

davlatchalarini  va  Mitanni  davlatini  o’ziga  bo’ysundiradi.  Mitanniga  tegishli  

Suriya viloyatlarini va shaharlarini bosib oladi. Suppilium I  o’z kuyovini Mitanni 

taxtiga  o’tkazadi.  U  Suriyada  markazi  Karxamish  va  Xalpa  bo’lgan  xettlarga 

qaram  davlatlarga  asos  solib,  bu  davlatlarni  hukmdori  qilib  o’z  o’g’illarini 

tayinladi.  Bobil  va  Axey  (miken  Yunonistoni)  davlatlari  Suppilium  bilan  do’stlik 

aloqalarini o’rnatishga majbur bo’ldilar. 

Uning  vorisi  Mursili  II  (mil.  avv.  1335-1305  yillar  atrofida)  otasining 

davlatini  to’la  hajmda  saqlab  qoldi,  biroq  qaram  hududlardagi  isyonlar, 

qo’zg’olonlar  va  boshqa  qudratli  davlatlarni  mamlakat  hududiga  tazyiqiga  qarshi 

to’xtovsiz  urushlar  olib  borishga  majbur  bo’ldi.  Mursilis  II  Kichik  Osiyodagi 

janubiy Frigiya va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo’ysundiradi. U an’anaviy 

raqib  Arsava  podsholigiga  (Kichik  Osiyo)  qarshi  g’olibona  yurish  qilib  Egey 

dengizi qirg’og’igacha chiqadi. Ammo Mursilis II podsholigining so’nggi yillarida 

Misr  XIX  sulola  davrida  yanada  kuchayadi  va  Sharqiy  O’rtayer  dengizi  qirg’ogi 

uchun  Xett  davlati  bilan  yana  raqobat  boshlaydi.  Mil.  avv  1286  yilda  Kadesh 

shahri  yonida  har  ikki  tomon  uchun  hal  qiluvchi  janglardan  biri    bo’lib  o’tadi. 

Jangda    Misr  qo’shinlari  yengiladi.  Shunga  qaramasdan  Misr  fir’avni,  iste’dodli 

sarkarda  Ramzes  II  yana  urushga  tayyorlanib,  xettlarni  Falastin,  Finikiya  va 

Suriyani  katta  qismidan  siqib  chiqaradi. Oxir-  oqibatda,  Misr va  Xett davlati  mil. 

avv.  1280-yilda  tinchlik  shartnomasini    imzolaydilar.  Shartnoma  bo’yicha 

Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida qoladi. Har ikki 

davlat o’rtasida savdo aloqalari kuchayadi.  




27 

Endilikda  Xattusilis  III  kuchayib  borayotgan  Ossuriyaning  harbiy  tazyiqiga 

qarshi  Bobil  bilan  ittifoq  bo’lishga  harakat  qiladi  va  ammo  Ossuriyani  Yuqori 

Mesopotamiyadan siqib chiqara olmadi. Xett davlati kuchli qo’shinga ega bo’lgan 

Ossuriya tazyiqini qiyinchilik bilan qaytaradi. 

So’nggi  Xett  podsholari  Tutxaliya  IV  va  uning  ikki  o’g’li  davrida  axeylar, 

Bolqondan  kelgan  frigiyaliklarni  Kichik  Osiyoni  g’arbida  hujumini  zo’rg’a 

qaytaradilar.  Axeylar  tor-mor  qilinganidan  keyin  Kichik  Osiyo  g’arbidagi  Ilion 

shahri  bosib  olinadi.  So’nggi  xett  podshosi  Suppilium  II  Kipr  orolini  yana  qayta 

bosib oladi. Mil. avv XII asr oxirida Egey dengizi qirg’oqlari va orollarining etnik 

jihatdan  olaquroq  “dengiz  xalqlari”  Xett  davlatini  tor-mor  qiladilar  (mil.  avv. 

1190-yillar). Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi. 

Markazlari  Karxamesh  va  Melida  bo’lgan  so’nggi  Xett  podsholiklari  qoldiqlari 

Mil. avv VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi.

36

  

Xurritlar,  xurriylar  –  til  jihatidan  urartlarga  qardosh  boʻlgan  qadimgi 



qabilalar.  Mil.  avv  III  ming  yillikdan  Shimoliy  Mesopotamiya  va  Dajla 

daryosining  soʻl  irmoqlari  havzasida,  mil.  avv  II  ming  yillikdan  esa  Frot 

daryosining yuqori va oʻrta havzasida, Suriya, Tavr togʻlari, qisman Falastinda va 

boshqa yerlarda yashaganlar. Xurritlarning eng koʻp tarqalgan markazi Kavkazorti 

boʻlgan  degan  taxminlar  mavjud.  Suriya  va  Mesopotamiyada  xurritlar  somiylar 

bilan  aralash  yashashgan.  Mil.  avv  XVI-XIII  asrlarda  xurritlar  Shimoliy 

Mesopotamiyada  Mitanni  davlatini  barpo  etib,  Xett  podsholigita  kuchli  taʼsir 

koʻrsatganlar.  Mil.  avv  II–I  ming  yillik  boshidagi  ossuriy  manbalarida  xurritlar 

subareylar deb qayd etilgan. Mil. avv I ming yillikda xurritlar  Armaniston togʻlari 

atrofida tarqoq holda yashashganlar. Xurritlar mixxat yozuvidan foydalanishgan.

37

 

Xett podsholigi madaniyati. Xett jamiyati o’z madaniy taraqqiyotida Misr va 



Mesopotamiyaning  yuksak  madaniyatlari  ta’siri  yaqqol  seziladi.  Qadimgi  xettlar 

o’zlariga  mos  madaniyat  yaratganlar.  Xett  madaniyatida  ayniqsa,  xurritlarning 

ta’siri kuchli bo’lgan. Qadimgi Xett madaniyati B. Lansberger, Y. Levi kabi nemis 

                                                           

36

 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xettpodsholgi   



37

 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xurritlar  




28 

olimlari, P. Garellidek fransuz, N. B. Yankovskiy, B. A. Turayev va V. V. Struve 

kabi rus olimlarining diqqat-e’tiborini o’ziga tortgan. 

38

  



Xettlarda  astronomiya,  matematika,  geometriya,  tarix,  agronomiya, 

veterinariya, tabobat va boshqa fanlar o’z davrida ancha rivoj topgan edi. Qadimgi 

xettlarda  haykaltaroshlik,  toshtaroshlik,  qabartma  rassomchilik  va  qoyatoshlarga 

rasm ishlash ham rivoj topgan edi. Ular asosan, xudolar, podsholar, jangchilar, har 

xil  hayvonlar,  ot,  jangovar  arava  va  boshqa  narsalarning  haykallari,  rasmlarini 

mohirlik bilan ishlaganlar. 

Xett  dini  o’ziga  xos  belgilarga  ega  edi.  Xettlarning  ming  ma’bud  va 

ma’budalari  to’g’risida  manbalarda  eslatishlar  mavjud.  Amalda  esa,  cheklangan 

miqdorda ilohlarga sig’inilgan. Poytaxt Xattusining oliy homiysi chaqmoq xudosi 

edi. U bilan birga xurritlarning chaqmoq xudosi Tesubga ham sig’ingan. Xattusada 

Quyosh,  hosildorlik  xudosi  Telepinga  va  mahalliy  hosil  xudosi  Sandanga  e’tiqod 

qilingan.  Podsho  Quyoshga  o’xshatilib  ilohiylashtirilgan.  Shu  sababli  xettlar  o’z 

podsholarini “Quyoshim” deb sig’inganlar. 

Xett  yozma  asarlaridan  bizgacha    yetib  kelgan  podsholarning  “tarjimai 

hollari”  juda  qiziqarli  va  batafsil  bayon  qilingan.  Ularda  yorqin  obrazlar,  chuqur 

kechinmalar  va  o’ziga  xos    axloqiy  qarashlar  seziladi.  Xett  yilnomalarida 

mamlakat  tarixini  uch  davrga  bo’lishga  urinish  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Xett 

arxivlarida  boshqa  mamlakatlar,  masalan,  Akkad  tarixi  to’g’risida  ma’lumotlar 

ham mavjud.  

Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi mavjudligidan dalolat 

beradigan  yana  bir  madaniy  yutuq  uch  tilli  shumer  –  bobil-xett  lug’atlarining 

tuzilishidir. 

Bizgacha  Xett  podshosi  bosh  otboqari  Kikulli  ismli  kishi  tuzgan  yilqichilik 

to’g’risidagi ajoyib qo’llanma yetib kelgan. 

Xett  haykal  va  rel’yeflari  vazmin  va  ulug’vorligi  bilan  ajralib  turadi. 

Mamlakatda  ayniqsa,  mudofaa  inshootlari  qal’a  devorlari  qurish  yuqori  darajada 

bo’lgan.  Xett  madaniyati  ko’p  asrlik  shimoliy  Mesopotamiyada    va  unga  yaqin 

                                                           

38

Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 202 




29 

boshqa  hududlarda  yashagan  qabila  va  xalqlarning    madaniyatini  o’zida  aks 

ettirgan  va  boshqa  madaniyatlarga  ham  o’z  ta’sirini  o’tkazgan.  Xettlarning  

madaniy  merosi  Xett  davlati  halokatidan  keyingi  asrlarda  ham  boshqa  qo’shni 

mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.

39

 



Xett  madaniyatiga  oid  yozuvlar  topib  tarjima  qilinganda,  ular  orasida 

quyidagi matnni ham topadilar: “Ulug’ podsho Tabarna o’z shahri Kissirda kasal 

bo’lib  qoladi.  O’g’li  Mursilini  podsholikka  chaqirib,  amaldorlariga  endi  men 

o’g’limni  sizlarning  ustingizdan  “tabarna”-podsho  qildim”,  deb  yozilgan  edi. 

40

 

Xett  podsholigida  ham  kutubxonalar  mavjud  bo’lib,  ulardan  biri  Qadimgi  Xett 



podsholigining  poytaxti  bo’lgan  Xattusada  joylashgan  bo’lib,  u  Xattusa  saroy 

kutubxonasi edi.  

Xattusa 

hozirgi 


Turkiyadagi 

Bo’g’ozqoyada 

joylashgan 

manzilgoh 

hisoblanadi,  bu  yer  Onado’luga  yaqin  hamda  yonida  Qizilmirik  daryosi  mavjud. 

Xattusa  bronza  asriga  taalluqli  manzilgoh  hisoblanadi.  1986-yilda  Xattusa 

YUNESKOning jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.  

Xett  podsholigining  ko’rkam  poytaxti  Xattusa  bo’lgan  Xattusaning  tevarak-

atrofi  nixoyatda  chiroyli,  bepoyon  yaylovlar,  kichikroq  o’rmonlar,  (qadim 

zamonlarda  juda  ham  keng  bo’lgan,  insonlar  ta’siri  ostida  kichrayib  ketgan) 

tepalikar bor bo’lgan go’zal bir maskan edi. O’rmonlar aholi uchun xazinaning o’zi 

edi,  u  yerdan  ham  foydalanar,  ham  yog’ochini  bir  qismini  sotardilar.  Yana  bu 

yerda  Yazalikaya  qoyasi  va  Olochohoyuk  shaharchasi  kabi  aholi  yashaydigan 

manzilgohlar bo’lgan, bu yerlarda ham odamlar yashaganlar. Qizilmirik daryosida 

esa kemalar qatnovi asosiy transport vositasi bo’lgan.  

Mil.  avv  2000-yilda  mahalliy  xattian  odamlari  shu  yerda  kichkinagina  bir 

manzilgoh  qurib  daryo  bo’yida  yashay  boshlaydilar.  Lekin  olimlar  haqiqiy  aholi 

manzilgohi  sifatida  mil.  avv  VI  asrdan  deb  hisoblaydilar.  Mil.  avv  XIX  –  XVIII 

asrlarda  ossuriyalik  savdogarlar  Xattusaning  tabiati,  holatini  o’rganib  chiqib 

Kanesh  (Nasoiy)  (zamonaviy  nomi  Kultepa)  degan  joyida  savdo  markazlaridan 

                                                           

39

 Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –T.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 580 



40

 Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 210 




30 

birini  tashkil  qiladilar.  Savdo  albatta,  savodxonlikni  talab  qiladi  va  bu  yerda  o’z-

o’zidan  savodlilar  ko’paya  boradi.  Mixxat  yozuvi  keng  tarqaldi.  Qazish  ishlari 

natijasida mil. avv 1700-yili Xattusa yong’in ichida qolgani ma’lum bo’ldi. Shahar 

yoqilishiga sababchi Anatta edi. U o’z hokimiyatini o’rnatish maqsadida Xattusaga 

hujum qiladi va yong’indan so’ng o’z ixtiyoriga olib, Xett podsholigining poytaxti 

etib  belgilaydi  hamda  ulkan  qurilish  ishlarini  olib  boradi.  Bunga  dalil  sifatida 

Xattusa saroy kutubxonasidan topilgan ushbu bitikni keltiramiz: “Men, kim Attila 

savdo  markazi  Xattusaga  hujum  qildim  va  barbod  qildim,  oxir-oqibat,  yana 

tikladim va poytaxt unvonini berdim”. 

Xattusaning  kashf  etilishi  2  yil  –  1893-1894-yillarda  amalga  oshirildi. 

Boshida sinov tariqsida bitta handaq ochilib o’rganildi. Shu bilan 1906-yilga qadar 

hech  kim  bu  yerlarga  kelmadi  va  nihoyat,  1906-yili  Germaniya  sharq  madaniyati 

nomli ekspeditsiya ikki marta, 1913 – 1931-yillar va 1940 – 1951-yillar oralig’ida 

qazish  ishlarini  olib  bordi.  1906-yilda  Ugo  Vinkler  va  Teodor  Makridiy  Bey 

arxeologik  izlanishlar  olib  borgan  bo’lsa,  1911  –  1913-yillarda  olim  Kurt  Bittel, 

1940 – 1951-yillarda esa Butrus Neve bu yerda ilmiy izlanishlarini olib bordilar va 

u 1963-yildan boshlab toki 1978 – 1994-yillarda Xattusa kutubxonasidan topilgan 

manbalarni bo’lim boshlig’i sifatida o’z faoliyatini davom ettirdi.  

Xattusa  saroy  kutubxonasi  Gemaniya  tadqiqotchilari  tomonidan  topilgan 

paytda  kitoblar  sopol  taxtachalar  deyarli  zarar  ko’rmaganiga  va  nihoyatda  yaxshi 

saqlanganiga  guvoh  bo’lishadi.  Kutubxonadagi  hujjatlar  mum  solingan  savatlarda 

saqlangan  bo’lib,  ular  orasida  ibodat  marosimlari  qo’shiqlari,  o’zga  yurtlar  bilan 

olib  borilgan  sulh,  bitm,  kelishuvlar,  mil.  avv  1258-yili  Kadesh  jangidan  so’ng 

Xett  va  Misr  fir’avni  Ramzes  II  bilan  bo’lgan  muzokaralar  to’liqligicha  bizning 

davrimizga  qadar  yetib  kelgan.  Yana  taxtacha  oxirida  yili  ham  bitilgani  tahsinga 

sazovor, ya’ni matn 1259-yilda yozilgan edi. Undan tashqari, Xett podsholarining 

har  biri  haqida  batafsil  ma’lumotlar,  ilmiy  kitoblar,  diniy  ta’limotlar,  xo’jalik 

hayoti,  yerga  urug’larni  qachon  qanday  ekilishi,  qachon  yig’ib  olinishi,  ularning 

xususiyatlar,  shu  bilan  birga,  “Ullikumin  haqida  qo’shiq”  va  “Telepin  haqida 

afsona”  kabi  xett  adabiyoti  namunalari,  ”Suppilulium  I  solnomasi”,  “Mursili  II 



31 

solnomasi”  va  “Xattusili  III  tarjimayi  holi”  kabi  tarixiy  asarlar,  yangi  podsholik 

davrida  esa  mesopotamiyaliklarning  “Gilgamish  haqidagi  doston”i,  Gesiodning 

“Teogoniya”  kabi  asarlari  xett  tiliga  tarjima  qilingan  va  Xattusa  saroy 

kutubxonasida  saqlangan,

41

  biroq  bu  kutubxonadan  faqatgina  zodagonlar,  maxsus 



ruhsatnomasi  bo’lganlargina  foydalana  olishgan.  Kutubxona  saroyning  o’zida 

joylashgan,  doimiy  kitoblar  bilan  to’ldirib  borilgan,  yoziladigan  loy  ham  juda 

ehtiyotlik  bilan  tanlangan,  maxsus  xumdonlarda  pishirish  uchun  maxsus  kulollar, 

mutaxassislar yollangan, bu qadar kutubxonalarga e’tiborli bo’lishning albatta, o’z 

sababi  bor,  ya’ni  qadimgi  dunyoda  qaysiki,  shahar,  podsholik,  qirollikni  o’z 

kutubxonasi  bo’lsa,  unda  hashamati,  u  yerdagi  kitoblarning  ko’pligi,  xattotlar 

mahorati  alohida  rol  o’ynagan,  ana  shu  shaharning  mavqei  shu  qadar  baland 

bo’lgan, ya’ni kutubxonalar shahar-davlatlarning marvaridi bo’lgan. 

Xattusa kutubxonasida ham 30.000 sopol taxtachalardagi kitoblar qazib olindi 

va Istanbul hamda Anqara muzeylariga alohida bir bo’lim sifatida topshirildi. 

42

 

  Yuqoridagi  ikkita  antik  davr  kutubxonalari  –  Oshshurbanipal  va  Xattusa 



saroy  kutubxonalarini  o’rganish  davomida  ulardagi  umumiy  bir  jihat  borligini, 

ya’ni  hujjatlari  saroyda  tashkil  qilingani,  shu  bilan  birga  matnlar,  asosan,  sopol 

taxtachalarga  yozilganini  kuzatdik  va  bu  tom  ma’noda  ulardagi  umumiy  jihat 

borligini  bildiradi.  Kutubxonarlani  o’rganish  jarayonida,  nafaqat  yozma  manbalar 

tilini  balki,  xalq  qiziqishlarini,  saroyning  o’ziga  xos  an’analarini,  qurilish 

ashyosidan  tortib,  inshootni  qurilish  loyihasini,  qo’yingki,  jamiiyki 

ma’lumotlardan  boxabar  bo’lish  imkonini  berishini  ko’rdik,  xususan, 

Oshshurbanipal faqatgina qonxo’r shoh bo’lmay, balki, o’z kutubxonasi uchun bor 

budini  berishi,  uning  butun  boyligi  ana  shu  taxtachadagi  matnlar  ekanligini, 

kutubxona  faoliyatiga  kelganda  hamma  ishini  bir  chetga  surib  yosh  bolalarcha 

matn yozish jarayonlarini o’zi kuzatganligini “52 – 53-raqam ostida saqlanayotgan 

matn”ning 1992-yildagi tarjimasidan ham bilib oldik. 

                                                           

41

Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 212 



42

 https://en.wikipedia.org/wiki/Hattusa  




32 

  Xattusa  saroy  kutubxonasidagi  hujjatlarning  bus-butun  saqlangani  ham 

mo’jizaning  o’zi  deb  olimlar  qayd  etib  o’tgani  bejiz  emas,  axir  ana  shu  matnlar 

orqali  biz  necha  zamonlar  yo’qlik  qa’riga  singgan  buyuk  sulola  haqida  to’liq 

ma’lumotga ega bo’ldik, ammo shu o’rinda bir narsani ham ta’kidlab o’tish lozim, 

bu  podshohlik  haqida  qanchalik  ko’p  ma’lumot  bo’lmasin,  nechundir  uni 

o’rganuvchilar soni u qadar ko’p emas. Shunday bo’lishiga qaramasdan aynan shu 

yerda  joylashgan  kutubxonaning  topilishi  va  uni  o’rganilishi  natijasida  misli 

ko’rilmagan  darajada  ulkan  yangilikni  kashf  etilishiga  olib  keldi  va  o’z  o’rnida 

aytish kerak, aynan shu yerda kutubxona, yozma manbalarning o’rni beqiyosligini 

yana biri bora o’z isbotini topgan. 

 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish